Mahsulot xisobi.
Rafinatsiya uchun zarur bo‘lgan ishkorning nazariy miqdori kislota soniga asosan quyidagi formula bilan topiladi:
I n = Q· 0,714 · k.s., kg;
Bu yerda Q – yog‘ miqdori
Yoki:
I n =0,714 · k.s. kg/t;
Bu yerda 0,714 – KON miqdorini NaON ga o‘tkazish koeffitsenti bo‘lib, u molekulyar og‘irliklar nisbati
56\40= 0,714 ga teng.[ 11. 81- bet ]
Biroq, yog‘ni to‘liq neytralizatsiya qilish uchun ishqorning nazariy
miqdori yetarli emas, chunki ishqorning bir qismi neytral yog‘ni sovunlanishi
uchun sarflanadi.
Ishqor yana paxta moyidagi gossipol bilan reaksiyaga kirishib, gossipolyat natriyni hosil qiladi. Gossipolyatlar suvda yaxshi eriydi va moydan osonlik bilan ajralib soapstokka o‘tadi.Ishqor eritmasining ma’lum miqdori soapstok bilan birgalikda chiqib ketadi. Ishqor miqdorining yetishmasligidan nordon sovun hosil bo‘ladi.
RCOOH + RCOONa= RCOOH · RCOONa
Shuning uchun ham ishqorni ortiqcha miqdorda olinadi. Ishqorning ortiqcha miqdori rafinatsiyalangan yog‘ning tabiati va sifatiga bog‘liq. Och rangli yog‘lar uchun ishqorning ortiqcha miqdori 5-50% bo‘lsa, to‘q rangli va rafinatsiyalanadigan yog‘lar uchun esa 200-300%ni tashkil qiladi. Ishqor konsentratsiyasi esa yog‘ning turi va sifatiga bog‘liq holda 10 dan 100 g/l gacha
olinadi. Ortiqcha ishqor miqdori quyidagi formula bilan topiladi:
Щи= Щт* У\100 kg/t,
bu yerda U – ortiqcha ishqor miqdori, %
Neytralizatsiya uchun ketadigan ishqorning umumiy sarfi quyidagiga teng bo‘ladi:
Щ o =Щ t + Щ i kg/t
Ishqor eritmasini tayyorlash zavodga natriy gidroksidi (NaOH) konsentrlangan eritma (42-45%) yoki qattiq holda (92%li) 200-400 kg li temir barabanlarda olib qilinadi.Kerakli konsentratsiyadagi ishchi eritmalarini tayyorlash uchun konsentrlangan ishqor eritmasiga suv qo‘shiladi.Ishqorning ishchi eritmasini tayyorlash uchun ketadigan suv miqdori:
V=V 2 – V 1[ 10. 83- bet ]
Kerakli konsentratsiyadagi ishchi eritmalarini tayyorlash uchun konsentrlangan ishqor eritmasiga suv qo‘shiladi.Konsentrlangan eritma sarfi quyidagicha bo‘ladi: og‘irlikka nisbatdan
Q= Що * p\ a , kg/t
bu yerda r – konsertrlangan eritma zichligi. kg/l;
a – konsentrlangan eritma konsentratsiyasi, kg/l.
Hajmga nisbatan:
V = Що\a, l/t
Ishchi eritmasi sarfi esa:
Og‘irlikka nisbatan
Q= Що * p1\a1 , kg/t
Hajmga nisbatan:
V2 = Що \ a1 , l/t
bu yerda ρ 1 - ishchi eritmasi zichligi kg/l;
a 1 - ishchi eritmasi konsentratsiyasi;
- ishchi eritmasi zichligi, kg/l [ 10. 84 – bet ]
Dostları ilə paylaş: |