2010-2019-yillardagi korxona va obyektlarni xususiylashtirishning o’sish sur’ati16
yil
xUSUSiylashtirilgan korxona va obyektlar soni
davlat aktivlarini sotishdan tushgan tushumlar (so’mda)
yaimning mulkchilik shakllari bo’yicha taqsimlanishi(foizda)
davlat sektori
nodavlat sektori
2010
96
23,0 mlrd.
18,2
81,8
2011
95
39,2 mlrd.
17,2
82,8
2012
83
32,1 mlrd.
17,4
82,6
2013
82
44,1 mlrd.
17,9
82,1
2014
288
88,0 mlrd.
17,4
82,6
2015
848
103,2 mlrd.
8,8
91,2
2016
609
164,8 mlrd.
8,7
91,3
2017
542
228,3 mlrd.
19,0
81,0
2018
835
223,0 mlrd.
15,3
84,7
2019
842
480,0 mlrd.
18,5
81,5
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, xususiylashtirishdan tushgan tushumlar yildan yilga ko’payib bormoqda. Eng yuqori ko’rsatkich 2019-yilga to’g’ri kelmoqda. Hisobot davrida eng ko’p xususiylashtirilgan ob’yektlar soni Toshkent viloyatida 117 ta (13,9%), Farg’ona viloyatida 112ta (13,3%), Andijon viloyatida 111 ta (13,2%), Namangan viloyatida (9,1%), Qoraqalpog’iston Respublikasida 67ta (8,0%), Qashqadaryo viloyatida 64 ta (jami respublika bo’yicha xususiylashtirilgan ob’yektlar umumiy sonining 7,6%)ni tashlik etdi.
Hududlar kesimida davlat mulkini sotishdan tushgan tushumlarning asosiy qismi Toshkent shahriga (barcha tushumlarning 54,7%), Agentlik MA (16,8%) Namangan (6,7%), Buxoro (5,3%), Farg’ona (4,0%) va Toshkent (2,3%) viloyatlari hissasiga to’g’ri keladi.
Davlat mulkini muvaffaqiyatli boshqarish sharti bo’lib, boshqarish ob’yekti mohiyatini tushunish, rivojlanish sababi hamda ma’lum aniq holatdagi xususiyati haqidagi bilimga ega bo’lishi xizmat qiladi. Davlat aktivlarini mahsuldor boshqarish tegishli tarkibiy tuzilmalarni shakllantirish yo’li bilan innovatsion faoliyatni oshirish va roqobat salohiyatini yuksaltirish uchun uning tarkibiy tuzilmasini rivojlantirishga yo’naltiriladi.
Davlat mulkini boshqarish strategik maqsad sifatida milliy boylik oshirilishi, aholi turmush farovonligini yaxshiligini, bandlik to’liq ta’minlanishi, inflyatsiya sur’ati pasayishi, to’lov balans muqobillashtirilishi xizmat qiladi. Ushbu maqsadga erishish meznizmi talab va taklif taqsimotini tartiblashtirish, ishlab chiqarish va bandlik uyg’unligi, moliyalashtirish stavka darajalarini tartibga keltirish, pul muomalasini boshqarish, davlat byudjeti taqchilligini pasaytirish kabilar sanaladi.
Endi esa quyidagi diogramma ko’rinishidagi 2.2-rasmdan o’tgan yilgi xususiylashtirilgan davlat mulki ob’yektlarini tarkibini ko’rishimiz mumkin.