– talabaga kurs ishi tuzilishi va rejasini ishlab chiqishda yordam berish;
– talabaga mavzu bo’yicha asosiy va qo’shimcha adabiyotlarni, ma’lumotlarni tanlashda
yordam berish;
– talaba bilan birgalikda tadqiqot ob’ekti
va doirasini, ob’ekt faoliyatini o’rganish,
ma’lumotlar yig’ish va ularni tahlil qilish metodlarini aniqlash.
Ilmiy rahbar talaba tashabbusini turli yo’llar bilan rivojlantirishga va mustaqil ilmiy
tadqiqot ishini amalga oshirishiga yordam beradi. Ilmiy rahbarning
kurs ishi yozish masalasi
bo’yicha maslahatlar berishi ilmiy rahbar tomonidan belgilangan va kafedra tomonidan
tasdiqlangan jadval asosida o’z muddatida olib boriladi.
Ilmiy rahbar, unga taqdim qilingan kurs ishini tekshirib, o’z mulohazalarini bildiradi va
ishni qaysi yo’nalishda o’zgartirish va to’ldirish kerakligi to’g’risida maslahat beradi.
Yozib tugatilgan kurs ishi belgilangan muddatda ilmiy rahbarga topshiriladi. Ilmiy
rahbar kurs ishini tekshirib chiqadi va uni himoyaga ruxsat berish to’g’risida o’z fikrini bildiradi.
Ilmiy rahbar kurs ishi talab darajasida bajarilmagan bo’ lsa, qabul qilmasligi mumkin.
Dostları ilə paylaş: