Курс ишини ёзиш ва ҳимоя қилиш жараёни қуйидаги босқичлардан иборат


“INVESTITSIYALARNI TASHKIL ETISH VA MOLIYALASHTIRISH”



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/41
tarix07.01.2024
ölçüsü0,55 Mb.
#206489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
@iBooks Bot investitsiyalarni ta

 
“INVESTITSIYALARNI TASHKIL ETISH VA MOLIYALASHTIRISH”
 
FANINI
 
O’QITISHDA
 
QO’LLANILADIGAN
 
YANGI
 
PEDAGOGIK
 
TEXNOLOGIYALAR
 
VA
 
ULARNING
 
MAZMUN-MOHIYATI
 
 
 
 
“Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” fanining amaliy 
mashg‟ulotlarida ma‟lumotlarni ko‟rgazmali taqdim etish usullari va vositalari:
Insert jadvali: mustaqil o‟qish, amaliy mashg‟ulot topshiriqlarini bajarish 
jarayonida olinadigan ma‟lumotlarni yaxlit bir tizimga keltirishga imkoniyat yaratadi; 
oldindan olingan ma‟lumotni yangisi bilan o‟zaro bog‟lash qobiliyatini 
shakllantirishga imkon beradi. 



Klaster: ma‟lumot xaritasini tuzish va barcha fikr konstitutsiyasini fokuslash va 
aniqlash uchun asosiy omil atrofida g‟oyalarni yig‟ish. 
Toifali jadval: toifa – mavjud holat va munosabatlarni aks ettiradigan belgi 
(umumiy), ajratilgan belgilarga ko‟ra olingan ma‟lumotlarni birlashtirishni 
ta‟minlaydi; tizimli mushohada qilish, ma‟lumotlarni tarkiblashtirish va 
tizimlashtirish ko‟nikmasini rivojlantiradi. 
Kontseptual jadval: o‟rganilayotgan hodisa, tushuncha, qarash, mavzu va shu 
kabilarni ikki va undan ortiq jihat bo‟yicha taqqoslash imkonini beradi. Tizimli 
mushohada qilish, ma‟lumotlarni tarkiblashtirish va tizimlashtirish ko‟nikmasini 
rivojlantiradi. 
BBB jadvali: matn (mavzu, bo‟lim) bo‟yicha tadqiqot ishlari olib borish 
imkonini beradi; tizimli mulohaza qilish, tarkibga ajratish ko‟nikmalarini beradi. 
T –jadval: bitta kontseptsiya (ma‟lumot)ning jihatlarini o‟zaro solishtiradi 
(ha/yo‟q, ha/qarshi), tanqidiy mushohadani rivojlantiradi. 
Loyihalash metodi: kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish bo‟lib, 
loyiha, ma‟lum bir hisob-kitob, chizma va boshqalarga asoslangan holda tavsiflash, 
bayon qilish shaklida mujassamlashgan g‟oya, fikr. 
“Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” fanining amaliyot 
mashg‟ulotlarida muammoni jamoali tarzda hal etishning usullari va vositalari: 
Aqliy hujum: bu uslubda qo‟yilgan savol, muammo, masalani butun guruh bilan 
birgalikda muhokama qilinadi. U talabalarni o‟quv jarayonida mashg‟ulotlarda faol 
qatnashishlarini topish va bayon qilish chog‟ida boshqalarni ham fikrini jalb qilish, 
o‟z fikrlarini aytishga yo‟naltiruvchi metoddir. 
Bahs: o‟z fikrini ifoda etishni hohlovchilar orasida biron-bir munozarali 
masalani muhokama qilish, haqiqatni aniqlash va to‟g‟ri qarorni qabul qilish. 
Muzokaralar: eshitish aniq tashkil etilgan ikki tomon fikrlari almashinuvi. 
Pinbord texnikasi: muammoni hal etish bo‟yicha g‟oyalarni tizimlashtirish va 
guruhlashtirish va yagona nuqtai nazarni ishlab chiqish imkonini beradi. 
Keys stadi: talabalarni qaror qabul qilishga o‟rgatishda muammoli vaziyat hosil 
qilib, uni echishni o‟rganish metodi. 
Shuningdek “Investitsiya” fanining amaliyot mashg‟ulotlarida kompyuter 
dasturlaridan (COMFAR – Computer Model for Feasibility Analysis and 
Reporting, PROPSPIN – PROject Profile Screening and Preappraisal Information 
system, “Project Expert”, “Alt-Invest”, “FOCCAL”, “Investor 4.1”, “TEO-
INVEST”, Micrasoft Excel, Micrasoft PowerPoint), slaydlardan, multimedia ta‟lim 
vositalaridan, INTERNET sahifalari va tizimlaridan foydalanish tavsiya etiladi. 
Talabalarga ushbu fanni o‟zlashtirishda mavjud o‟quv adabiyotlaridan
elektron darslik, testlar majmuasi va boshqa manbalardan foydalanish tavsiya 
etiladi. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin