Xom ashyo tasnifi
Chigit yetarlicha yuqori sifatga ega , yani oqsil va moyga boy bo’lsada bugungi kunda O’zbekistonda qishloq xo’jaligiga keng tadbiq etilmagan. Uning turli navlarifa 57 % gacha parxez oqsil yengil xazm bo’luvchi to’yinmagan moy va 30% gacha karbon suvlari mavjud , ularda biologic faol moddalar vitaminlar A1, B1, B2, B3, C , D, E , K va boshqa mikrounsurlar mavjud. Chigit moyida t’yinmagan moy kislotalar 84-90 % ni , polito’yinmaganlari esa 6-22 % ni , tashkil etadi , karbon suvlar deyarli to’liq eruvchan qandlardan iborat. Aminokislotalar tarkibi bo’yicha so’ya oqsili sut tuxum va go’sht oqsiliga yaqindir.
O’zbekistonda chigit oziq ovqat va chorva mollarini oziqlantirish , moy , va qandolat mahsulotlarini oziqlantirish , ishlab chiqarish uchun qo’llaniladi. Maxalliy axoli orasida ushbu o’simlikni ishlab chiqarish yildan-yilga takomillashib bormoqda.
Chigit donida ko’p moqdorda kaliy , kalsiy, magniy kabi mineral moddalar mavjud.
Chigit moyi bu yuqori to’yimli ozuqa , xazm bo’ladigan moyning to’yimliligi 9290 kkal ga teng. Chigit moyida karbon suvlar 35 % gacha bo’lishi mumkin . Chigit moyi ajratib olingan yormasida erimaydiga karbon suvlarining miqdori 17 % gacha eriydigani 21 % ni tashkil etadi. Paxta issiqsevar o’simlik. Harorat 14 C dan pasaysa don to’lish jarayoni ham paslaydi. Chigitdan ishlab chiqariluvchi asosiy mahsulotlar. Bu chigit moyidir. Chigit sho’rxa, kunjara, sovun, va boshqa o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Moyi esa oziq – ovqat tayyorlashda ishlatiladi. Ko’pgina olimlar va ishlab chiqaruvchilar “ Chigit- oziq – ovqat, yem – hashak, va kelajak” deyishadi. Chigit yordamida to’la qimmatli o’simlik oqsili ishlab chiqarish muammosi hal etiladi . Chigit yetishtirish quyidagi maqsadlarni o’z ichiga oladi :
- Inson ozuqasini yaxshilash;
- Chorva mahsuldorligini oshirish;
- Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish :
Chigit oqsilining biologik qiymati 95 Ed ni tashkil etadi. Chigit moyining qimmati shundaki , uning tarkibida fosfotidlar ( letsitin, nefalin singari ) vitaminlar va karotinoidlar mavjud. Qadim zamonlardan buyon o‘simlik moyi uchun xom ashyo – zig‘ir, nasha o‘simligi vapaxta chigiti moyi ishlab chiqarish bo‘yicha 1- o‘rinni egallib kelgan. Kungaboqar Yevropaga Janubiy Amerika va Meksikadan keltirilgan. XVI-asr boshlarida Ispaniya o‘zlashtirgan, keyinchalik Sharqda tarqala boshlagan. Moy olish uchun kungaboqarni Rossiyada yetishtirish 1829 yilga to‘g‘ri keladi.
Turkiston o‘lkasi paxtachilik sohasida qadim zamonlardan buyon dunyoga mashhur. Iqlim, yer va suv sharoitlarning qulayligi sababli paxtadan mo‘l hosil olib kelingan. Dehqonlar paxtaning bir qismini shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun ip, bo‘z, gazlama tayyorlashga olib qolib, ko‘p qismini savdogarlarga sotganlar. O‘lkada paxta tozalash korxonalari bo‘lmaganligi sababli paxta chigiti bilan birga chet elga chiqarilib yuborilgan. Faqat qismangina chigit qovun, tarvuz urug‘lari, kunjut, zig‘ir va meva danaklari bilan aralashtirilib, yog‘ olish uchun moy-juvozlarda ishlatilgan xalos. Bunday moyni zig‘ir yog‘i deb ataganlar. CHigit to tola ajratish mashinasi – Djin ixtiro qilinmaguncha moy olish uchun asosiy xom ashyo sifatida ishlatilmagan. Djin mashinasi yordamida paxta tolasini chigitidan ajratib olish qo‘llanila boshlangandan so‘ng, chigit ko‘payib ketgach, uni sanoat miqyosida qayta ishlash zaruriyati tug‘ildi. Zavodlarda bir necha yuz mingtonna paxta chigitdan ajratila boshlangach, chigitlar «chiqindi» tariqasida paxta zavodi joylashgan shahar xududlari va temir yo‘l yoqalarini ifloslantirib yubordi. Bunga qarshi mahalliy xukumat tomonidan, sog‘liqni saqlash me’yorlarini buzmaslik uchun, chigitlarni yo‘qotish to‘g‘risida bir necha farmonlar chiqarildi. «CHigit balosi» dan qutilish eng zarur ishlardan biri hisoblanganligi uchun, uning