Kurs ishi topshiriqlari


Tayyorlov guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurishga o‘rgatishning metod va usullari



Yüklə 246,49 Kb.
səhifə12/14
tarix07.05.2023
ölçüsü246,49 Kb.
#109203
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1.Kurs ishi Setora

Tayyorlov guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurishga o‘rgatishning metod va usullari.
Tayyorlov guruhda bolalar katta texnik malakalarni talab qiluvchi ancha murakkab konstruksiyalarni o‘zlashtirib beradilar. Shuning uchun tarbiyachi narsalar yasashni, uning bajarilish usullarini aniq tushuntirib, ko‘rsatish uslubidan tez-tez foydalanadi. Tarbiyachi balkonli uyni qurish mavzusida avval ko‘p qavatli balkonli uy konstruksiyasini tayyor holda ko‘rsatadi, so‘ng ishni o‘zi ko‘rsatib, uyni qanday yasalishini qog‘ozni buklab, balkonlarini yasash uchun qirqib, uni tomini qanday joylashishini ko‘rsatib beradi. Agar mashg‘ulotda bolalar tanishish usulini qo‘llasalar, tarbiyachi faqat namunani kuzatish va qisman ko‘rsatish bilan cheklanadi halos, yoki bolalar bilimini faollashtiruvchi savollar berishi mumkin. Archa o‘yinchog‘ini yasash mashg‘ulotida tarbiyachi bolalarga namunani ko‘rsatgach, uni qanday qirqishni bolalardan so‘raydi. Ular bunga javob beradilar, so‘ng o‘zlari mustaqil bajaradilar. Agar yasalayotgan narsa masalan: harakatlanuvchi o‘yinchoqlar, ko‘p vaqtni olsa, bolalar qiynalsalar, tarbiyachi mashg‘ulotni ikkiga bo‘lishi mumkin. Birinchi mashg‘ulotda tarbiyachi kartondan yasalgan o‘yinchoqlarni ko‘rsatishi, bugungi teatr o‘yiniga ham xuddi shunday o‘yinchoqlar yasashligini aytib o‘tadi. Lekin bu o‘yinchoqni chizib berish lozim, so‘ng bolalar hayvonchani o‘ylab topib chizib bo‘yaydilar. Ikkinchi mashg‘ulotda bolalar tarbiyachining tushuntirishi va ko‘rsatmasi asosida o‘yinchoq yasaydilar. O‘yinchoq yasash mashg‘uloti avvaldan tayyorlikni talab qiladi. Tarbiyachi bu ishga bolalarni jalb qiladi. Ular material tayyorlashga yordamlashadilar: qog‘oz qirqadilar, shakli bo‘yicha joylashtiradilar, qog‘ozni oldidan (mebelni oyog‘i uchun) truba qilib yopishtiradilar. Bolalar o‘z o‘ylaganlari bo‘yicha mashg‘ulotning yaxshi o‘tishi avvldan tayyorgarlikka bog‘lik:
Bolalar oldindan o‘ylagan narsalari uchun materiallar yig‘adilar: yirik urug‘ tanasi uchun, mayda urug‘ boshi uchun, turli shoxlar–qo‘l, oyoq, panjalar uchun. Tarbiyachi bolalarga yig‘gan materialdan narsalar yasashni o‘rgatadi, ya’ni bolalar diqqatini shu materiallar hayvonlarni figuralariga o‘xshab ketishiga (yugurayotgan kiyik, tuya qush, odamlar va hokazo) qaratadi. Bu narsalarni yasashda tarbiyachi ham ishtirok etishi mumkin. Bolalar tayyor figuralarni taglikka o‘rnatayotganlarida tarbiyachi taglikni mix bilan teshib beradi yoki kapalaklarni qanotlarini shishkaga joylashtirib beradi. Bu barcha yasalgan narsalardan ko‘rgazma uyushtiriladi. 8-mart bayramiga, ota- onalar majlisiga bag‘ishlanadi. Bu ko‘rgazmalar bolalar ishini yanada yaxshi bo‘lishiga yordam beradi va bolalarda javobgarlik hissini estetik didlarini yanada o‘stiradilar.


Yüklə 246,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin