Kurs ishini bajarish tartiblari va unga qoyiladigan talablar
Kurs ishini baholash tartibi va mezonlari
№
Belgilangan ball
Baholash mezonlari
1.
4,5-5
A+, A
Rejadagi savollarning mazmuni ijodiy yondashilgan holda yoritilgan bo‘lsa, foydalanilgan adabiyotlar va ma’lumotlarga havolalar berilib, adabiyotlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan bo‘lsa va ish bo‘yicha berilgan savollarga aniq va to‘liq javob berib, o‘zining fikrini erkin bayon etsa, bunday tayyorlangan ishlarga “a’lo” baho qo‘yish mumkin.
2.
4,1-4,4
B+, B
Ish bo‘yicha berilgan savollarga aniq va to‘liq javob berib, o‘zining fikrini erkin bayon etsa, foydalanilgan adabiyotlar va ma’lumotlarga havolalar berilib, adabiyotlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan bo‘lsa va bunday tayyorlangan ishlarga “juda yaxshi” baho qo‘yish mumkin.
3.
3,5-4
C+, C
Agar rejadagi 4-5 savolning 3-4 tasiga to‘liq javob yozilgan bo‘lib, bittasiga etarlicha javob berilmagan bo‘lsa yoki barcha savollar etarli yoritilib, himoya yetarli bo‘lmasa, talabaning javob berishiga qarab “yaxshi” baho qo‘yish mumkin.
4.
3-3,4
D+
Rejadagi 4-5 ta savolning bitta yoki ikkitasining mazmuni yoritilib, qolgan savollarga etarli javob berilmagan bo‘lsa, to‘g‘ri yozilgan javoblar ham darslik va kitoblardan ko‘chirilgan, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati yo‘q, havolalar berilmagan va boshqa shu kabi imlo tavsifidagi kamchiliklar mavjud bo‘lsa va bu kamchiliklar himoyagacha tugatilsa, talabaning javobini hisobga olib, bu kabi ishlarni “juda qoniqarli” baholash mumkin.
5.
1-2,9
D
Rejadagi 4-5 ta savolning bitta yoki ikkitasining mazmuni yoritilib, qolgan savollarga etarli javob berilmagan bo‘lsa, to‘g‘ri yozilgan javoblar ham darslik va kitoblardan ko‘chirilgan, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati yo‘q, havolalar berilmagan va boshqa shu kabi imlo tavsifidagi kamchiliklar mavjud bo‘lsa va bu kamchiliklar himoyagacha tugatilsa, talaba himoya qila olmasa, bu kabi ishlarni “qoniqarli” baholash mumkin.
6.
0-0,9
FAI
Kurs ishida quyidagi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa:
reja noto‘g‘ri va umuman, qoniqarsiz tuzilgan bo‘lib, mavzuning mazmuniga mos tushmasa;
kurs ishi e’tiborsizlik bilan pala-partish bajarilsa;
javoblar, asosan, o‘quv adabiyotlaridan ko‘chirilgan bo‘lsa;
foydalanilgan adabiyotlar va ma’lumotlarga havolalar berilmagan bo‘lsa;
rejadagi savollar mohiyati biri ikkinchisidan ajratilmagan holda berilsa;
- kurs ishi talabaning o‘z husni xati bilan bajarilmagan yoki texnik jihatdan rasmiylashtirish talablariga javob bermasa.
Kurs ishini to‘g‘ri rasmiylashtirishga jiddiy e’tibor berish ham muhim hisoblanadi. CHunki kurs ishini mazmunli va etuk saviyada yozish bilan birga, uni savodli rasmiylashtirishga e’tibor berilsa, bu taqrizda alohida ko‘rsatiladi.