mumkin qadar foydali tomonlarini qidira boshladilar.XIX asrning ikkinchi yarimida O‘rta Osiyoda yog‘ zavodi qurish zaruriyati paydo bo‘ldi. 1883 yilda Laxtin, Sagatelev va boshqalar Qo‘qonda yog‘ zavodiqurdilar. Ammo ularning bu sohada qilgan xarakatlari, mahalliy xalq paxta moyiniiste’mol qilmagani va uni boshqa maqsadlarda ishlata olmaganligi uchun, deyarli natija bermadi. Xorvat va Yugovich 1893 yilda Kattaqo‘rg‘onda yog‘ zavodi qurib, 1896 yilda o‘z mahsulotlaridan bir necha bidon moyni Moskvaga jo‘natdilar. Keyingi yil shu zavodda ishlab chiqarilgan bir vagon moy Moskvaga yuborildi. Buni ko‘rgan kapitalistlar yog‘ zavodlari qurish ishini jadallashtirib yubordilar. Sekin-asta paxta moyini iste’mol qilishga o‘rgana boshlagan yerli xalq ham sanoatning rivojlanishiga sababchi bo‘ldi. Tez orada paxta tozalash zavodlari yonida 1-2 pressli kichik yog‘ zavodlari qurila boshlandi. 1917-1918 yillarda butun O‘rta Osiyoda 150 ta pressga ega bo‘lgan 40dan ortiq yog‘ zavodi qurilib, bulardan 19 ta zavod (105 press) Farg‘ona vodiysida joylashgan edi. O‘zbekistonda asosan 1924 yildan boshlab yog‘-moy sanoati o‘sa boshladi. Eski uskunalar yangi uskuna va jihozlar bilan, eski texnologik rejimlar esa ilmiy ravishda asoslangan rejimlar bilan almashtirila boshlandi. Chigitlarni namlash, avtomatik tarozilar o‘rnatish, chigit tozalaydigan yangi mashinalar, guller, separator, valsovka va mexanik ravishda ishlaydigan kunjara qirquvchi mashinalar o‘rnatish ishlari avj olib ketdi. Shu bilan birga yangi yog‘ zavodlari qurilish ishlari ham boshlab yuborildi. 1920 yilda Yangiyo‘l yog‘ zavodi qurildi. 1930 yilda Farg‘ona shahrida 24 gidropressli yog‘ zavodi ishga tushirildi.
«Effektiv oyl» xorijiy korxonasida meva danaklari va sabzavot urug‘laridan moy ishlab chiqaradigan maxsus zavod ishlaydi. Bu zavodda 15 nomdagi meva danagi moylari (o‘rik, shaftoli, pomidor, uzum va boshq.) ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. Toshkent yog‘-moy kombinatida margarin mahsulotlari va mayonez, tar- moqdagi 10 ta korxona, jumladan, Farg‘ona, Yangiyo‘l, Andijon, Urganch, Kattaqo‘rgon va boshqa yog‘-moy hissadorlik jamiyat- larida xo‘jalik sovuni ishlab chiqariladi. Farg‘ona yog‘-moy HJda turli kichik o‘lchamdagi atirsovunlar ishlab chiqariladi.
Respublikamiz iqtisodiy mustaqilligining bugungi bosqichida korxonalarda o‘rnatilgan jihozlardan ehtiyotkorlik bilan foyda- lanish, ularni ishlatish muddatini uzaytirish uchun profilaktika ishlari va ta’mirlashni amalga oshirish lozim. Rafinatsiya - moy va yog‘lar tarkibidagi glitseridlarga hamrox bo‘lgan moddalardan tozalash jarayondir. Rafinatsiya turli fizikaviy va kimyoviy jarayonlarining murakkab kompleksidir. Ularni qo‘llash moy va yog‘lardan hamrox moddalarni ajratib olishga imkon beradi. Bu jarayoning xarakteri, moyning tabiati vaoqlangan moy sifati bilan aniqlanadi. Rafinatsiya usulini shunday tanlash kerakki, bunda moyning uchglitserid qismi o‘zgarishsiz qolsin va moydan maksimal miqdorda qimmatli hamroh moddalar ajralib chiqsin. Bunday moddalarga fosfatidlar, erkin yog‘ kislotalari, mumsimon moddalar kiradi. Ulardan xalq xo‘jaligida oziq-ovqat va texnik maqsadlarda keng foydalaniladi. Fosfatidlar – oziq-ovqat sanoatida, mumsimon moddalar – kosmetika sanoatida qo‘llaniladi. Erkin yog‘ kislotalari esa texnik maqsadlarda ishlatiladi. Rafinatsiya zaharli ximikatlarni ham to‘la yo‘qotishni ta’minlashi kerak.Rafinatsiyalanovchi yog‘larga, ularning qo‘llanishiga qarab bir nechta talablar qo‘yiladi. Oziq - ovqat uchun ishlatiladigan yog‘lar to‘liq sikl bilan rafinatsiyalanishi kerak: fosfatidlar va mumsifat moddalarni ajratish, erkin yog‘ kislotalarini, pigment moddalarni yo‘qotish kerak. Texnik maqsadlar uchun ishlatadigan yog‘lar qisqa sikl bilan rafinatsiya qilinadi. Masalan, gidrogenizatsiyaga ketayotgan yog‘ dezodoratsiya qilinmaydi.
Dostları ilə paylaş: |