2. Juft kuchlarning ekvivalentligi haqida – Juft kuchni algebraik momenti bir xil bo’lgan boshqa juft kuch bilan almashtirish mumkin. Jismning kinematik holati o’zgarmaydi.
3. Tekislikda juft kuchlarni qo’shish haqida – Juft kuchlar sistemasini momenti berilgan juft kuchlarning algebraik momentlari yig'indisiga teng bo’lgan juft kuch bilan almashtirish mumkin. Jismning kinematik holati o’zgarmaydi.
4. Juft kuchlar sistemasining muvozanat sharti– Tekislikda joylashgan juft kuchlar sistemasi muvozanatda bo’lishi uchun juft kuchlarning algebraik momentlarining yig’indisi nolga teng bo’lishi zarur va yetarli, ya’ni
Tekis plitaga miqdorlari F = F’ = 8 N va Q = Q1=5 N ga teng bo’lgan juft kuchlar ta’sir etadi. Agar masofalar AB = 0,25 m, CD = 0,20 m va burchaklari α = 600 , β = 700 bo’lsa, juft kuchlar momentini toping.
12
Sinov savollari:
1. Nuqtaga nisbatan kuch momenti deb nimaga aytiladi?
2. Kuch yelkasi deb nimaga aytiladi?
3. Juft kuchlar deb nimaga aytiladi?
4. Tekislikda juft kuchlar momenti deganda nimani tushunasiz?
5. Juft kuchlar yelkasi nima degani?
6. Juft kuchlar haqidagi teoremalarni ayting.
7. Juft kuchlar sistemasining muvozanat shartini ayting.