Kurs ishlarini tashkil etish


III. KURS ISHINI BAHOLASH TARTIBI



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/31
tarix11.11.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#68528
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
hozirgi o`zbek adabiy tilidan kurs ishlarini tashkil etish (uslubiy ko`rsatma) (d. lutfullayeva, m. saparniyozova)

19
III. KURS ISHINI BAHOLASH TARTIBI
Kurs ishlari O ’zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil 
13-dekabrdagi 470-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligida 2013- yil 13-dekabrda № 981-2-son raqami bilan ro'yxatdan 
o'tgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini baholashning reyting tizimi 
to‘g‘risida Nizom”ga ko'ra 100 ballik tizim orqali baholanadi.
Reyting nizomiga muvofiq ballar taqsimoti quyidagicha belgilanadi:
8 6 - 100 ball - “a ’lo”
7 1 -8 5 ball - “yaxshi”
5 5 - 7 0 - “qoniqarli”
0 - 5 4 ball - “qoniqarsiz”.
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan yozilgan kurs ishlarini baholashda 
talabaning kurs ishini yozish va himoya qilishga qo'yilgan talablarga qay darajada 
amal qilganligi muhimdir.
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan kurs ishlarini yozish va himoya qilishga 
quyidagi talablami qo'yish maqsadga muvofiq:
1. Kurs ishi mavzusining dolzarbligini ochib berish, mavzuning tadqiq 
darajasini belgilash va unga xolisona tanqidiy munosabat bildirish.
2. Kurs ishining maqsad va vazifalarini to‘g‘ri belgilash.
3. Kurs ishi mavzusi yuzasidan mustaqil mushohada yuritish, mavzuni 
atoroflicha va izchil yorita bilish.
4. Kurs ishi mavzusini yoritishda til hodisalarini o‘zaro aloqa-bog‘lanishda 
tahlil etish, til hodisalarining o'xshash va farqli jihatlariga aniqlik kiritish.
5. Kurs ishi mavzusini yoritishda masalaga oid 
daliliy misollami to‘g‘ri 
tanlash, ulami tahlil etish asosida nazariy xulosalar chiqara bilish.
6. Kurs ishi mavzusini yoritishda nazariy bilimlami amaliyot bilan bogiash.
7. Kurs ishi mavzusi yuzasidan umumlashma xulosalar chiqarish.
8. Kurs ishi mavzusini ochiq himoya qilish.
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan kurs ishini yozish va himoya qilishga 
qo'yilgan bu talablar asosida uni baholashning quyidagi mezonini tavsiya etish 
mumkin:


KURS ISHINI BAHOLASH M EZONI
20

K urs ishiga qo‘yilgan talab lar
K urs ishini 
baholash 
ballari
1.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi, o'rganilganlik darajasini 
aniqlash.
5 ball
2.
Kurs ishining maqsad va vazifalarini, tadqiq usullarini to‘g ‘ri 
belgilash.
5 ball
3.
Kurs ishi mavzusiga oid daliliy materiallarni to ‘plash, mavjud 
ilmiy manbalami tahlil qilish va ularga munosabat bildira olish.
15 ball
4.
Kurs ishi mavzusi yuzasidan talabaning o ‘z nuqtayi nazarini 
haqqoniy aks ettira olishi, ko'tarilgan muammoni hal etishga 
ijodiy yondashuvi.
15 ball
5.
Kurs ishi mavzusini yozma madaniy nutq talablari asosida chuqur 
ilmiy mushohada bilan izchillikida yoritib berish.
25 ball
6.
Kurs ishi mavzusida ko'rarilgan muammo yuzasidan umumlashma 
ilmiy-nazariy xulosalar chiqara olish.
15 ball
7.
Kurs ishini rasmiylashtirish va ochiq himoya qilsh. Kurs ishi 
himoyasida talabaning mavzuni ilmiy nutq malakasi asosida izchil 
yorita 
berish 
mahorati, 
himoya 
vaqtida 
uning 
axborot 
texnologiyalaridan to'giri va samarali foydalanganlik darajasi.
20 ball
Jami:
100 ball


21
IV. 
“H O ZIR G I 0 ‘ZBEK ADABIY T IL I” FANIDAN AYRIM 
MAVZULAR BO ’YICHA KURS ISHINI YOZISHGA DOIR 
K O ’RSATMALAR
4.1. 
“Analitik va sintetik usulda yasalgan fe’llar sinonimiyasi (S.Ahmad 
asarlari raisolida)” mavzusidagi kurs ishini yozishga doir uslubiy ko‘rsatm alar
“Analitik va sintetik usulda yasalgan fe’llar sinonimiyasi (S.Ahmad asarlari 
misolida)” mavzusidagi kurs ishini yozishda quyidagi vazifalami bajarish maqsadga 
muvofiq:
1. “Analitik va sintetik usulda yasalgan fe’llar sinonimiyasi (S.Ahmad asarlari 
misolida)” mavzusiga bag‘ishlangan kurs ishining maqsadini belgilash, bajarishi 
ko'zda tutiladigan vazifalarga aniqlik kiritish, mavzuning tadqiq yo'nalishini 
belgilash.
2. “Analitik va sintetik usulda yasalgan fe’llar sinonimiyasi (S.Ahmad asarlari 
misolida)” 
mavzusining dolzarbligini belgilash, mavzuning tadqiq darajasini 
o'rganish va unga munosabat bildirsh. Mavzu yuzasidan o'zbek tilshunosligida 
amalga oshirilgan ilmiy - tadqiqot ishlarini tahlil qilish va umumlashma xulosalar 
chiqarish.
3. “Analitik va sintetik usulda yasalgan fe’llar sinonimiyasi (S.Ahmad asarlari 
misolida)” mavzusidagi kurs ishini yoritishda masalaga oid daliliy misollami tanlash 
va ulami tahlil qilish. Misollar tahlili asosida nazariy xulosalar chiqarish.
4. “Analitik va sintetik usulda yasalgan fe’llar sinonimiyasi (S.Ahmad asarlari 
misolida)” 
mavzusidagi kurs ishini yozishda sistem tilshunoslikning tavsiflash, 
qiyoslash, zidlash, umumlashtirish, komponent tahlil usullaridan foydalanish.
5. Kurs ishi mavzusini ilmiy uslubda adabiy tilning orfografik, punktuatsion, 
uslubiy m e’yorlariga rioya qilgan holda bayon etish. Mavzu bayonida bo‘lim (bob), 
bandlar izchilligiga, daliliy misollar aniqligiga rioya qilish.


22
“A nalitik va sintetik usulda yasalgan fe’llar sinonimiyasi (S.Ahmad 
asarlari misolida)” mavzusidagi kurs ishini quyidagi reja asosida yozish tavsiya
etiladi:
KURS ISHI REJASI
K urs ishining um um iy tavsifi.
Kirish.
O’zbek tilshunosligida yasama fe’llar tadqiqi.
I. -la affiksli yasam a fe’llarning o‘zbek tilidagi m avqei masalasi.
1.1. -la afflksining ma’no va vazifalari.
1.2. -la afflksi so‘z yasovchi sifatida.
1.3. -la affiksi shakl hosil qiluvchi sifatida.
II. -la affiksli yasam a fe’llarning analitik fe’lla r bilan sinonimiyasi.
2.1. Sintetik va analitik fe’llar sinonimiyasining o'zbek tilshunosligidagi talqini.
2.2. Qilmoq (etmoq, aylamoq) fe’llari bilan yasalgan qo'shma fe’llar va -la 
affiksli fe’l yasalmalar sinonimiyasi.
Umumiy xulosalar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro ‘yxati.
K u rs ishining um um iy tavsifida “Analitik va sintetik usulda yasalgan fe’llar 
sinonimiyasi” mavzusining dolzarblik darajasi belgilanadi, o‘rganilganlik darajasi, 
maqsad va vazifalari, tekshirish obyekti va metodi, 
ilmiy yangiligi, tadqiqot 
natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, kurs ishining tuzilishi va hajmi to ‘g‘risida 
umumiy m a’lumot beriladi.
Kurs ishining K irish qismida “O ’zbek tilshunosligida yasama fe’llar tadqiqi” 
masalasiga munosabat bildirish lozim boiadi.
Ma’lumki, o'zbek tilshunosligida fe’llaming yasalishi masalasi yuzasidan bir 
qator tadqiqotlar o‘tkazilgan. Xususan, akademik A.Hojiyevning “O ’zbek tili so‘z 
yasalishi tizimi” nomli kitobida (- Toshkent: O ’qituvchi, 2007. - 167 b.) so‘z 
turkumlaridan ot, sifat, ravish va fe’l yasalishi xususida qimmatli m a’lumotlar 
berilgan.
F e i yasalishi masalasiga oid nazariy qarashlar A.G‘ulomovning “F e’l” nomli 
kitobida (-Toshkent. Fan, 1954. - 88 b.) ham ma’lumotlar mavjud. Shuningdek, fe’l 
yasalishi bilan bog‘liq masalalar darslik va o‘quv qo'llanmalaridan ham o‘rin olgan.
Talaba kurs ishining bu qismida mavjud adabiyotlami sinchiklab 
0‘rganish. 
ulami tahlil qilish asosida o‘zbek tilshunosligida fe’l yasalmalar tadqiqi bo'yicha o'? 
xulosalarini bayon qiladi.


23

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin