3. TARMOQ XAVFSIZLIGI 3.1. Kompyuterning xavfsizligi va tarmoqning xavfsizligi Kompyuterning xavfsizligiga alohida tizim sifatida ko‘riladigan kompyuterda ishlov beriladigan va saqlanadigan axborotlarni himoyalashning barcha muammolari kiradi. Bu muammolar operatsion tizim vositalari va ilovalar yordamida hal qilinadi, ularga axborotlar bazasi va shuningdek kompyuterga joylashtirilgan apparat vositalar kiradi. Tarmoq xavfsizligi deganda tarmoqda muloqoti orqali bog‘langan qurilmalardagi barcha masalalar tushiniladi, ularga avvalam bor, aloqa yo‘llaridan uzatish vaqtidagi axborotlarni himoyalash va tarmoqqa ruxsat etilmagan masofaviy ega bo‘lish. Ko‘pincha kompyuter va tarmoq xavfsizligi muammosini bir- biridan ajratib bo‘lmasa ham, ular bir-biriga shunchalik zich bog‘langan bo‘lsa ham tarmoq xavsizligining o‘z xususiyatlari ko‘rinib turibdi.
Alohida olingan kompyuterni tashqi suyiqastlardan turli usullar bilan samarali himoyalash mumkun, masalan, klaviaturani qulflab qo‘yish yoki qattiq diskni olib seyfga qo‘yib ketish. Tarmoq tarkibida ishlayotgan kompyuterni esa dunyodan to‘liq yakkalab qo‘ya olmaymiz, u boshqa komyuterlar bilan balki undan ancha katta masofada bo‘lgan muloqotda bo‘lishi kerak, shuning uchun tarmoq xavfsizligini ta’minlash ancha qiyin masalalardan hisoblanadi. Agarda siz tarmoqda ishlayotgan bo‘lsangiz, sizning kompyuteringizga begona foydalanuvchining mantiqiy jihatidan kirishi oddiy holdir. Bunday holda xavfsizlikni ta’minlash bu tashrif buyurishni nazoratga olishga olib kelishdan iborat bo‘ladi – tarmoq foydalanuvchisining har biri uchun uning axborotga ega bo‘lish, tashqi qurilmalarga va tarmoqdagi kompyuterlarning har biri bilan tizimli hatti-harakatlarni amalga oshirish uchun xuquqi aniqlangan bo‘lishi kerak.
Tarmoq kompyuterlariga masofaviy kirishdan hosil bo‘ladigan muammolardan tashqari, tarmoqlar o‘z tabiatiga ko‘ra xavfning yana bir ko‘rinishiga duch keladi - bu tarmoq bo‘yicha uzatiladigan axborotlarni begonalar olishi va uni tahlil qilish hamda shuningdek “yolg‘on” trafik hosil qilish mumkinligi. Xavfsizlikni taminlashdagi mablag‘larni katta qisimini aynan shu turdagi tartib buzarliklarga sarf qilinadi.
Hozirgi vaqtda korporativ tarmoqlarni qurishda ajratilgan kanallardan foydalanishdan ommaviy tarmoqlardan (Internet, pravayderlar tarmog‘i) foydalanishga o‘tilayotgan davrda tarmoq xavfsizlik masalalari alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Ommaviy tarmoq xizmatlarini havola etuvchilari o‘z magistrallaridan o‘tayotgan foydalanuvchilarning axborotlarini himoyalashni hozircha kam taʻminlamoqdalar, yaʻni sir saqlashni, butunlikni va ega bo‘lish kabi tashvishlarni foydalanuvchining zimmasiga yuklaganlar.