Kurs ishi topshiriqlari



Yüklə 246,49 Kb.
səhifə5/14
tarix07.05.2023
ölçüsü246,49 Kb.
#109203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1.Kurs ishi Setora

Jami:

15 ball


BAHOLASH MEZONI

Komissiya raisi: ________________________________________________

Komissiya a’zolari: _________________________________________________

MAVZU:Qurish o’yinlari orqali mehnatsevarlik tarbiyasi

MUNDARIJA


Kirish……………………………………..............................................................9
I bob.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurish-yasash o’yinlari orqali mehnatga o’rgatish maqsadi vazifalari
1.1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni qurish-yasashga o’rgatishning ahamiyati........................................................................................................…… 12
1.2.Qurish-yasashning va uning bolalar tarbiyasida tutgan o’rni, maqsadi va vazifalari…………………………………………………………………………..17
II bob. Qurish-yasashga o’rgatishda ota-onaning o’rni, tabiiy materiallardan foydalanish
2.1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni qog’oz va tabiat materiallaridan foydalanib qurish-yasashga o’rgatish………………………………………..………………..29
2.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib boorish…………………………………………………………………………….39
Xulosa ……………. ……………………………………………………………...41
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………...43

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar bilan qurilish materiallari yordamida o'yin va mashg'ulotlar o'tkazishning ahamiyati katta. Yosh avlodni har tomonlama tarbiyalashda maktabgacha ta'lim muassasasida qurilish materiallari yordamida o'tkaziladigan o'yin va mashg'ulotlar katta o'rin egallaydi. Bolalarning qurilish o'yinlari rollarga bo'linib o'ynaladigan o'yinlarning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Qurilish o'yinlarida ham bolalar tevarak-atrofdagi narsalarni, kattalarning faoliyatlarini aks ettiradilar. Qurilish o'yinlarining mazmunini bolalarning o'zlari yaratadilar. Bolalar ko'pincha kattalarning qurilishdagi faoliyatlariga taqlid qilib, «Quruvchi ishchi» rolini bajaradilar. Bolalarning qurilish o'yinlari qiziqarli ijodiy faoliyatdir. Ular o'z o'yinlarida qurilishlarni transport harakati, kattalarning mehnati haqidagi taassurotlarini aks ettiradilar. Bunday o'yinlar bolalarda tashabbuskorlikni uyg'otishga, ularni fikr yuritish va harakat faoliyatlarini faollashtirishga keng imkon yaratadi. Mashg'ulot va o'yin vaqtida bolalar bir-birlari bilan turlicha munosabatda bo'ladilar. Ular rollarni o'zaro bo'lishib oladilar, ishlarni bajarishda bir-birlariga yordam beradilar va maslahatlashadilar. Qurilish o'yinlarida harakat elementlari ko'p bo'lib, u bolalarning harakat qilishga nisbatanbo'lgan talablarini qondirishga yordam beradi. Bola biror narsani qura boshlaganda qurilish materiallarini tegishli joyga olib boradi, ularni stol yoki pol ustiga joylashtiradi, engashadi, bu vaqtda uning qo'llari faol harakat qiladi, ya'ni ma'lum miqdorda jismoniy kuch sarflaydi. Mayda qurilish materiallari bilan o'ynaganda qo'lning mayda muskullari yaxshi rivojlanadi. Qurilish o'yinlarini o'ynash natijasida bolalarning kuzatuvchanligi ortadi, texnikaga bo'lgan qiziqishlari o'sib boradi. Bundan tashqari, ular o'yin jarayonida oddiy geometrik shakllarning tuzilishi bilan ham tanishadilar. Qurilish o'yinlarining tarbiyaviy ta'siri shundaki, bunda bolalar aks ettiradigan hodisa va narsalarning g'oyaviy mazmuni o'z aksini topadi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarda tafakkurning tahlil va sintez, taqqoslay bilish kabi uquvlari hali sust rivojlangan bo'ladi. Qurilish materialari yordamida o'tkaziladigan o'yinlar esa bolalarning tafakkurini, ijodiy qobiliyatini o'stiradi. Tarbiyachining ko'rsatgan narsasini esda saqlab qolish va uni qayta esga solish bolalarni narsalarni bir-biriga solishtirishga, tahlil va sintez qilishga, o'xshashini topib qo'yishga va farqini ajrata bilishga majbur qiladi va qurilishdagi vazifalarni pala-partish bajarmaslikka, tasodifiy xulosa bilan qoniqib qolmay, balki maqsadga muvofiq yo'l tutishga o'rgatadi. Bolalar bilimini sistemali ravishda qurilish o'yinlari faqat tevarak-atrofni bilib olish vositasigina bo'lib qolmay, balki axloqiy sifatlarni tarbiyalovchi vosita hamdir. Bolalar doimo atrofda qurilayotgan yangi turar joylarni, maktablar, bolalar bog'chalari, do'konlarni kuzatib boradilar va tarbiyachidan hukumatimizning xalqlarga qilayotgan g'amxo'rligini eshitadilar. Bolalar bevosita kuzatayotgan qurilishdagi aniq misollar bolalarning o'zbek xalqi o'z mehnatini qanchalik sevishini tushunishlariga yordam beradi. Qurilish o'yinlari orqali tarbiyachi bolalarda mehnatsevarlik, mustaqillik, o'z ishiga javobgarlik hissini tarbiyalab borishga harakat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining birinchi – maktabgacha ta’lim rivojining zamonaviy bosqichi qator o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi: maktabgacha ta’lim ochiq turdagi ta’lim tashkiloti sifatida shakllandi; maktabgacha ta’lim tashkilotlarining eng muhim funksiyasi bolalarning hayotiy faoliyatini muhofaza qilish va salomatligini mustahkamlash; tarbiyalanuvchilarni maktab ta’limiga muvafaqqiyatli tayyorlash va boshqalar. Shuningdek, bugungi kunda Respublikamizda xilma-xil (yasli, bolalar bog’chasi, bolalar bog’chasi-boshlang’ich maktab, davlatga qarashli va xususiy) turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari ham faoliyat yuritmoqda. Prezidentning 2017- yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.
Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, Maktabgacha ta'lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, Maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni MTT ga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi.

Yüklə 246,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin