Kurs ishining tarkibi va hajmi


Joriy etilgan xavf esa hujum deb ataladi



Yüklə 391,11 Kb.
səhifə10/19
tarix27.12.2023
ölçüsü391,11 Kb.
#199772
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
3. KTT Kurs ishi namuna 2023

Joriy etilgan xavf esa hujum deb ataladi.
Tavakkalchilik – bu muvaffaqiyatli o‘tkazilgan hujum natijasida axborot resurs egasi ko‘rishi mumkin bo‘lgan ziyon qiymatining ehtimolini baholashdir. Agarda mavjut xavsizlik tizimi sust bo‘lsa va hujumning joriy etilish ehtimoli ham shunchalik katta bo‘ladi va tavakkalchilikning qiymati ham ko‘p bo‘ladi.
Xavflarni ikki turga bo‘lish mumkin ongsiz va ongli. Ongsiz xavf alohida olingan xizmatchilarning malakasiz hatti harakati tufayli va shuningdek tizimning dasturiy va apparat vositalarining ishonchsiz ishlashining natijasida hosil bo‘lishidir. Masalan, diskning, disk kontrollerining yoki fayl severining butkul buzilishi natijasida korxonaning ishlashi uchun juda kerak bo‘lgan axborotlarga ega bo‘la olmay qolish mumkin. Ongli xavf diskdan axborotlarni sust o‘qish yoki tizimni monitoring qilish bilan cheklanadi , yoki faol harakatlarni o‘z ichiga oladi, masalan, tarmoq kompyuterlaridan biriga qonuniy foydalanuvchi ko‘rinishida qonunga xilof ravishda kirish, tizimni virus-dasturlar yordamida buzish yoki tarmoqning ichki trafigini “eshitish”.
Tarmoqqa qonunga xilof ravishda kirishning usullaridan biri mo‘ralash orqali, parollar faylini shifrdan chiqarish orqali, parollarni tanlash orqali olingan yoki tarmoq trafigini tahlillash orqali olingan “begona“ parollarni ishlatish. Ayniqsa buzg‘unchini axborotdan foydalanishga katta imkoniyatlar berilgan foydalanuvchining nomidan kirishi juda ham xavflidir, masalan, tarmoq maʻmuri nomidan. Bu kabi xavflar tarmoqdan qonuniy foydalanuvchilar orasida ham bo‘lishi mumkin, o‘z mansabiga berilgan imkoniyatdan ortig‘ini amalga oshirishga urinish orqali. Statistik ma’lumotlarga asosan aytish mumkunki, tizim xavfsizligini buzishga bo‘lgan urinishlarning barchasini deyarli yarmi shu korxona xizmatchilari tomonidan amalga oshirilar ekan.
Buzg‘unchi parollarni tanlashni maxsus dasturlar yordamida amalga oshiradi, unda ko‘p so‘zlar to‘plami bo‘lgan qandaydir fayldan so‘zlarni tanlash orqali amalga oshiriladi. Fayl lug‘atning tarkibi insonning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan bo‘ladi, masalan, inson parol sifatida oson esda qoluvchi so‘zlarni yoki harf birikmalarini tanlaydi.
Parolni olishning yana bir usuli – begona kompyuterga troya otini joriy etishdan iborat. Kompyuter egasining ixtiyoridan tashqari ishlovchi va buzg‘unchining vazifasini bajaruvchi dasturni troya oti deb ataladi. Xususan bu turdagi dastur foydalanuvchi tomonidan tizimga mantiqiy kirish vaqtida kiritgan parol kodlarini o‘qishi mumkun.
Troyali ot dasturini har doim biror bir foydali utilit yoki o‘yin bilan niqoblanadi, lekin u tizimni buzish harakatini amalga oshiradi. Xuddi shu tamoyilda virus-dasturlar ham harakat qiladi, ularning farq qiluvchi tomoni esa boshqa fayllarga ham “yuqtirish” xususiyatidir, yaʻni boshqa fayllarga o‘z nusxalarini joriy etishidir. Ko‘pincha viruslar ishlatilayotgan fayllarni jarohatlantiradilar. Qachonki bunday bajariladigan kod operativ xotiraga bajarilish uchun yuklanganda, u bilan birga virus o‘zining buzg‘unchilik ishini bajarish uchun imkoniyat tug‘iladi. Viruslar axborotni jarohatlanishiga yoki butunlay yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishi mumkin.
Tarmoqning ichki trafigini “eshitish” – bu tarmoqni qonunga xilof ravishda monitoring qilish bo‘lib, tarmoq xabarlarini egallab olish va tahlillash. Trafikni ko‘p apparat va dasturiy tahlillovilari mavjud. Ommaviy tarmoqlardan foydalanish (gap Internet haqida bormoqda) holatni yaʻna ham jiddiylashtiradi. Haqiqatdan, Internetda ishlash aloqa yo‘llaridan uzatilayotgan xabarlarni qonunga xilof ravishda olish ehtimolini qo‘shadi, tarmoq tuguniga ruxsat etilmagan kirish xavfini tug‘diradi, chunki Internetdagi juda ko‘p xakerlarning mavjudligi qonunga xilof ravishda kompyuterga kirishga urinish ehtimolini oshiradi. Bu Internetga ulangan tarmoqlar uchun doimiy xavf bo‘ladi.
Internetning o‘zi turli buzg‘unchilar uchun maqsad va nishon bo‘lib qoladi. Chunki Internetni axborotlar bilan erkin almashish uchun ochiq tizim qilib yaratilgan, amaliy jihatidan barcha TCP/IP protokol steklarida himoya qilishni “tug‘ma” kamchiligi mavjud. Bu kamchiliklardan foydalangan buzg‘unchilar Internet tugunlarida saqlanayotgan axborotga tobora ko‘p ruxsat etilmagan ega bo‘lishga urinmoqdalar.
Xavfsiz tarmoqni qurish va quvvatlash tizimli yondashishni talab etadi. Bu yondashishga mos ravishda, avvalam bor, aniq tarmoq uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflarning barchasini anglab yetish kerak va bu xavflarning har biri uchun bartaraf etish siyosatini ishlab chiqish kerak. Bu kurashda turli tuman ko‘p qirrali vosita va usullarni ishlatish mumkin va kerak albatta – taʻlim-tarbiya, manaviy-etik va qonuniy, maʻmuriy va psixologik, tarmoqning apparat va dasturiy vositalarning himoya imkoniyatlarini.



Yüklə 391,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin