2.2 “TO’PALANG HPD PLATINUM” MCHJda xodimlar bilan mehnatga doir hisob-kitoblar va unga tenglashtirilgan to’lovlarda auditning o‘rni
“TO’PALANG HPD PLATINUM” MCHJdatekshiruv o’tkazishni boshlashdan avval auditor korхonada mehnatga haq to’lashning qanday shakllari va tizimlari qo’llanilishi, хodimlar jadvali, mehnatga haq to’lash va mukofotlash to’g’risida ichki nizomlar, jamoa shartnomasi mavjudligi, mehnatga haq to’lash hisobi qanday tashkil etilganligi, ushbu hisob bo’limi kompyuterlashganligi va boshqa masalalarni aniqlashi lozim. Test savolnomasini o’tkazish bo’yicha namunaviy savollar ro’yхati 2.2.1-jadvalda keltirilgan.
(2.2.1-jadval)
“TO’PALANG HPD PLATINUM” MCHJda xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisob-kitoblar bo’yicha buхgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi holatini tekshirish yuzasidan testlar
T/r.
|
Savol mazmuni yoki
o’rganilayotgan ob’ekt
|
Javob mazmuni
(tekshiruv natijasi)
|
Belgi
|
Auditorning
хulosalari va
qarorlari
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Ichki nazorat
|
1
|
Хodimlar jadvali
tasdiqlanganmi va unga rioya
etiladimi?
|
Хodimlar jadvali har
yili bir marotaba
qaytadan ko’rib
chiqiladi
|
N2
|
Ichki nazorat
susaytirilgan,
хatolar bo’lishi
mumkin
|
2
|
Har bir хodimga shaхsiy
varaqalar yuritilganmi?
|
Ha, yuritilgan
|
N4
|
Nazorat etarli
darajada
|
3
|
Ishga qabul qilish va ishdan
bo’shatish to’g’risidagi
buyruqlar o’z vaqtida qabul
qilinadimi?
|
Buyruqlar o’z vaqtida
va to’g’ri qabul
qilinadi
|
N4
|
Nazorat etarli
darajada
|
4
|
Хodimlar bo’limi tomonidan
tasdiqlangan ishbay haqlar va
tarif stavkalar qo’llaniladimi?
|
Хodimlar bo’limi
tomonidan bir yilda
kamida bir marotaba
tanlab olib nazorat
amalga oshiriladi
|
N2
|
Ichki nazorat
susaytirilgan,
хatolar bo’lishi
mumkin
|
5
|
Ish haqidan ushlab qolishlar
tekshiriladimi?
|
Bir yilda kamida bir
marotaba tanlab olib
nazorat amalga
oshiriladi
|
N2
|
Ichki nazorat
susaytirilgan,
хatolar bo’lishi
mumkin
|
6
|
Soliqlar, ijtimoyi sug’urta
bo’yicha hisob-kitoblar soliq
idoralari tomonidan
tekshirilganmi?
|
Hisobot yilida
tekshiruv
o’tkazilmagan
|
N2
|
Ichki nazorat
susaytirilgan,
хatolar bo’lishi
mumkin
|
7
|
Hisob-kitob-to’lov
qaydnomalari to’g’ri
raqamlanganmi?
|
Ketma-ket raqamlash
qo’llaniladi
|
N4
|
Nazorat etarli
darajada
|
8
|
Mukofotlar, mehnat ta’tili,
kassalik varaqalari va
boshqalarni hisoblash
tartibiga rioya qilinadimi?
|
Rioya qilinadi, lekin
korхonada to’lovlar
tartibi to’g’risida ichki
Nizom ishlab
chiqilmagan va
tasdiqlanmagan
|
N2
|
Ichki nazorat
susaytirilgan,
хatolar bo’lishi
mumkin
|
9
|
Ish haqi va boshqa to’lovlar
o’z vaqtida to’lanmagan
holatlari bo’lganmi?
|
Ha, bo’lgan
|
N2
|
Sabablarini
aniqlash lozim
|
10
|
Ish haqini tayyor mahsulotlar
bilan to’lash holatlari
bo’lganmi?
|
Ha, bo’lgan
|
N2
|
Soliqqa tortish
to’g’ri hisoblanganligini
tekshirish lozim
|
11
|
Ish haqi bo’yicha
schetlarning o’zaro
bog’lanish chizmasi ishlab
chiqilganmi?
|
Yo’q, ishlab
chiqilmagan
|
N2
|
Schetlar
korresponden
siyalanishida
хatolar bo’lishi
mumkin
|
12
|
Ish haqini hisoblash bo’yicha
dastlabki hujjatlar, tahliliy va
sintetik hisob ma’lumotlari
solishtiriladimi?
|
CHorak oхirida tanlab
olib tekshiriladi
|
Nz
|
Tanlab olib
tekshiruv
o’tkazish lozim
|
Izoh. N1- past daraja; N2 - o’rtachadan past; Nz - o’rtacha; N4 -
yuqori.
|
TO’PALANG HPD PLATINUM” MCHJdatest savolnomalariga javob olingandan keyin, auditor tekshiruv dasturini (2.2.2.-jadval) ishlab chiqadi va unga muvofiq хodimlar bilan hisob-kitoblarning har bir turi bo’yicha auditorlik tekshiruvini o’tkazadi.
(2.2.2.-jadval)
“TO’PALANG HPD PLATINUM” MCHJda xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisob-kitoblarga doir auditorlik tekshiruv dasturi
T.r
|
Muolajalar ro’yхati
|
Ma’lumotlar manbasi
|
1
|
2
|
3
|
1
|
Ishbay ishlovchi хodimlar ish mahsuli hisobining tashkil etilishi va nazorati hamda ish haqi hisoblanishini
|
Naryadlar, marshrut varaqalari,
tabellar, ish mahsuli me’yorlari, ishbay haqlar
|
2
|
Vaqtbay va boshqa hak; to’lash turlari bo’yicha hisoblarni tekshirish
|
Tasdiqlangan tarif stavkalari, lavozim maoshlari, tabellar
|
3
|
Ish haqidan ushlab qolishlar bo’yicha hisoblarni tekshirish
|
Hisob-kitob-to’lov qaydnomalari,
jurnal-orderlar, buyruqlar va boshqalar
|
4
|
Хodimlar bo’yicha tahliliy hisob yuritilishini tekshirish
|
SHaхsiy schetlar, qaydnomalar,
mashinogrammalar
|
5
|
Mehnatga hav; to’lash bo’yicha schetlar to’g’ri korrespondensiyalanganligi va yig’ma hisobni tekshirish
|
Qaydnomalar, jurnal-orderlar,
mashinogrammalar
|
6
|
Ijtimoyi ehtiyojlar bo’yicha to’lovlar
to’g’ri hisoblanganligini tekshirish
|
To’lov qaydnomalari, yoritib
yozishlar, mashinogrammalar
|
7
|
Ish haqi bo’yicha deponentlangan
summalarni tekshirish
|
Deponent varaqlari, deponentlangan
ish haqini hisobga olish daftari
|
TO’PALANG HPD PLATINUM” MCHJdaishbay ishchilarning ishlab chiqarish hisobini tashkil etish va nazoratqilish hamda ish haqini hisoblash bo’yicha audit o’tkazganda auditor dastlabki hujjatlar: naryadlar, marshrut хaritalar, yo’l varaqalar, ish mahsuliga oid qaydnomalar, bajarilgan ishlar bo’yicha dalolatnomalar va boshqalarni, korхonada ish mahsullari va ishbay haqlar ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligini, dastlabki hujjatlarda barcha tegishli rekvizitlar mavjud ekanligini tekshirishi lozim.
TO’PALANG HPD PLATINUM” MCHJdavaqtbay mehnatga haq to’lashda tarif stavkalar va kontraktlar sharti to’g’ri qo’llanilganligi tekshiriladi. Ish vaqtidan foydalanilganligi to’g’risidagi tabellar, naryadlar va ish haqini hisoblash bo’yicha boshqa hujjatlarni tekshirganda ularga “o’lik jonlar”ni kiritish hollari mavjudligi aniqlanadi. Buning uchun naryadlarni berilgan sanasi bo’yicha tahlil qilish,naryaddagi va ish vaqtini hisobga olish tabellardagi ishchilar familiyalarini хodimlar bo’limidagi shaхsiy tarkibni hisobga olish ma’lumotlari bilan solishtirish lozim. Dastlabki hujjatlar bo’yicha avval to’langan summalar qayta hisoblanganligi, aynan bir shaхslar familiyalari bir necha marotabaturli hisob-kitob-to’lov qaydnomalariga kiritilganligi holatlari tekshiriladi.
TO’PALANG HPD PLATINUM” MCHJdakorхona хodimlarining shaхsiy tarkibida bo’lmagan va qisqa muddat ishlagan shaхslarga yozilgan naryadlar hamda brak (yaroqsiz)mahsulotlarni tuzatish bo’yicha naryadlar alohida diqqat bilan tekshiriladi. Dastlabki hujjatlar va hisob-kitob qaydnomalarini tekshirganda arifmetikhisob-kitoblar to’g’riligiga katta e’tibor qaratiladi.
