Juft momentining qutb tanlanishiga bog’liq emasligidan ixtiyoriy markazga nisbatan alohida kuchlarning momentlari yig'indisini hisoblab ishonch hosil qilish mumkin.
Tekislikda nuqtaga nisbatan kuch momenti – kuch moduli va uning yelkasi ko’paytmasining jism kuch ta’sirida soat strelkasiga teskari aylansa + (plyus), aks holda - (minus) ishora bilan olingan qiymatiga aytiladi.
Kuch yelkasi– nuqtadan kuch ta’sir chizig'iga tushirilgan perpendikulyarning uzunlgi.
Juft kuch – parallel to’g’ri chiziqlarda yotuvchi qarama-qarshi yo’nalgan modul jihatdan teng ikkita kuch.
Juft kuchni soddalashtirish mumkin emas (bitta kuch bilan almashtirib bo’lmaydi) hamda yangi mexanik ta’sirni ifodalovchi kuch xarakteristikasini ifodalaydi.
Tekislikda juft kuchning momenti-(juft kuchning momenti haqidagi teorema) – keltirish markazi (qutb) ning tanlanishiga bog’liq bo’lmay, juftni tashkil etuvchi kuchlardan birini juft yelkasiga ko’paytmasining tekislikda aylanish soat strelkasiga teskari yo’nalishda bo’lganda + (plyus), aks holda – (minus) ishora bilan olingan qiymatiga aytiladi.
Juft kuchning yelkasi– juftni tashkil etuvchi kuchlardan birining ta’sir chizig'idagi istalgan nuqtadan ikkinchi kuchning ta’sir chizig'iga tushirilgan perpendikulyar uzunligi.