Курс ишини ёзиш ва ҳимоя қилиш жараёни қуйидаги босқичлардан иборат



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/41
tarix07.01.2024
ölçüsü0,55 Mb.
#206489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
@iBooks Bot investitsiyalarni ta

Kengash raisi
 

 
 
I.Qo’ziyev 
Taqrizchilar: 
X.Imomov, 
TDIU, “Moliya va soliqlar” 
kafedrasi dotsenti, i.f.n. 

L.Zoyirov, 
TMI, “Baholash ishi va 
investitsiyalar” kafedrasi mudiri, i.f.n.

 
 



K I R I S H
Mamlakatimizda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma‟naviy hayotda tub 
o‟zgarishlar sodir bo‟lmoqda. Ayniqsa, ta‟lim sohasida olib borilayotgan izchil 
islohotlar uzluksiz ta‟lim tizimining uzviyligini takomillashtirish, yuqori malakali, 
yuksak kasbiy, ma‟naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi zamonaviy kadrlar 
tayyorlash tizimini takomillashtirishni ko‟zda tutmoqda. 
Ma‟lumki, ta‟lim jarayonini samarali tashkil qilishda amaliy 
mashg‟ulotlarni sifatli va faol tarzda o‟tkazilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
“Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” fanini bakalavriaturaning 
barcha ta‟lim yo‟nalishlarida o‟qitish ko‟zda tutilgan.
“Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” fanining asosiy maqsadi 
– 
talabalarda 
investitsiyalarning 
iqtisodiy 
mohiyati, 
investitsiyalarni 
moliyalashtirish manbalari, investitsiyalarni jalb etish, davlat investitsiya dasturini 
shakllantirish, investitsiya loyihalarini baholash bo‟yicha yo‟nalishga mos bilim, 
ko‟nikma va malaka shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga investitsiyalar, ularning turkumlanishi, 
moliyalashtirish manbalarini aniqlash, investitsiya loyihalarini samaradorilgini 
baholash, noan‟anaviy usullarni o‟rganish va tatbiq etish, investitsiyalarni 
moliyalashtirishda munosib investitsiya loyihalarini tanlab olish, loyihaning 
investitsion va moliyaviy rejasi bilan tanishtirishni, loyihaviy moliyalashtirishning 
mohiyatini, loyihani boshqarishning tashkiliy tizimini, tashkiliy modellashtirishni 
avtomatlashtirishning zamonaviy usullarini hamda loyihani amalga oshirish 
tartibini o‟rgatishdan iborat.
Milliy iqtisodiyotda tarkibiy o‟zgarishlarni amalga oshirish va iqtisodiy 
islohotlarni chuqurlashtirish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini modernizatsiya 
qilish, texnik qayta ta‟mirlash, ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni 
qo‟llash va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va shu orqali 
mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta‟minlashda “Investitsiya” fani 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shunday ekan, ushbu qo‟llanmada “Investitsiyalarni tashkil etish va 
moliyalashtirish” fani bo‟yicha amaliy mashg‟ulotni samarali tashkil etish va 
o‟tkazishni ko‟zlab, ma‟lum uslubiy taklif va tavsiyalar berish maqsad qilib 
qo‟yildi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin