Kurs ishi pulning mohiyati va asosiy vazifalari reja: kirish


Pulning turlariga umumiy tavsif



Yüklə 82,07 Kb.
səhifə7/15
tarix14.06.2023
ölçüsü82,07 Kb.
#129949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
PULNING MOHIYATI VA ASOSIY VAZIFALARI

Pulning turlariga umumiy tavsif. Kishilik jamiyatida ayirboshlash munosabatlariningchuqurlashuvi, mehnat taqsimotining rivojlanishipulning oddiy tovar shaklidan, hozirgi kunda hisob– kitoblarda qo‘llanilayotgan elektron pullar ko‘rinishi darajasigacha yetib kelishiga sabab bo‘ldi. Albatta bu juda uzoq davrni o‘z ichiga oladi. Kishilar stixiyali tarzda hayot kechirgan va natural xo‘jalik tuzumisharoitida turli buyumlar,hayvonlar, mahsulotlar pulning vazifasini bajargan bo‘lsa, miloddan oldingi VII – VI asrlarda metallarpul sifatida amal qilgan, XI va XII asrlarda qog‘oz pullar, XX asrdan esa elektron pullar iqtisodiyotga to‘lov vositasi sifatida kirib keldi. Demak, pul bugungi kundagi ko‘rinishiga yetib kelguncha juda uzoq davr va ijtimoiy–iqtisodiy jarayonlarni bosib o‘tgan. Pulning turlarini o‘rganishda uni asl qiymatga ega bo‘lgan (haqiqiy) pul va asl qiymatga ega bo‘lmagan (o‘rinbosar) pul sifatida o‘rganish maqsadga muvofiq. Odatda haqiqiy pullar to‘lov vositasini bajarganda ular o‘z qiymati bo‘yicha ayirboshlashjarayonida ishtirok etgan, iqtisodiyotda pul massasini tartibga solish bo‘yicha muammolar mavjud bo‘lmagan.
Asl qiymatga ega bo‘lmagan pullarning haqiqiy qiymati nominal qiymatiga nisbatan bir necha marta past bo‘lib, ular muomalaga chiqarilgandan keyin doimiy ravishda tartibga solinib turish lozim. Aks holda iqtisodiyotda pul massasi tovar massasiga nisbatan ortib ketadi va qog‘oz pullar o‘zining to‘lov vositasi sifatidagi qobiliyatini yo‘qotadi.
Haqiqiy pullar quyidagi xossalarga ega bo‘lgan:

  • nominal qiymatning realqiymat bilan mutanosibligi;

  • qiymatning qardsizlanmasligi, ya’ni haqiqiy pullar har qanday sharoitda ham o‘zining dastlabki qiymatini yo‘qotmagan;

  • ularni boshqa tovarlar kabi iste’mol qilish mumkinligi.

Biroq, natural pullarning hammasi ham yuqoridagi xossalarni uzoq muddatga saqlab turish imkoniyatiga ega bo‘lmagan. Masalan, bug‘doy, tamaki, choy, baliq, jun kabilar vaqt o‘tishi bilan o‘zining dastlabki xususiyatlarini yo‘qotgan.

Yüklə 82,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin