2.2.Mulkchilik shaklini o’zgartirish- ko’p ukladli tizimni yaratishning asosi.
Bir necha yillardan beri mulkchilik tizimidagi islohotlar va iqtisodiyotni erkinlashtirish borasida ko’p ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, 1-Prezidentimiz Karimov I. A. “… biz o’z oldimizga qo’ygan maqsadni – xususiy mulkchilik yetakchi o’rinda turadigan ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo etish maqsadini amalga oshirishimz kerak.”11 deb bejiz ta’kidlamagan edilar.
Ko’p ukladli iqtisodiyot bir-birini taqozo etuvchi va oqibat natijada yaxlitlikni shakllantiruvchi turli unsurlar-ukladlar birlashuvini bildiradi. Har bir ukladning o’z homili, sub’yekti bor, unda turli ijtimoiy maqomdagi kishilarni birlashtiradi, bularning o’z manfaatlari bor, manfaatlar ea goh alohidalashib, goh muvofiqlashib turadi va bu hol bozor iqtisodiyoti uchun tabiiy hisoblanadi.
Tamomila yangi hodisa – o’z kelib chiqishiga ko’ra, turli-tuman bo’lgan ukladlarning birgalikdagi tizimli, yonma-yon mavjud bo’lishi yuzaga keldi. Ukladlar shunday mavjudlik hosilasi bo’lgan ichki unsurlarga aylanishi bilan poliforizm(xilma-xillik) tavsiflari, qiyofasi shakllana boshladi. Tabiiyki, bu poliforizmning rivojlanganlik va barkamolllik darajasi turli mamlakatlarda turlicha, chunki ular turli ukladlarning imkoni bo’lgan birgalikda mavjudligining o’ziga xos parametrlari bilan belgilanadi. Shu sabbabli masalan, ijtimoiy- demokratikijtimoiy taraqqiyot dasturlari amalga oshirilgan mamlakatlarda davlat va kooperativ xo’jaliklarning muayyan maqsadli shakllanishi yuz berdi.
Shunday qilib, milliy iqtisodiyotda ko’p ukladlilikning shakllanishi va qaror topishidagi barcha masalalar xususiylashtirish jarayonida , shaxsiy yordamchi xo’jaliklarni rivojlantirish ehtiyojlari, hufiya tuzilmalarning bir qismini oshkoralashtirish imkoniyatlari bilan uzviy bog’liq bo’lgan hola hal qilinishi lozim. Bu o’rinda monopoliyadan chiqarish muammolari yana bir muhim qo’shimcha funksiyaga rga bo’ladi. Ilmiy adabiyotlarda bu masalaga alohida e’tibor berilgan.12 Samarali monopoliyadan chiqarish xususiylashtirish bilan birgalik teng olib borilishi kerak. Chunki bu jarayaon nafaqat sog’lom raqobatning sharti balki, iqtisodiy xilma-xilliikning qaror topishiga aylanadi.
Xo’jalik shakllarini rivojlantirish jarayoni klassik xususiy mulk shakllarini aksiyadorlik tashkilotlariga aylantirishdek tabiiy transformatsiya yo’li bilan borgan joylarda o’z-o’zini tartiblaydigan nodavlat xo’jalik tuzilmalari unsuri ustunlik qiladi.
Davlat va nodavlat, davlat va xususiy sektorlarning bo’lishi ya’ni ko’p sektorli iqtisodiyot rivojining davomi poiforizm bo’ladi deb aytishga asoslar bor. Lekin bu ko’p sektorlik endilikda teng huquqli xo’jalik sektorlari va shakllarining o’zaro zaruriy hamkorligini ham anglatadi. Bunday o’zaro hamkorlik davlat yo’li bilan va bozorda tartiblash mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Shu sabbali milliy polifarizm modellari, bir tomondan davlat va xusussiy sektorlarning o’zaro nisbatlari va o’zaro tuzilmasi bilan ikkinchi tomondan, ijtimoiy va xususiy manfaatlarning u yoki bu darajadi muvofiqligini ta’minlashga qordir bo’lgan mexanizmlarning kombinatsiyalari bilan farq qiladi.
Shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar tajribalarini hisobga olgan holda institutsional investitsiyalar mexanizmidan foydalanishga o’tdilar, aksiyalashtirish orqali “ yumshoq” xususiylashtirishga kirishildi.
Birinchidan, davlat kompaniyalarining asosiy paychilaridan biri bo’ladi, bu esa bankrotlik chog’ida aksiyadorlarning vositalari qaytarilishini kafolatlaydi.
Ikkinchidan, aholining shaxsiy jamg’arma (omonat)lari institutlari orqali jamg’arma fondlariga aylantiriladi.
Uchinchidan, investitsiyalar rekonstruksiyaga emas, balki eng istiqbolli tarmoqlarda yangi korxonalar qurilishiga yo’naltirildi.
To’rtinchidan, ish haqini aksiyalarga bog’lab qo’yish orqali iste’mol bozoriga pul bosimi pasaytiriladi.
Tub o’zgarishlardan ko’zlangan asosiy maqsad ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo etish bo’lib, hozirgi davrda baralla pirovard natijaga erishdik deya olamiz.
2017-2021-yillardagi O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish Harakatlar strategiyasi ning 3-yo’nalishi iqtisodiyotni barqarorlashtirishga bag’ishlangan. Unga ko’ra:
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya
qilish va unining ustivor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish;
Xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishinchli himoya qilishni ta’minlash,
xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish;
Investitsiya muhitini takomillashtirish, mamalakat iqtisodiyoti tarmoqlari va
hududlariga xorijiy, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda
davlat ishtirokni kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish,davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat,jamoa tashkilotlari va joylardagi o’zini o’zi boshqarish organlarini rolini oshirish kabilardan iborat ekanligi reja qilib olingan.13 Endi hozrgi davrdagi vazifa- milliy iqtisodiyotlarning barqaror rivojlanishi uchun jami ukladlarning tizimli hamkorligi talab qilinadi.
O’zaro raqobatda bo’lga turli mulkchilik va xo’jalik shakllarining yuzaga kelishi va ular samaradorligini ta’minlash zarurati bor bo’lganidan ularning birontasi ham boshqalari bilan o’zaro aloqada bo’lmay turib rivoj topa olmaydi. Raqobatlashuvchi shakllarning uzviy bir butunligi ularning davlat tazyiqi bilan yaratilgan tartibsiz konglomeratidan (to’plamidan) farq qiladi, chunki bu manfaatlarning bog’lanishiga asoslanadi.
Hozirgi iqtisodiyotning ko’p ukladli tuzilmasiga xususiylashtirish katta ta’sir ko’rsatadi. Samarali xususiylashtirish iqtisodiyotni isloh qilish va zamonaviy bozor iqtisodiyotini barpo etishning umumiy jarayonidagi bosh bo’g’inidir.
2019-yil 12-yanvar kuni urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risidagi Prezident farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, 2019-yil 1-iyuldan:
Yuridik shaxslar bino va inshootlari, sanoat infratuzilmasi obyektlari
joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega;
Jismoniy shaxslar yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyga xizmat
ko’rsatish uchun ajratilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega;
Xususiylashtirish mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan
amalga oshiriladi;
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan xususiylashtirilgan yer uchastkalari
xususiy mulk hisoblanadi va daxlsizdir;
Xususiylashtirish faqatgina kadastr hujjatlari mavjud bo’lgan holda hamda
Hukumat tomonidan belgilanadigan miqdorlarda pullik asosda amalga oshiriladi.14 O’zbekistonning agrar sektorida xususiy jamoa shirkat va xo’jaliklarining parallel rivojlanishi ta’minlanmoqda. Ayni paytda ulardagi ichki tuzilmaviy o’zgarishlar o’tkazilmoqda, mayda dehqon xo’jaligi jadal o’smoqda.
Bugungi kunga kelib, xususiylashtirish bo’yicha qator qonun va loyihalar ishlab chiqilmoqda. Bunga misol qilib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019- yilning 13-avgust kuni “Qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to’g’risida”gi qonunni keltirishimiz mumkin. Qonunga ko’ra, yer uchastkalarini xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli bo’lgan yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olish;
yer uchastkalarini online- auksion orqali sotish;
O’zbekiston fuqarolari bo’lgan jismoniy shaxslar va O’zbekiston rezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirishi mumkin.15
Bu o’rinda mutaxassislar davlat mulkini xususiylashtirish va boshqa mulk shakllariga o’tkazishda shoma-shosharlik qilmaslikni bildirb o’tishgan.
Yerning xususiy mulkka aylanishi ma’naviy tomondan fuqaroga katta ishonchberadi. Xususiy yerga kishining mehri boshqacha bo’ladi. Yer egasi o’zini oyoqda mahkam turgandek his qiladi, uzoq kelajakka doir rejalar tuzadi va istiqbolini aniqroq ko’ra boshlaydi.
Qolaversa, ayrim katta to’ralar tomonidan endi “ Yer seniki emas, davlatniki” degan iddaolar bo’lmaydi. O’z uyimizda ijara turgandek yashamaymiz.
Shuningdek, hech bir ishlab chiqarish yersiz amalga oshmaydi, chunki har qanday korxona bir parcha yer ustida joylashgan bo’ladi. Yer – xuddi kapital, energiya ahborot singari iqtisodiy omil, olaylik ishchi kuchi arzon, texnika qimmat bo’lsa, tadbirkor qimmat texnika sotib olishdan ko’ra ko’proq ishchi kuchi yollashga harakat qiladi. Xuddi shunday korxonasi qimmat yerda joylashgan bo;lsa, uni sotib olib, ishni arzon yerga ko’chirishga harat qiladi, chunki yerning narxi ham mahsulot tannarxiga ta’sir qiladi. Demak yer xususiylashsa, tadbirkor ham, jamiyat ham foyda ko’radi. (masalan, shaharning markazida ishlab chiqarish korxonalari bo’lmaydi.
O’zbekiston Respublikasida davlat korxona va obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo’yicha o’ziga xos yo’l tanlagani hammamizga ma’lum. Quyida keltiriladigan jadvaldan mamlakatimizda so’ngi o’n yil ichida xususiylashtirishda qanday natijalarga erishganini hamda mamlakatdagi Yalpi ichki mahsulotning necha foizi davlat va nodavlat sektorlarga tegishli ekanligini bilib olishimiz mumkin.