Kurs talabasi Raximova Shoxistaning
Namangan davlat pedagogika instituti
Pedagogika fakulteti
Sirtqi boʻlim MTM DU - 22
kurs talabasi
Raximova Shoxistaning
“Yangi innovatsiyalarni kasbiy faoliyatda qoʻllash fanidan” tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Kreativ pedagogning fikrlashi an’anaviy pedagog fikrlashidan farqli tomonini tahlil qilish.
“Kreativ fikrlash” faniga kirish mavzusi bo’yicha topshiriqlar
1. Quyidagi nazorat savollariga yozma javob bering:
- “Kreativ fikrlash” fani nimani o’rgatadi?
- Kreativ fikrlashga bir qancha ta’riflar keltiring?
- Kreativ tafakkur va ijodkorlik masalalari haqida olimlar fikrlarini keltiring
- An’anaviy, "akademik" intellektga yoki kreativ izlanishga yо‘naltirilgan fikrlash turlarini taqqoslang
2. Kreativlik potensialiga ega shaxsni tasvirlab bering.
3. Men kreativ fikrlay olaman….mavzusida esse yozing.
Esse 5 ta gapni o’z ichiga olsin hamda kreativ fikrlashingizni asoslovchi dalil keltiring
1.Taʼlimning asosiy vazifasi oʻquvchida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak boʻladigan koʻnikmalarni shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega boʻlishi kerak boʻlgan muhim koʻnikmadir (Lucas va Spencer, 2017 [15]). Bu koʻnikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan oʻzgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari «XXI asr» koʻnikmalariga ega ishchilarni taqozo etayotgan dunyoga moslashishga koʻmaklashadi. Umuman olganda, bugungi oʻquvchi kela jakda hozir hatto mavjud boʻlmagan sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi texnologiyalar orqali hal etishi kutilmoqda. Oʻquvchida kreativ fikrlash koʻnikmasini shakllantirish ularga tobora murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali hal etish imkonini beradi.
Tomas Edison “Kreativlik — g‘ayriixtiyoriy jarayon”, deydi. Lekin har kuni ko‘plab mutaxassislar muammolarga noodatiy yechim topishga zaruriyat sezadi. Ular mana shu g‘ayriixtiyoriy jarayonni ixtiyoriylashtirishi mumkinmi? Tabiatda yangi fikrlarni yuzaga keltiruvchi “sehrli tayoqcha” yo‘q, biroq har qanday mutaxassisning kreativ o‘ylashiga ko‘maklashadigan ko‘plab usullar mavjud. Buning uchun ijodiy fikrlashga vaqt ajratish, ijodiy salohiyatni anglash lozim. Jorj Bernard Shou hazillashib shunday deydi: “Ko‘pchilik yiliga ikki-uch marta o‘ylaydi. Mening butun dunyoga mashhurligim sababi — haftada bir yoki ikki marta o‘ylaganim”. Demak, xayolga kelgan yangi fikrlarni e’tiborsiz qoldirmaslik, o‘ylash uchun imkon yaratish muhim.
Ijodkorlik chegarasini belgilang. Muammoli masalaga duch kelgan paytingizda ijodkorlik chegaralarini belgilang. O‘zingizdan “Eng oddiy yechim nimada?” deb so‘rang. Keyin “muammoni hal qilishning aql bovar qilmas varianti”ni tasavvur qiling. Oddiy va hayratlanarli yechim o‘rtasida sizga ijodiy maydon paydo bo‘ldi. Endi yangi g‘oya mavhum emas, uning chegaralari mavjud. Bu ijod jarayonidagi psixologik bosimni yengillashtiradi.
“Olti shlyapa” usuli. Edvard de Bono taklif etgan “Olti rangli shlyapa usuli”da biror mavzu tanlanadi. Navbatma-navbat shapkalar kiyiladi: oq — diqqat bilan, hech qanday emotsiyasiz barcha faktlar tekshiriladi; qora — kamchiliklar aniqlanadi; sariq — mavjud holat tahlil etiladi; yashil — yana yangi bir necha g‘oyalar qo‘shiladi; qizil — emotsional munosabat bildiriladi; ko‘k — ish xotimalanadi. Masalan, ta’lim tizimiga oid qonunchilikni takomillashtirish mavzusi ko‘rilayotgan bo‘lsa, mavjud qonunchilik o‘rganiladi, kamchilik va bo‘shliqlar aniqlanadi. Qonuniy me’yorlarning real holat bilan mosligi yoki qarama-qarshiligi o‘rganiladi. Ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi takliflar beriladi, ular amalga oshsa, qanday samara berishi izohlanadi. Taklif loyiha shaklida rasmiylashtiriladi.
PISA butun dunyodagi 15 yoshli oʻquvchilar uchun tegishli kreativ fikrlash tavsifidan foydalanadi. 13. Kreativ fikrlashning ushbu tavsifi Kreativ fikrlash strategik konsultativ guruhi tomonidan taklif etilgan taʼrifga mosdir (IHRT, 2017 [3]).2 Ushbu tavsif oʻquvchilarning turfa kontekst va taʼlim darajasida gʻoya berish amaliyotida samarali qatnashishni oʻrganishlari kerakligiga, gʻoyaning oʻziga xosligi va mu nosibligini baholagan holda uning ustida mulohaza yuritishga va toki maromiga yetkazmaguncha gʻoyani takomillashtirishga urgʻu beradi. Bu tavsif ishlab chiqilayotganda, shuningdek, turli sohadagi mutaxassislar maslahati va kreativlik borasidagi keng adabiyot tahlilining natijalari ham inobatga olingan. Kreativ fikrlash endigina shakllanayotgan talqin bo‘lib turgan bir paytda ancha keng, ammo ich-ichidan bog‘liq kreativlik tuzilmasi kuchli tadqiqotchilik an’anasiga ega bo‘ladi. Plucker, Beghetto va Dow (2004 [5]) ushbu konsepsiyaning koʻp qirraligi va ijtimoiy mohiyatini hisobga olgan holda taklif etgan taʼrifiga koʻra, kreativlik – layoqat, jarayon va strategik konsultativ guruh ijodiy fikrlashni «...yangi gʻoyalarni ishlab chiqish jarayoni. U muayyan bilim, koʻnikma va yondashuvni talab etadi. Uning ichiga mavzular, nazariya, sohalar va uslublararo bogʻlanishlarni qurish kiradi», deb ta’riflagan. muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, u orqali shaxs yoki guruh ushbu ijtimoiy kontekst uchun ham yangi, ham foydali boʻlgan salmoqli mahsulotni yaratishidir.
Ijodiy maqsadlarni roʻyobga chiqarish kreativ fikrlashni taqozo etadi, lekin shu bilan birga aqliy salohiyat, soha borasidagi bilim va sanʼatkorlik talanti kabi kengroq va maxsus koʻnikma va qobiliyatlar ham zarur boʻladi. Masalan, sanʼat durdonalari yoki texnologik kashfiyotlarni yaratish bilan bogʻliq buyuk ijodkorlikda kreativ fikrlashdan tashqari salmoqli talant, chuqur bilim, muayyan sohada tinimsiz mehnat hamda jamiyat tomonidan ushbu mahsulot qiymatga ega ekanligi haqidagi eʼtirof ham talab etiladi. Va aksincha, kichik yoxud kundalik kreativlik (masa lan, fotojurnalda rasmlarni mahorat bilan joylashtirish; oziq-ovqat qoldiqlaridan yangi taomni hosil qilish yoki ishxonadagi murakkab muammoga ijodiy yechim topish kabi (Kaufman va Beghetto, 2009 [26])) ijodiy fikrlashga qodir deyarli barcha insonlarga zarurdir.
Umuman olganda, tadqiqotchilar kundalik ijodkorlik amaliyot va taʼlim orqali takomillashtirilishi mumkin degan xulosada yakdildir. Demak, tugʻma talantning ahamiyatini kamaytirish hamda takomillashtirish mumkin boʻlgan shaxsning kreativ fikrlash qobiliyatiga koʻproq urgʻu berish maqsadida PISA tadqiqoti kreativ fikrlash yo‘nalishining baholashi mana shu kichik kreativlik bilan bogʻliq vazifalarga asosiy eʼtiborni qaratadi. Kreativ fikrlashning bu turi nafaqat insho yozish yoki rasm chizish kabi asosan ichki dunyoni aks ettirish talab qilinadigan taʼlim kontekstiga, balki gʻoya berish masalalarini tahlil etish, jamiyatdagi muammolarni hal etishga aloqador boʻlgan kengroq sohalarga ham taalluqlidir.
Endilikda mutaxassisning aqliy va kasbiy salohiyati uning qayerda va qancha vaqt o’qiganligi bilan emas, balki ta’lim jarayoni yakunida ma’lumotlarni qanchalik o’zlashtirganligi va olgan bilimlarini qay darajada amalda qo’llay olishi bilan belgilanadi. Kreativ fikrlaydigan avlodni tarbiyalashda ma’lumotni o’rganish va talqin qilish qobiliyatini egallash yetarli emas, ularni yangi bilimlarga aylantirish va hayotda qo’llay olishlari muhimdir. Zamonaviy rivojlangan muhit bizni yangi sifatda qayta tarbiyalamoqda: insonni eng yuksak qadriyat deb tan olib, uning taqdiri, boshqalarning taqdiri, shaxsning ongini o’zgartirish, har bir olayotgan axborotini tabiat, jamiyat va o’z-o’ziga bo’lgan munosabati orqali idrok etishi olinayotgan bilimlarning ahamiyati va xotirada qolish jarayonida muhim omil sanaladi. Bularning barchasi nafaqat ta’limning mazmuni va shakllarini qayta ko’rib chiqishni, balki ushbu sohada ko’plab qadriyatlardan voz kechishni, ularni zamonga va kishilarning yangicha dunyoqarashiga moslashtirishni taqozo etmoqda. Umumta’lim maktablarida o’qitilayotgan fanlar orasida kimyo fani anchayin murakkab sanalgan, o’quvchilar olgan bilimlarini amaliyotda va kelajak hayotlarida tadbiq qilishlari uchun yetarlicha nazariy bilimga ega bo’lishlari zarur hisoblangan fanlar sirasiga kiradigan fandir. Kimyo darslarini sifatli tarzda tashkil qilishda har bir o’quvchining darsdagi yutuqlarini namoyish qilish, kerak bo’lganda o’quvchini maqtash orqali rag’batlantirish, biroz xafa bo’lsada, unga o’z vaqtida bilimlaridagi bo’shliqlarini bildirish va to’ldirishga imkon berish, dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchi orasida qulay psixologik muhitning yaratilishini ta’minlash muhimdir. O’quvchilarni kimyo darslariga qiziqishini oshiradigan ko’plab zamonaviy o’qitish usullari bo’lib, ulardan yetarlicha xabardor bo’lgan o’qituvchining darsi muvaffaqiyatli va qiziqarli bo’ladi. O’quvchilar kimyo darslarida olgan bilimlarini kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida va kundalik hayotlarida qay darajada zarur bo’lishini anglab yetsalar, ushbu bilimlarni o’zlashtirishga bo’lgan ishtiyoqlari yanada ortadi. Darsda o’quvchilarning ham aqliy, ham jismoniy faol bo’lishlariga yordam bera oladigan didaktik o’yinli texnologiyalardan foydalanish esa ularning o’qishga bo’lgan ishtiyoqini va motivatsiyani oshirishga yordam beradi. Kimyo darslarida belgilangan vaqtni samarali sarflash uchun mavzudan kelib chiqqan holda didaktik o’yinlardan o’tilgan va yangi mavzuni mustahkamlash, mavzuni tushuntirish qismlarida qo’llash mumkin. Aynan mavzuga mos bo’lgan, o’quvchilar yoshiga mos keladigano’yinlarni tanlash va qo’llash orqali ijobiy natijalarga erishish o’qituvchining mahoratiga bog’liq bo’ladi. O’quv jarayonida foydalaniladigan didaktik o’yinlar sinfda guruh a’zolari yoki individual ishtirokchilar o'rtasidagi raqobatni rivojlantirishga va bu orqali darsga bo’lgan qiziqishni oshirishga yordam beradi. Didaktik o’yinli metodni guruhlarga bo’lgan holda amalga oshirish va buning natiijasida o’yin ishtirokchilari orasida yuzaga kelgan sog’lom raqobat ularda liderlik qobiliyati, muammoning yechimini topishda eng samarali usulni tanlash, yechimlar orasidan eng samaralisini tanlash imkonini beradi.
2. Ma’lumotlarni aniqlash uchun harakat qilish, ilgari surilgan taxminlar asosida ularning yechimini topishga intilish kreativ potensial bilish jarayonida yo‘naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bog‘liq. Pedagogning kreativ potensiali an’anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 1. Tafakkurning tezkor va egiluvchanligi. 2. Yangi g‘oyalarni yaratish qobiliyati, bir qolipda fikrlamaslik. 3. Tashabbuskorlik-o‘ziga xoslik. 4. Noaniqlikka toqat qilish. 5. Zakovatli bo‘lish. Kreativlik “turli vaziyatlarda ta’lim va tarbiyaga oid masalalar yuzasidan qarorlarni qabul qilishda yaqqol namoyon bo‘lib pedagogning ijodiy faolligini tavsiflaydi”. Yuqorida bildirilgan kompetentlik va kreativlik tushunchalari ta’lim tizimida qanday tizim sifatida tashkil etilganligi haqida fikr yuritamiz. Respublikamiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan innovatsiya va yangiliklar, barkamol avlodni tarbiyalash mazkur tizimda faoliyat olib borayotgan barcha o‘qituvchi murabbiylar oldiga ko‘plab vazifalarni hal etishni dolzarb masala sifatida belgilab qo‘ymoqda. Jumladan oliy ta’lim tizimida ham faoliyat yuritadigan professor-o‘qituvchilarda ham o‘z faoliyatlarida yosh avlodni tarbiyalashda kompetentlik va kreativlik sifatlari talab etilmoqda. Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ham jamiyatda ro‘y berayotgan modernizatsiya jarayonlarida faol ishtirok etmoqdalar. Ko‘plab professor-o‘qituvchilar ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llab, yosh avlodni tarbiyalashda faol qatnashmoqdalar. Shu bilan bir qatorda, xalq ta’lim tizimida ham ko‘plab tajribali kompetentli o‘qituvchilar zamon talablari asosida yosh avlodga ta’lim-tarbiya bermoqdalar. Surxondaryo viloyati xalq ta’limi tizimida ko‘pgina maktablarda fidoyilik bilan o‘z kasbiga sodiq, pedagogik kompetentlikka ega o‘qituvchilar kreativlik asosida o‘quvchilarga bilim berilmoqdalar. Jumladan, Termiz shahridagi 9-maktabning o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilari, Qiziriq tumanidagi 4-maktab rus tili o‘qituvchilari, Sherobod tumanidagi 21-maktab o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilari hozirgi davr talablari asosida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashda innovatsion texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim samaradorligini oshirishga harakat qilmoqda. Bugungi o‘qituvchida intuitsiya, refleksiya va intellekt yuqori darajada shakllangan bo‘lsa, o‘z oldiga qo‘ygan har qanday nostandart vaziyatlardan chiqa oladi. Yuqorida qayd etilgan maktab o‘qituvchilar o‘z darslarida o‘quvchilarni interfaol usullar orqali erkin muloqat qilishga, muammoli vaziyatlar yechimlarini topishga, dars davomida savol-javoblar tariqasida, mantiqiy fikrlash asosida o‘quvchilarning qiziqishlarini oshirishga xizmat qilmoqda. Qiziriq tumanidagi 4-maktab rus tili va adabiyot o‘qituvchisi Guljamol Rahmonqulovaning ta’kidlashicha, o‘qituvchi uzluksiz o‘z kasbi bo‘yicha izlanishi, ijodkor bo‘lishi, yangiliklardan o‘z o‘rnida unumli foydalanishi, o‘z bilimini tizimli ravishda o‘quvchilarga yetkazishi va ular bilan doimo faol munosabatda bo‘lishni tavsiya etadi. O‘qituvchi o‘zining ko‘p yillik pedagogik tajribasiga tayanib bugungi o‘qituvchilarga kreativlik asosida quyidagilarni tavsiya etadi: – o‘quvchilar og‘zaki nutqini o‘stirish uchun o‘quvchilar yoshiga mos til va adabiyot bo‘yicha tanlovlar tashkil qilish; – to‘garaklarda turli audio eshittirishlar asosida o‘quvchilar muloqotini tashkil qilish; – o‘quvchilarda tabiat bilan bog‘liq matnlarni o‘qitish orqali ularda ekologik ong va madaniyatni shakllantirish; – rus klassikalari asosida turli sahna asarlarini sahnalashtirish; – yuqori sinf o‘quvchilarida erkin mavzular yuzasidan insholar yozish; – turli kecha va tadbirlar, konferensiyalar tashkil qilib o‘quvchilar faolligini oshirish va hokazolar.
Dostları ilə paylaş: |