Kurs ishi pulning mohiyati va asosiy vazifalari reja: kirish



Yüklə 82,07 Kb.
səhifə1/15
tarix14.06.2023
ölçüsü82,07 Kb.
#129949
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
PULNING MOHIYATI VA ASOSIY VAZIFALARI


KURS ISHI
PULNING MOHIYATI VA ASOSIY VAZIFALARI
REJA:
KIRISH




  1. Pulning kelib chiqishi va mohiyati





  1. Pulning vazifalari va ularga tavsif





  1. Pul turlariva ularning rivojlanishi





  1. O’zbekistonda hozirgi bosqichda pul muomalasini barqarorlashtirish usullari




Xulosa



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


























KIRISH


Mustaqillik yillarda O’zbekiston oldingidan tubdan farq qiluvchi yangi iqtisodiy munosabatlarga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning navbatdagi bosqichlariga o’tib bormoqda. Bozor iqtisodi asosida tovar-pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari –tovar ishlab chiqarish, tovarlarning ayirboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarni ifoda qiladi. Bozor iqtisodi erkin tovar-pul munosabatlarga asoslangan iqtisodiy monopoliyani inkor qiluvchi, ijtimoiy taraqqiyotga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo’nalishiga ega bo’lgan va boshqarilib boriladigan iqtisoddir. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarini qaror toptirish dolzarb tadbirlardan bo’lgan pul, kredit va banklar tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Bozor munosabatlariga o’tish iqtisodiykategoriya sifatida pulning, kreditning, foiz, soliq va boshqa kategoriyalarning mohiyati va ahamiyatiga boshqacha yondashish zarurligini taqozo qiladi. Bozor munosabatlarini boshqarish sohasida davlat tomonidan olib boriladigan barcha ishlarning og’irlik markazi ana shu tizimlarga ko’chdi. Shu sababli, banktizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, so’mning barqarorligi va yuksak nufuzini ta’minlash sahasidagi muammolarni o’rganish,shuningdek, tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va tavsiyalarni ishlab chiqish o’ta dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bugungi kunda quyidagi savollar ilmiy nuqtai nazardan javoblarini kutmoqda:

  • naqd pul va kredit emissiyasining o’sishiga sabab nima?

  • aholi qo’lidagi pulning harakatsiz turib qolishiga qanday qilib yo’l qo’ymaslik mumkin?

  • mahsulot ishlab chiqarishning o’sishini ta’minlamagan korxona (firma) ularga kredit berilishiga yo’l qo’ymaslik uchun qanday chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim?

  • milliy valyuta kursini almashuvi va barqarorlashuvini ta’minlash uchun qanday tadbirlar amalga oshirilishi kerak?

  • inflyatsiyani oldini olish va uni pasaytirish omillari nimalardan iborat? Bozor iqtisodi sharoitida banklarning o’rni hamda faoliyatini muhimligi, pul, kredit va bank tizimining takomillashib borishi, shu sohada malakali kadrlar tayyorlashni va mavjud muammolar echimini taqozo qiladi.

Pul bozor iqtisodiyotining eng muhim omillaridan biri bo`lib, iqtisodiyotning «qoni» dir. Iqtisodiyot pul bilan tirik. Pul bo`lmagan joyda bozor iqtisodi bo`lishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyotida tovarlar va xizmatlarniishlab chiqarishdan tortib, to iste`molchiga yetkazib berishgacha pul vositasida amalga oshiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini tashkil etish, pul ayriboshlash,ularni saqlash, taqsimlash, bo`sh pulni qarzga berish, pul vositasida moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish kabi iqtisodiymunosabatlar yanada kuchayib, murakkablashib boradi.






















































Yüklə 82,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin