Kurs ishining asosiy qismida mavuning mohiyatini aks ettiruvchi nazariy fikrlar, tahlillar va ushbu mavzu bo‘yicha muammolarni bartaraf etish hamda shu sohani rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoritib berilishi kerak. Talabadan kurs ishi orqali fanda yangilik yoki yangi ilmiy qoida yaratish talab qilinmaydi. Talaba savollarni yoritish jarayonida ilmiy adabiyotlardan tushunib, foydalanganini, to‘g‘ri umumlashtirib, xulosa chiqara bilishi, nazariy qoidalarni tajriba, amaliyot bilan bog‘lay olishini namoyish qilishi kerak.
Ana shu jarayonda talabaning ishida ilmiy izlanish unsurlari yuzasidan mustaqil iqtisodiy fikrlay olish qobiliyati namoyon bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida kurs ishi yozishda talaba tomonidan o‘rganilgan barcha adabiyotlar, jurnal, gazetada berilgan maqolalar, monografiya, statistik to‘plam va boshqalar to‘la ravishda muallifining ismi-sharifi, asar yoki maqola va boshqalarning nomi, nashriyot nomi, nashr qilingan yili ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. SHuningdek, foydalanilgan adabiyotlar va statistik ma’lumotlarning yangiligi e’tiborga olinishi zarur. Kurs ishi rejasi tuzilgandan so‘ng uni bajarish muddatini aniq belgilash kerak.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 sentyabrdagi PF-6306-sonli “Eksportchi korxonalarni rag’batlantirishga oid qo’shimcha imtiyozlar to’g’risida”gi Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 sentyabrdagi PF-6318-sonli “Xizmatlar sohasini qo’llab-quvvatlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni.
3. “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-55-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. 20 dekabr 2021 yil.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 martdagi PF-5975-son “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 27 iyundagi PF-5755-sonli Farmoni.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” PF-4947-sonli Farmoni.
7……….