5
maqsadga muvofiq bo’ladi. O’qituvchining vazifasi talabaning –
bo’lajak yuqori malakali mutaxassisning yaxshi tomonlarini ko’rish va
ko’paytirishdan iborat.
Amaliy mashg’ulotga ijobiy munosabatni shakllantirish va
rivojlantirish uchun har bir bosqichda ishning aniq maqsadi va qo’yilgan
vazifalari tushuntirilishi, talabalar
tomonidan ana shu maqsad va
vazifalarning anglanganligi nazorat qilinishi kerak. Bu ishlar keyinchalik
talaba tomonidan vazifalarni mustaqil tarzda bajarish hamda
maqsadlarni tanlash ko’nikma va malakalarining shakllanishiga asos
bo’ladi.
Amaliy mashg’ulotlarning teng yarmi, ya’ni bir juftlikning 50 %i
masala va mashqlarni mustaqil bajarishga sarflanishi maqsadga muvofiq
bo’ladi. Uni quyidagicha tashkillashtirish mumkin:
1. O’qituvchining kirish so’zi. (mashg’ulot maqsadi,
asosiy
masalalar)
2. Tezkor so’rov.
3. 1-2 masala yoki mashqni doska yonida bajarish.
4. Masala va topshiriqlarni mustaqil bajarish.
5. Topshiriqlarni bajarishdagi xato va kamchiliklar ustida ishlash.
(joriy mashg’ulot oxirida yoki keyingi dars boshlanishida).
Mashg’ulotlarni o’tkazishda mustaqil ishlar va topshiriqlarini katta
banki bo’lishi maqsadga muvofiqir. Ular murakkablik darajasiga ko’ra
ajratilsa yanada yaxshi bo’ladi.
Mashg’ulotlarni o’tkazishda fanning xususiyatidan kelib chiqib
quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
1. Qiyinlik darajasiga ko’ra bir xil bo’lgan bir qator topshiriqlarni
berish. Bunda muayyan vaqt oralig’ida eng ko’p mashq bajargan talaba
yuqori baho oladi.
2. Qiyinlik darajasi turlicha bo’lgan topshiriqlar beriladi. Bunda
baho topshiriq turiga qarab belgilanadi.
Amaliy mashg’ulotnitashkil etishning
shakl va usullari nihoyatda
ko’p. Bulardan qaysi birini tanlash va foydalanish muayyan fanga,
o’qituvchining maqsad va vazifalariga, qolaversa uning tajriba va
mahoratiga bog’liqdir.
Dostları ilə paylaş: