II bob. Qurish-yasashga o’rgatishda ota-onaning o’rni, tabiiy materiallardan foydalanish
2.1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni qog’oz va tabiat materiallaridan foydalanib qurish-yasashga o’rgatish
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida turli xil o‘yinchoqlarni yasash uchun qog‘ozdan tabiat materialidan keng foydalaniladi. Bolalarga qog‘ozning turli xil turlari beriladi: vatman, karton, yupqa va turli qog‘ozlar. Tarbiyachi bolalar bilan birga tabiiy materiallarni tayyorlab, bir yil ichida ularni g‘amlaydi. Yozda somon, manzarali daraxt mevalari, yong‘oqlar teradilar. Mevalar urug‘i yaxshilab yuvilib quritiladi, bunday urug‘lar maxsus kutilarda saqlanadi. Bu xildagi qo‘llanmalarni yasash uchun quyidagi materiallardan ham foydalaniladi: qog‘oz, karton, plastilin, sim, gugurt cho‘pi, yelim, qaychi.
Qog‘oz tabiat va tashlandik, materiallari. Bu materiallar bolalar bog‘chasida turli-tuman o‘yinchoqlar yasash jarayonida foydalaniladi. Bu jarayon faqatgina foydali bo‘libgina qolmay, balki qiziqarli va bolalar tomonidan sevib bajariladigan jarayondir. Bolalar xilma-xil turlardagi qog‘ozlar bilan ishlaydilar. Xilma-xil tabiat materiallari manzarali daraxt mevalari, shox-shabbalar va boshqalar. Tarbiyachi bolalar birgalikda tabiat materiallarini oldindan tayyorlab boradi. Masalan: urug‘lar, danaklar, yaxshilab yuvilib, quritilib yig‘iladi. eman va kashtan yong‘oqlarining daraxtdan to‘kilishi bilan terib oladilar. Chinor va yasen дарахтининг уруғи эса qishda yig‘iladi. Har bir tabiat materialining turi alohida qutichalarda saqlanadi. Shuningdek, ulardan o‘yinchoklar yasashda, yordamchi materiallar, qog‘oz, karton, plastilin, simlar, yelim va mexnat qurolllari, qaychi, bigiz, igna va boshqalar qo‘llaniladi.
O‘rta guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurishga o‘rgatishning vazifalari.
Bolalarni yangi qurilish materiali–qog‘oz bilan, uning xususiyati bilan tanishtiriladi. O‘rta guruh tarbiyalanuvchilari tabiat materiali bo‘lgan – shox, barg, ildiz, turli yong‘oqlar, ularni po‘stlaridan narsa yasashga o‘rgatib boriladi. Tarbiyachi bolalarga tabiiy materialning borligi va uni turli xil narsalarni yasashda kerakligini yoritib beradi. Bolalarda umumiy ko‘nikma va malakalar shakllanib boradi, ya’ni predmetlarni tekshirish, ketma-ketlikka asoslanib ishlash, boshlagan ishni ohirigacha bajarish, hamda qo‘llarni aniq harakatlanish va hokazolar.
D astlabki mashg‘ulotda tarbiyachi bolalarga bir necha predmetlarni, qog‘ozdan yasalgan o‘yinchoqlarni ko‘rsatib uni buklab, yopishtirish orqali archani yasatish uchun, o‘yin va sovg‘alar uchun turli xil qiziqarli o‘yinchoqlar yasash mumkinligi haqida gapirib beradi. Birinchi mashg‘ulotdayok bolalar tarbiyachini ko‘rsatmasi va tushuntirishi asosida qog‘ozni teng ikkiga buklashni o‘rganadilar. Keyingi mashg‘ulotlarda archa uchun o‘yinchoq, sovg‘a yasalgan paytlarda bu ko‘nikma mustahkamlanadi. Mashg‘ulotlarda uycha, avtobus, yuk mashinasini yasatganlarida bolalar tayyor elementlardan o‘yinchoq yasash, asosiy qismga alohida qismlarni yopishtirishni ham o‘rganadilar. Masalan: uychaga–eshik, derazani; avtobusga–oyna, g‘ildirak yopishtiradilar. Topshiriqni bunday turini bajarish faqat texnik malakalarni shakllantirib qolmay, balki bolalarni aqliy faoliyatini, mustaqil ishini ham rivojlantiradi. O‘yinchoqni yasashdan avval bolalar qaysi qismni bir biri bilan birlashtirishni, qaysi qismni yopishtirish kerakligini o‘ylaydi. Yoz paytida bolalar tabiiy materiallardan foydalana boshlaydilar. Аввало tarbiyachi bolalarni shu material bilan oldindan yasalgan sodda qurilmalar bilan tanishtirib, alohida predmetlarni, ular o‘rtasidagi o‘xshashlik, undan qanday foydalanish kerakligini tushuntiradi. Tabiiy material, qog‘ozdan qurishyasash mashg‘uloti, qurilish materiali bilan qurish-yasash mashg‘uloti almashinib turadi. O‘rta guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurish –yasashga o‘rgatishning metod va usullari. O‘rgatishning asosiy usuli – namunani ko‘rsatish va tushuntirishdir.
Т ushuntirish qisqa va aniq bo‘lishi kerak. Tarbiyachining aniq, tushunarli qilib tushuntirishi uchun bolalar vazifani to‘liq bajarishlari lozim. Qog‘ozdan uycha yasash davomida, tarbiyachi bolalarga tayyor uychani ko‘rsatadi (qalin qog‘oz 2 ga buklangan, ustida esa trubali tom) va u nimadan qilinganini so‘raydi. (qog‘ozdan–uy, rangli qog‘ozdan esa tomi, poloskadan truba, deraza, eshiklar va hokazo). Oldingi tajribalarga tayangan holda, tarbiyachi bolalar bilan birga uychani ketma- ketlik asosida qurishni davom etadi. Qachonki bolalarga murakkab konstruksiya berilsa, ularni tajribalarini hisobga olgan holda tarbiyachi bajarish usulini to‘laligicha ko‘rsatib, tushuntirib beradi. Agar yasaladigan narsa sodda bo‘lsa, bolalar o‘zlari mustaqil bajarishlari mumkin, lekin tarbiyachi namunani bolalarga ko‘rsatadi. Masalan, yozuv kitobchalari yasash mashg‘ulotida tarbiyachi bolalarga bir necha xil applikatsiya bilan bezatilgan yozuv kitobchalarini namoyish qiladi va bolalardan mustaqil bajarib, so‘ng uni bezashni iltimos qiladi. Yilni oxirida bolalarda qog‘oz bilan ishlash tajribasi ortganligi uchun tarbiyachi bolani xohishlari bo‘yicha qurish-yasash mashg‘uloti o‘tkazadi. Tarbiyachi bu mashg‘ulotdan 1-2 kun oldin bolalarni qog‘ozdan yasalgan narsalarni ko‘rgazma qilib, bolalarga ularni qanday yasalganligini eslatib qo‘yadi. Mashg‘ulot davomida tarbiyachi bolalar ishiga rahbarlik qilib tekshirib boradi. Tayyor bo‘lgan narsalarni tahlil qilganda tarbiyachi asosiy e’tiborni to‘g‘ri va ozoda bajarilgan ishlarga qaratadi.
Т аbiiy materialdan narsa yasashga o‘rgatish yilning ohirida boshlanadi. Masalan: yong‘oq po‘stidan tipratikan yasashga o‘rgatishdan oldin tarbiyachi bolalarga tipratikanni o‘zini ko‘rsatadi. Yoki uning rasmini ko‘rsatadi, uni tanasi igna bilan qoplanganligini, oyoqlari kaltaligini tushuntiradi. Keyin mashg‘ulotda tayyor o‘yinchoq bilan rostakam tirik tipratikanni solishtiradi, so‘ng uni qanday yasashni bir bir ko‘rsatadi. Uning tanasi yong‘oq po‘stidan, ignalari, yuzi plastilindan yasaladi. Avval yong‘oq ustiga plastilin surtiladi, yuz tuzilishi va ignalarini yasaydi. Mashg‘ulot davomida bolalarga maslaxat berib yordamlashadi. Bolalarning barcha yasagan narsalari ma’lum bir maqsad uchun ishlatiladi. Albomlar–rasm uchun, yuk mashinasi. Uychalar–o‘yinlar uchun. Shunda bolalarda qiziqish uyg‘onadi, shuning uchun narsalarni qiziqib chiroyli toza bajaradilar. Qurish-yasash uchun kerak bo‘lgan materialni tayyorlash tarbiyachidan ko‘p vaqtni talab etadi.
Qurilish materiallari bilan turli xil predmetlarning turlicha timsollarini yaratish kabi ijodiy bolalarda shakllantirish amalga oshiriladi. Katta guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurishga o‘rgatishning vazifalari.
B оlalarga qog‘ozni teng buklash, to‘rt buklash, buklangan joyni tekislash malakalari o‘rgatib boriladi. Qog‘ozni 16 kvadratlarga buklash, burchak va tomonlarini aniq joylashtirish, doirani diametri bo‘ylab buklash va konus hosil qilib yopishtirishni o‘rgatiladi. Masalan: qog‘oz silindirni birlashtirib turli, murakkab bo‘lmagan kompozitsiyalarni yasaydilar. Yana bolalar gugurt qutisini bir-biriga yopishtirib narsalar yasashni ham o‘rganadilar. Tabiiy materiallardan archa shishkasi, gulning urug‘lari, o‘tlar, yong‘oqdan turli narsalar yasab, ularni yelim, gugurt bilan birlashtirishni, to‘g‘ri foydalanish kabi malakalarni egallab boradilar. Bolalar o‘z faoliyatlarini rejalashtirish va shuni mustaqil bajarishni ham o‘rganadilar.
Dastlabki mashg‘ulotlarda o‘tgan materiallar takrorlanadi, natijada bolalar qog‘ozni teng buklash, tomonlarini qo‘l bilan tekislash malakasi yanada mustahkamlanadi. Bolalar bu amallarni qanday bajarishni esga oladilar.
Birinchi mashg‘ulotda qog‘ozdan savatcha yasaydilar. Tayyor namunani kuzatib bo‘lgach, tarbiyachi kvadrat qog‘ozni qanday buklab qirqish, qanday yopishtirishni ko‘rsatadi. Savatchani bandini qanday yopishtirishni esa, bolalar o‘zlari o‘ylab topadilar. Ikkinchi mashg‘ulotda esa kvadratni diagonal bo‘yicha buklashni o‘rganadilar. Bunda kvadrat qog‘ozni 16 kvadratga buklash ko‘rsatilmaydi. Tarbiyachi tushuntirayotganda ikki tomoni qirqilgan, buklangan tayyor kvadratdan foydalaniladi. Bolalar oldingi mashg‘ulotdan olgan bilimlarini uycha qurish da qo‘llaydilar, o‘zlari qirqib yopishtiradilar.
М ashg‘ulotni boshida namunani kuzatayotganda tarbiyachi ishni qanday bajarishni bolalarga o‘rgatadi va yordam beradi. Qog‘ozdan narsa yasashni ma’lum bir vaqtdan so‘ng qaytarish mumkin, lekin bolalar o‘zlari mustaqil bajaradilar (ochiq quti). Tayyor shakllardan biror bir narsani yopishtirish orqali yasashni bolalar asta-sekin o‘rganadilar. Birinchi mashg‘ulotda tarbiyachi gugurt qutisidan qanday qilib avtobus yasashni ko‘rsatadi: qutini qanday qilib bir-biriga yopishtirish, g‘ildiraklarni qanday qilib birlashtirishni va hokazo. Bolalar topshiriqni ko‘rsatish va tushuntirish asosida bajaradilar. Ikkinchi mashg‘ulotda tarbiyachi bolalardan avtobusni qanday yasaganlarini eslatib, so‘ng tayyor yasalgan mebelni bir necha namunasini bolalarga namoyin qiladi. Bu qurilmalarni bolalar kuzatib bo‘lgach, uni qanday qilib bir- biriga yopishtirilganligini va boshqalarni ko‘radilar. Qurishlari kerak bo‘lgan predmet uchun kerakli materiallar tanlaydilar. Bu mashg‘ulotlarda hosil bo‘lgan malakalarni tarbiyachi bolalarni o‘ylaganlari bo‘yicha narsa qurish mashg‘ulotlarda mustahkamlayi. Bunda bolalar o‘zlari qaysi materialdan nima yasashlarini, qanday qilib yasashlarini mustaqil bajaradilar. Lekin keyingi mashg‘ulotlarda mavzu ancha murakkablashadi; ya’ni quti, karton, qog‘ozdan yuk mashina, kema yasash va hokazo. Bu paytda tarbiyachi yana bolalar bilan birgalikda ish olib boradi, ya’ni o‘zi ko‘rsatib, tushuntirib beradi. Ish faoliyatini bunday olib borilishi bolalarni keyingi ijodiy faoliyatida katta ahamiyatga ega.
Bolalarga doirani diametr bo‘ylab buklash, konusni yopishtirish, kontur bo‘ylab qirqishdan avval, tarbiyachi parashyut, uzun ko‘ylak kiygan qizcha, o‘yinga tushayotgan qizchani yasashni o‘rgatadi. Shunday qilib topshiriq murakkablashib boradi: bolalar tayyor yarim doiradan qirqishni o‘rganadilar. Bu jarayonni tarbiyachi tushuntiradi, qolganini esa bolalar bajaradi. Yil oxirida bolalar o‘z bilimlarini tekshiradilar. Kvadratni diagonal bo‘ylab buklash tomonlari, burchaklarni to‘g‘ri birlashtirish, qayiq, o‘yinchoqlar yasash mashg‘ulotlarda o‘rganadilar. Mashg‘ulotlarda bolalar tayyor murakkab bo‘lmagan andoza bo‘yicha ishlashni ham o‘rganadilar. Shunday qilib bolalar silindrni turli konstruksiyalarga birlashtirishni egallaydilar. Ularda fikrlash, ijodiyot, fantaziya rivojlanib boradi. Boshqa materiallardan narsa yasashga o‘rgatishdan oldin tarbiyachi materialni xususiyati bilan tanishtiradi, bolalarga shu materialni ushlab, uni qanday ekanligini so‘raydi, porolon-yumshoq, yengil, uni ezsa yana o‘z holatiga qayta oladi. Porolondan bolalar qorbobo, nayzali gul, quyoncha, jo‘ja va hokazolar yasaydilar. Narsa yasashni tushuntirayotganda tarbiyachi asosiy diqqatni alohida predmetlarni qanday birlashtirishga qaratadi, mashg‘ulot davomida eslatib o‘tadi. Yangi yil bayramida bolalar archa o‘o‘yin choklarni yasaydilar: qog‘ozni qat-qat qilib (gormoshka) buklab undan (turli) simmetrik shakllar qirqadilar. Bolalar o‘z o‘ylaganlari bo‘yicha qog‘oz, karton, boshqa materialdan narsa yasayotganida avval olgan bilimlarini ishlarida qo‘llaydilar. Katta guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurishga o‘rgatishning metod va usullari.
B olalarga qog‘oz va boshqa materialdan narsa yasashga o‘rgatishda tarbiyachi narsalarni ketma-ket ko‘rsatish, tayyor namunani kuzatish, bolalar bilimini tekshirish uchun savollar berish, bajarish usulini ko‘rsatishdan keng foydalanadi. Metodni tanlash va uni amalda qo‘llash o‘rgatishning vazifasiga bog‘lik. Silindrdan narsa yasashga tarbiyachi silindrni qanday yasashni tushuntrmaydi, chunki bu shakl bolalarga tanish. Bu o‘yinchoq qanday qismlardan qilingan? Chiziqchani qanday qilib silindrga aylantirish mumkin? kabi shunga o‘xshash savollar beriladi. Bunday savollar bolalarga ish faoliyatini qanday borishini eslatadi, qismlarni birma-bir birlashtirish kerakligini tushuntiradi. Boshqa mashg‘ulotda tarbiyachi tayyor namunani kuzatib bo‘lgach, kvadrat qog‘ozni ikkiga buklash, doirani teng ikkiga buklashga taklif etadi. Bolalar kema hosil qilish uchun, nima qilish kerakligini aytib beradilar. Agar ular javob berishda qiynalsalar yoki noto‘g‘ri javob bersalar, tarbiyachi to‘g‘rilab aytib beradi. Bolalar diqqatini yangi yasaladigan narsaga qaratish uchun tarbiyachi mashg‘ulotga 1-2 kun qolganda qo‘l ishlari burchagida namunalar ko‘rgazmasini tashkil qiladi. Masalan: kichik kompozitsiyalar tashkil qiladi, silindrdan 2 xil figura-tulki va quyon, 2 ayiqcha, yoki turli o‘yinchoqlar namoyish qiladi. Tarbiyachi bu o‘yinchoqlarni ko‘rsatmayotganda bolalar diqqatini ularni bir-biriga qanday birlashtirilganligiga qaratadi. Mashg‘ulotda tarbiyachi ba’zan yangi usulni individual tarzda ko‘rsatib beradi. Bolalar paralondan doiracha hosil qilishni o‘rganganlaridan so‘ng tarbiyachi hamma bolalarga doirachani sim bilan birlashtirishni ko‘rsatadi. Bolalar o‘z ishlarini bajarayotganlarida tarbiyachi qiynalgan bolalarga yordam beradi. Tarbiyachi mashg‘ulot paytida bolalarga avvaldan bu o‘yinchoqlar, narsalarni nima uchun yasashlarini, nima uchun kerakligini aytib o‘tadi (o‘yin uchun, kichkintoylarga sovg‘a uchun archani bezatish uchun va hokazo). Qurish yasash mashg‘ulotlarini tarbiyachi turli qurilish materiallardan foydalanilgan holda olib borishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |