Kurs ishi pulning mohiyati va asosiy vazifalari reja: kirish


Pulning muomala vositasi vazifasi



Yüklə 82,07 Kb.
səhifə4/15
tarix14.06.2023
ölçüsü82,07 Kb.
#129949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
PULNING MOHIYATI VA ASOSIY VAZIFALARI

Pulning muomala vositasi vazifasi. Muomala vositasi vazifasida pul yordamida tovar o’zining pul qiymatiga ayirbosh qilinadi. Bu vazifani bajarish uchun naqd pul bo’lishi lozim. Bu vazifa yordamida tovarlarni birbiriga ayirboshlash-barter usuliga chek qo’yiladi.
Tarixiy taraqqiyot ko’rsatadiki, jamiyat rivojlanishining ilk bosqichlarida barter qilishlar mehnat mahsulini ayirbosh qilishining yagona yo’li bo’lgan. Barterning noqulayligi shundan iborat bo’lganki,A tovar egasi, B tovarni sotib olish uchun, nafaqatB tovar ishlab chiqaruvchini, balki B tovar egasiga zarur bo’lgan tovarni ham topa olishi kerak edi. Bu juda qiyin jarayon bo’lib, yuzlab tovarlarni muomalaga jalb qilgan holda ko’zlagan maqsadga erishish mumkin bo’lgan. Oltinning pul sifatida ishlatila boshlashi natijasida barter usuli tovar ayirboshlashning usuli sifati o’z ahamiyatini yo’qotdi. Lekin, shuni ta’kidlash kerakki, barter usuli hozirgi kunda ham ba’zi hollarda jahon amaliyotida qo’llanilib kelmoqda.
Tovar defitsiti, inflyatsiya sur’atlariningoshib ketishi, mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning yo’qligi sharoitida barter bo’yicha tovarlar harakatini amalga oshirish tomonlar uchun qulay hisoblanadi. Pulning muomala vositasi vazifasida tovar qo’ldan qo’lga o’tadi va muomaladan chetlashadi, ya’ni iste’molchi egaligiga o’tadi. Pul va tovarning harakati (TP-T) qisqa vaqt ichida tugallanadi. Qiymatning doimo bir shakldan ikkinchi shaklga (tovar-pul va pul-tovar) o’tib turishi pulning muomala vositasi vazifasining asosini tashkil qiladi. Shuning uchun ham bu vazifani bajarishda naqd pul bo’lishi,u barqaror, sifati yuqori bo’lishi kerak. O’zbekistonda muomala vositasi vazifasini Markaziy bank tomonidan chiqarilgan qog’oz pullar va metall tangalar bajaradi. Muomalaga chiqariladigan naqd pullar miqdori savdo-sotiq hajmiga, ish haqi to’lashning vaqtiga, aholining bankdan qarzga mablag’lar olish imkoniyatiga va boshqalar omillarga bog’liq. Savdo-sotiq hajmining ko’pligi va ish haqining tez-tez to’lab turilishi muomalaga ko’ppul chiqarish zarurligidan, aholining bankdan ko’proq kredit olish imkoniyatiga ega ekanligi kamroq muomala vositasi kerak ekanligidan dalolat beradi.
Shuni aytish kerakki, ishlabchiqarishni ixtisoslashtirish, natural xo’jalik, kichik korxona, fermer xo’jaliklarining ko’payishi muomala vositasiga bo’lgan talabni kamaytiradi. Pulning muomala vositasi sifatida ishlatilishi muomala xarajatlarining barter xarajatlariga nisbatan ancha past bo’lishini ta’minlaydi. Pulning muomala vositasi vazifasi uning boshqa vazifalaridan o’zining ma’lum xususiyatlari bilan ajralib turadi. Muomala vositasi vazifasining xususiyatlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

  • bu vazifani real, naqd pullar bajaradi;

  • tovarva pul bir-biriga qarma qarshi, bir traektoriyaga harakat qiladi;

  • tovar va pul xarakatibir vaqtda yuzaga keladi;

  • tovar sotuvchi va tovar sotib oluvchi o’rtasidagi munosabat tugallanadi va tomonlar tovarga yoki pulga ega bo’ladilar;

-pul muomala vositasi bo’lishi uchun avvalom bor qiymat o’lchovi bo’lishi kerak.

Yüklə 82,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin