6
investitsiya faoliyatiga ta‟sir etuvchi omillar to‟g‟risida;
investitsiya siyosati, uning mazmuni va iqtisodiyotni modernizatsiyalash
sharoitidagi xususiyatlari hamda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish
to‟g‟risida;
investitsiya faoliyatining qonuniy-me‟yoriy bazasi to‟g‟risida;
O‟zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi to‟g‟risida;
investitsiyalarni moliyalashtirish usullari;
investitsiyalarni byudjetdan moliyalashtirish, kreditlash, lizing, forfeyting,
investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish to‟g‟risida;
kapital qurilish va “qurilish industriya”si to‟g‟risida;
investitsiya risklari va ularni boshqarish yo‟llari to‟g‟risida ko‟nikmalarga
ega bo‟lishi kerak;
investitsiya faoliyatini tashkil etish bo‟yicha;
investitsiya faoliyatini moliyalashtirish bo‟yicha;
investitsiya dasturini shakllantirish bo‟yicha;
kapital qurilishning smeta qiymatini aniqlash bo‟yicha;
kapital quyilmalarni kreditlash bo‟yicha;
investitsiya risklarini boshqarish bo‟yicha malakalarga ega bo‟lishi kerak.
“Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtiris
H
” fani umumkasbiy fan
hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish o‟quv rejasida rejalashtirilgan
matematik va tabiiy (oliy matematika, matematik programmalashtirish, iqtisodiy
geografiya), umumkasbiy (iqtisodiy nazariya, statistika, pul, kredit va banklar,
moliyaviy menejment, soliq va soliqqa tortish, sug‟urta nazariyasi va h.,k.)
fanlaridan yetarli bilim va ko‟nikmalarga ega bo‟lishlik talab etiladi.
“Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” fanining ishlab
chiqarishdagi o‟rni aynan investitsiyalarni amalga oshirish uchun maqbul
loyihalarni tanlab olish, ularni moliyalashtirishning optimal variantlarini ishlab
chiqish, loyihani amalga oshirish bilan bog‟liq risklarni boshqarishda namoyon
bo‟ladi.
Shu bilan birgalikda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida har qanday
xo‟jalik yurituvchi sub‟ektning investitsiya resurslariga bo‟lgan ehtiyojining ortib
borishi mazkur fanning ishlab chiqarishdagi yuqori ahamiyatga ega ekanligini
belgilab beradi.
“Investitsiyalarni
tashkil etish va moliyalashtirish” fanining ilmiy va amaliy
ahamiyatini oshib borishi, o‟z navbatida bakalavriat ta‟lim yo‟nalishlarida tahsil
olayotgan talabalarni “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” fani
bo‟yicha chuqur bilim va malakaga ega bo‟lishlarida amaliy mashg‟ulot darslari
sifatini oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Shuni ham aytish lozimki, amaliy mashg‟ulotni tashkil etishning shakl va
usullari nihoyatda ko‟p. Bulardan qaysi birini tanlash va foydalanish muayyan
fanga, o‟qituvchining maqsad va vazifalariga, qolaversa uning tajriba va
mahoratiga bog‟liqdir.
Dostları ilə paylaş: