41
14-MAVZU: INNOVATSIYA FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH
Innovatsiya tushunchasi. Innovatsiyalarga qaratilgan investitsiyalar. Ilmiy va
innovatsiya faoliyati tushunchasi. Innovatsiya faoliyati tadbirkorlik taraqqiyotini
yuksaltirish omili sifatida. Xo‟jalik yurituvchi sub‟ektlarning innovatsiya faoliyati
zaruriyati. Innovatsiya strategiyasining mohiyati. Korxonalarda innovatsiya
strategiyasini shakllantirish.
1-topshiriq. Masalaning yechimini toping.
Korxona yangi texnologiya sotib olishga oid loyihani amalga oshirishni
rejalashtirmoqda:
- texnologiya qiymati – 10 p.b. ga teng;
- ekspluatatsiya muddati – 5 yil;
- uskunalarning eskirish qiymati oddiy amortizatsiya hisoblash usuli yordamida
aniqlanadi.
Mahsulot sotishdan tushadigan tushum prognoz ma‟lumotlarga asosan,
quyidagilarni tashkil etadi: 6,8; 7,5; 8,4; 8,0; 6,4 p.b. Mahsulot ishlab chiqarishga
ketadigan xarajatlar (amortizatsiyasiz) quyidagicha: 1-yilda 3,4 p.b. ga teng va
qolgan yillarda har yili 3 % dan ortib boradi.
Foyda solig‟i – 24 %.
Kapitalning “bahosi” – 19 % ga teng.
Korxona rahbariyati qoplanish muddati 3 yildan ortiq bo‟lmagan loyihalarni
moliyalashtirishni rejalashtirgan.
Investitsiya loyihalarini samaradorligini baholashning statistik va dinamik
usullaridan foydalanib, korxona uchun yuqorida keltirilgan loyihani amalga
oshirish maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: