Optikaning ilm-fan va texnika taraqqiyotidagi roli Hozirgi davrda Respublikamizda optika va spektroskopiya sohasida akademiklar P.K.Xabibullayev, R.B. Bekjonov, A.K.Otaxòjayev, K.M.Muqimovlar yaratgan ilmiy maktablarda samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Yoruģlik haqidagi ta'limot, fizikaning boshqa bòlimlari bilan uzviy boģlanishdadir. Optik hodisalarni chuqur òrganish fizikaning boshqa bòlimlarining rivojlanishi uchun zamin yaratdi. Masalan: atom va molekulalar tuzilishi haqidagi zamonaviy nazariya spektraskopiya sohasidagi kashfiyotlarnatejasida yuzaga keldi. Fizika texnika bilan zich aloqadorligi sababli texnikaning kòp sohalarida optikadan foydalaniladi. Masalan: fotografiya, kino, televedeniye va h.k. Fizikaga yaqin bòlgan boshqa tabiiy fanlar-biologiya, kimyo va astronomiyada ilmiy kuzatish va tahlilning optik metodlarini qòllash natejasida keyingi yillarda katta yutuqlarga erishildi.
K eyingi yillarda optika sohasida yirik kashfiyotlar qilindi. V.A.Fabrikant, N.G.Bosov, A.M.Proxonov, Ch.Tauns va boshqalar tomonidan yoruģlikning juda kòp yangi xossalari payqaldi va uning yangi manbalari lazerlar-optik kvant geniratorlari (OKG) yaratildi. Bu yoruģlik manbalari optikaning qòllanilish chegarasini fizika va texnikada yanada kengaytirdi.
3 -rasm.Yorug'lik manbaini optikada qo'llanilishi
Yaqin kelajakda yoruģlik nuri faqat Yerda emas, balki kosmik masshtabda aloqaning asosiy kanali bòlib qoladi.
4-rasm.Xozirgi kunda optikani ishlatilish sohalari
Xulosa Shunday qilib biz optika fanining qadimda paydo bòlgan vaqtlardan boshlab, hozirgi kungacha bòlgan tarixini qisqacha kòrib chiqdik. Dastlabki yillarda Optika fanjda yoruģlikning korpuskulyar tabiatiga ega ekanligi haqidagi uzoq tushunchalar uzoq vaqt hukmronlik qilib keldi. Keyin yoruģlik nuriga oid shunday hodisalar kashf etildiki, bu hodisalarni yoruģlikning korpuskulyar nazariyasi tushuntirib berolmas edi. Shunday vaziyatda yoruģlikni tòlqin sifatida qarab ushbu hodisalarni tushuntirib berish mumkinligi haqida fikrlar bildirildi. Dastlab yoruģlikning tòlqin nazariyasi unchalik iliq kutib olinmgan. Chunki yangi nazariyalar har doim birdaniga qabul qilinavermaydi. Uni odamlar tushunib, hazm qilishlari va tan olishlari uchun vaqt kerak bòladi. Yoruģlikning tòlqin nazariyasi ham ana shunday vaziyatda qabul qilindi. Keyinchalik yoruglikning korpuskulyar nazariyasi tushuntirib bera olmaydigan yoruģlik interferensiyasi, yoruģlik difraksiyasi kabi hodisalarni yoruģlikning tòlqin nazariyasi orqali tushuntirib berilgandan sòng, tòlqin nazariyasi hukmronlikni òz qòliga oldi. Lekin oradan biroz vaqt òtib yoruģlik bosimi haqidagi fikrlar paydo bòldi. Ushbu hodisani ikkala nazariya ham tushuntirib bera oldi. Yana shunday holatlar ham bor ediki, ularni ikkala nazariya ham tushuntirib berishga ojizlik qildi. Shunda ba'zi olimlar yoruģlik ham korpuskulyar ham tòlqin nazariyasiga ega , degan fikr paydo bòldi. Natejada yoruģlikning korpuskulyar-tòlqin dualizmi yuzaga keldi.
Xulosa qilib aytganda, yoruģlikning qanday tabiatga ega ekanligi, uning moddalar bilan òzaro ta'siri va xossalari hali tòlaligicha òrganilmagan. Ilm-fan esa rivojlanishda davom etmoqda. Demak, qachonlardir, yoruģlik haqidagi tòla tòkis nazariya yaratiladi va biz uning xossalarini tòla tòkis òrganib olamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar. F.A.Korolev Optika, atom va yadro fizikasi. Òqituvchi. Toshkent-1998.
S.A.Ahmanov, S. Nikitin, Fizicheskapaya optika, M.Izd.MGU, 1998.
S.E.Frish, A.V.Timerova, Kursobsheyfiziki, t. III, Moskva, Fizmatlit, 1962.