1 .Qurilish materiallari. Qurilish materiali-mayda va yirik-geometrik figuralardan (kub, silindr, prizma va hokazo) iborat. Mashg‘ulotlarda qurilish materiallaridan turli xil to‘plamlardan foydalaniladi: mazmunli to‘plamlar:
Kichik qurilish materiallari: “Kosmodrom”, “Temir yo‘l vokzali” va boshqalar.
2.Konstruktorlar.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida konstruktorlardan (taxtali, plastmassa, metall va keramika) foydalanadilar. Bu to‘plamlar orqali turli konstruksiyalar yasash mumkin. Tarbiyachi rahbarligida bolalar oddiy birlashtirish usulidan suratlar bo‘yicha turli xil harakatli konstruksiyalar yasaydilar. Asosiy diqqat bolalarni ma’lum qismlarini birlashtirish malakalarini shakllantirishga qaratiladi. Bunda bolalarni qo‘llarini muskullari ishtirok etadi, qo‘l muskullari hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Tarbiyachi rahbarligi ostida bolalar yangi birlashtirish yo‘llarini va turli xil xarakterdagi konstruksiyalarni rasmga, chizmaga qarab yaratishga o‘rganadilar. Bu ishlarni bolalarga taklif etishdan oldin, tarbiyachining o‘zi bu konstruktorlar, ularga berilgan metodik ko‘rsatmalar bilan yaxshilab tanishib, o‘rganib chiqishi zarur. Bolalarga qurilish materiallari va konstruktorlar to‘plami hammasi birdaniga berilmaydi, balki asta-sekin, ketma-ket bolalarning o‘zlashtirishlariga qarab beriladi.
Lego, mozaika, “Tangram”, “Tuxum”bular stol o‘yinlari hisoblanib, bolalarni konstruktorlik, dizaynerlik, yaratuvchanlik hislatlarini shakllantiradi va rivojlantiradi.
1.2.Qurish-yasashning va uning bolalar tarbiyasida tutgan o’rni, maqsadi va vazifalari «Qurish-yasash» lotin tilidan olingan bo'lib, turli predmetlarni, qism va elementlarni ma'lum bir holatga keltirish, degan ma'noni bildiradi. Bolalarni qurishda qurilish materiallaridan, karton, daraxt va boshqa materiallardan turli xil narsalarni qurish o’rgatiladi. O'z xarakteriga ko'ra bolalar qurish ko'pincha tasviriy va o'yin faoliyati bilan o'xshashdir, bu tevarak-atrofda aks etadi. Bolalarning qurgan narsalari asosan amaliyotda ishlatiladi. Masalan, o'yinlar, archani yasatish uchun, onalarga sovg'a uchun.
Qurish faoliyati - amaliy faoliyat bo'lib, oldindan belgilangan, biror maqsadga qaratilgan real voqelikdir. Qurish faoliyatiga o'rgatish jarayonida bolalarda aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi yanada shakllanib boradi, hamda ularda tevarak-atrofdagi predmetlarni tahlil qilish ko'nikmasi, mustaqil fikrlash, badiiy did, shaxsning irodaviy sifatlaridan (maqsadga intilish, qat'iylik va hokazo) tarkib topa boshlaydi, bularning barchasi bolalarni maktabda o'qishga tayyorlaydi.
Qurish-yasash materiallarining turlari. Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida bolalarga qurish faoliyatini o'rgatishda qurilish materiali, konstruktor, qog'ozdan, tabiatdagi, tashlandiq materiallardan va boshqalardan foydalaniladi. Materialning turi qurish turini aniqlab beradi.
Qurilish materiali mayda va yirik geometrik figuralardan (kub, silindr, prizma va hokazo) iborat. Mashg'ulotlarda qurilish materiallaridan, turli xil mayda to'plamlardan foydalaniladi.
«Kosmod-rom», «Temir yo'l vokzali» va boshqalar. Mashg'ulot paytida materiallar ko'p bo'lishi kerak. Tarbiyachi qurilish materiallaridan qurish faoliyatini tashkil etayotgan odam, hayvon; o'simlik va transportni ifodalovchi mayda o'yinchoqlarni tanlashi maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi ayrim
narsalarni, ya'ni quyon uchun uy, mashinalar va yo'lovchilar uchun
ko'prik yasaydilar. O'yinchoqlarni qurish ishlatish katta
ahamiyatga ega, o'yin faoliyatining rivojlanishiga katta ta`sir ko`rsatadi.
Qurilish materiallari ma'lum bir javonlarda, tartib bilan saqlanadi.