1.4.Matematika darslarida bilishning turlari va xulosa chiqarish metodlari Biz ta'lim deyilganda o’qituvchi bilan o’quvchijar orasidagi ongli va maqsadga tomon yo’naltirilgan bilishga doir faoliyatni tushunamiz. Har qanday ta'lim o’z oldiga ikkita maqsadni qp'yadi.
1) O’quvchilarga dastur asosida o’rganilishi lozim bo’lgan zarur bilimlar sistemasini berish.
2) Matematik bilimlarni berish orqali o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish.
Ta'lim jarayonidagi ana shu ikki maqsad amalga oshishi uchun o’qituvchi har bir o’rgatilayotgan tushunchani psixologik, pedagogik va didaktik qonuniyatlar asosida tushuntirishi kerak. Buning natijasida o’quvchilar ongida bilish deb ataluvchi psixologik jarayon hosil bo’ladi.
Bizga falsafa kursidan ma'lumki, bilish jarayoni «jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga demakdir». Bun-dan ko’rinadiki bilish jarayoni tafakkur qilishga bogiiq ekan. «Ta-fakkur - inson ongida ob'ektiv olamning aktiv aks etishi :demakdir» (Yu.M.Kolyagin. «Matematika o’qitish metodikasi, M., 1980 y, 57-bet).
Psixologik nuqtai nazardan qaraganda bilish jarayoni ikki xil bo’ladi:
1) Hissiy bilish (sezgi, idrok va tasawur).
Insonning hissiy bilishi uning sezgi va tasavvurlarida o’z ifodasini topadi. Inson sezgi a'zolari vositasida real dunyo bilan o’zaro aloqada bo’ladi. Bilish jarayonida sezgilar bilan birga idrok ham ishtirok etadi. Sezgilar natijasida ob'ektiv olaraning sub'ektiv obrazi hosil bo’ladi, ana shu sub'ektiv obrazning inson ongida butunicha aks etishi idrok deb ataladi.
Tashqi olamdagi narsa va hodisalar inspn miya po’stlog’ida sezish va idrok qilish orqali ma'lum bir iz qoldiradi. Oradan ma'lum bir vaqt o’tgach, ana shu izlar jadallashishi va biror narsa yoki hodisaning sub'ektiv obrazi sifatida qayta tiklanishi mumkin. Ana shu ob'ektiv olamning sub'ektiv obrazining ma'lum vaqt o’tgandan keyin qayta tiklanish jarayohi tasawur deb ataladi.
2) Mantiqiy bilish (tushuncha, hukm va xulosa).
Har qanday mantiqiy bilish hissiy bilish orqali amalga oshadi, shuning uchun ham hap bir o’i^anilayo^an matematik ob'ektdagi narsalar seziladi, abstrakt Huqtai nazardan idrok va tasawur qiliriadi, so’ngra ana shu o’rganilayotgan ob'ektdagi narsa to’g’risida ma'lum bir matematik tushuncha hosil bo’ladi.
T a ' r i f. Matematik ob'ektdagi narsalqrning asosiy xossalarini aks ettiruvchi tafakkur formasiga matematik tushuncha deyiladi. Har bir matematik tushuncha o’zining ikki tomoni, ya'ni mazmuni va hajmi bilan xarakterlanadi.
T a ' r i f. Tvshunchaning mazmuni deb, ana shu tushunchani ifodalovchi asosiy, xossalar to’ plamiga aytiladi. Masalan, to’g’ri to’rtburchak tushunchasini olaylik. To’g’ri to’rtburchak tushunchasining mazmuni quyidagi asosiy xossalar to’plamidan iboratdir:
1) To’g’ri to’rtburchak diagonali uni ikkita uchburchakka ajratadi.
2) Ichki qarama-qarshi burchaklarining yig’indisi 180° ga teng.
3) Diagonallari bir nuqtada kesishadi va shu nuqtada teng ikkiga bo’linadi.
T a ‘ r i f. Tushunchaning hajmi deb, ana shu tushunchaga kirgan barcha ob’ektlar to 'plamiga aytiladi. Masalan, to’rtburchak tushunchasining hajmi shu to’rtburchak tushunchasiga kirgan barcha to’rtburchak turlaridan, ya'ni parallelo-gramm, kvadrat, romb va trapetsiyadan iborat bo’Iadi. Bundan to’rt-burchak cushunchasining hajmi tomonlari uzunliklarining kattaligi turlicha bo’lgan barcha katta-kichik to’rtburchaklar tashkil qilishi ko’rinadi.
Bizga hajm jihatidan keng va mazmun jihatidan tor bo’lgan tushunchani jins tushunchasi, aksincha esa hajmi tor va mazmuni keng bo’lgan tushunchani tur tushunchasi deb yuritilishi psixclogiya fanidan ma'lum.
1 - m i s o 1. Akslantirish tushunchasini olaylik. Bu tushun-chadan ikkita, ya'ni qaytuvchi va qaytmaydigan akslantirish tushun-chalari kelib chiqadi. Bu yerda akslantirish tushunchasi qaytuvchi va qaytmaydigan akslantirish tushunchalariga hisbatan jins tushunchasi, qaytuvchi va qaytmaydigan akslantirislilar esa akslantirish tushunchasiga nisbatan tur tushunchalari bb'ladi. Bu mulohazalardan jins tushunchasi tur tushunchalariga iiisbatan hajm jihatidan keng va mazmun jihatidan tor tushuncha ekani ko’rinadi.
2 - m i s o 1. Ko’pburchak tushnhchasini olaylik Bu tushunchadan ikkita qavariq va botiq ko’pburchak tushunchalari kelib chiqadi. Ko’pburchak tushunchasi bil tushunchalariga nisbatan jins tushunchasi deb yuritiladi, chunki uning hajmi qabariq va botiq ko’pburchaklar hajmlaridan kattadir. qabariq va botiq ko’pburchaklar esa ko’pburchak tushunchasiga nisbatan tur tushunchalari deb yuritiladi, chunki ulardan hap birining hajmi ko’pburchak tushun-chasining hajmidan kichik, ammo mazmunlari ko’pburchak fushunchasining mazmunidan katta.