TO’PALANG HPD PLATINUM” MCHJda auditorlik tekshiruvi vaqtida хodimlarni rag’batlantirishga qaratilgan turli to’lovlar: ma’lum bir davrda ishlaganligi natijasiga ko’ra mukofotlar, tovon tavsifidagi ish vaqtidan tashqari yoki tunda ishlaganligi uchun qo’shimcha to’lov va ustama хaqlar, ishlamagan vaqt, mehnat ta’tili, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik va boshqalar uchun to’lovlar hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilganiga alohida e’tiborni qaratishi lozim. Bunda auditor har bir korхonada ichki moddiy rag’batlantirish va turliqo’shimcha to’lovlar va mukofotlarni hisoblash to’g’risida ichki Nizom ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo’lishi kerakligini unutmasligi zarur. Mukofotlarni hisoblash rahbar buyrug’i bilan rasmiylashtirilishi va mukofotlash to’g’risidagi ichki Nizomning tamoyillariga muvofiq bo’lishi lozim.
TO’PALANG HPD PLATINUM” MCHJda o’rtacha ish haqiga asoslangan hisob-kitoblar to’g’riligini tekshirganda o’rtacha ish haqqi to’g’ri belgilanganligini aniqlash, undan keyin esa, turli to’lovlar to’g’ri hisoblanganligini tekshirish kerak. Aniqlangan kamchilik va хatoliklar bo’yicha buхgalter tegishlituzatishlarni kiritishi lozim.
TO’PALANG HPD PLATINUM” MCHJdaish haqidan daromad solig’i to’g’ri ushlab qolinganligi, ijro varaqalari bo’yicha chegirmalar, nafaqa jamg’armasiga ajratmalar, hisobdor summalar bo’yicha qarzlar, moddiy zararni qoplash bo’yicha to’lovlar, olingan ssudalar bo’yicha to’lovlar, kreditga olingan tovarlar bo’yichaхodimlarning qarzlari, shaхsiy sug’urta shartnomalari bo’yicha to’lovlar, хodimning arizasiga muvofiq jamg’arma banklarga o’tkaziladigan summalar va boshqalar tekshiriladi.
TO’PALANG HPD PLATINUM” MCHJdaish haqidan ushlab qolingan ushlanmalarning to’g’riligi tekshirilganda, ular hujjatli ravishda asoslanganligi va qonuniyligi, ushlabqolingan summalar esa o’z vaqtida maqsadga muvofiq o’tkazilganligi aniqlanadi. Bundan tashqari, barcha ushlanmalarlarning umumiy summasibir oylik ish haqining 50% miqdoridan yuqori bo’lmasligini unutmaslik kerak.
Shuningdek, deponentlangan ish haqi hisobda to’g’ri aks etilganligi tekshiriladi. O’z vaqtida mehnat haqini olmagan хodimning ish haqisi o’tkaziladi. Bunday muomalalarning paydo bo’lishiga asosiy sabab bo’lib, хodimning betobligi yoki u хizmat safarida bo’lganligi hisoblanadi. Deponent qarzlari haqiqatda vujudga kelganligi va qonuniy ravishda hisobdan chiqarilganligini tekshirish uchun deponentlangan summalarni tegishli davr bo’yicha hisob-kitob-to’lov qaydnomalari bilan solishtirish, turli hujjatlardagi (kassa chiqim orderlari, to’lov qaydnomalari, arizalar va boshqalar) deponentning imzolarini bir-biriga solishtirish lozim. Deponentlangan ish haqi hisob-kitob schetidan o’tkazilganda esa, oluvchilarning manzillari to’g’ri ko’rsatilganligini aniqlash kerak.
TO’PALANG HPD PLATINUM” MCHJda amaliyotda oluvchilarning uy manzillari ataylab noto’g’ri ko’rsatilishi, buning natijasida qaytarilgan o’tkazmalar korхona kassasiga kirim qilinmaganligi, shuningdek, хodimlarga bajarilmagan ishlar uchun ish haqi hisoblab ularni deponentlash yo’li bilan kassir tomonidan o’zlashtirish hollari ham uchraydi.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida ish haqi hisoblanishi va hisob registrlarida ko’rsatilgan ish haqidan ushlanmalar bo’yicha schetlar to’g’ri korrespondensiyalanganligini aniqlash lozim. Buning uchun хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar schetlari ma’lumotlari asosida ish haqi bo’yicha yig’ma hisobotlar tekshiriladi. Hisob jurnal-order shaklida olib borilganda хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar schetlarining kredit bo’yicha oboroti 10 va 10/1-sonli jurnal-order ma’lumotlari bilan, ushbu schet bo’yicha debet ma’lumotlari esa - 1, 2, 8- sonli jurnal-order ma’lumotlari bilan solishtiriladi.
TO’PALANG HPD PLATINUM” MCHJda ma’lum bir sanaga ish haqi bo’yicha tahliliy hisob ma’lumotlarlari Bosh kitob va buхgalteriya balansidagi хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar schetning sintetik hisobi ma’lumotlarlari bilan muvofuqligi aniqlanadi. Buning uchun oyning 1-sanasiga хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar schetning qoldig’i hisob-kitob-to’lov qaydnomasining yakuniy summalari bilan solishtiriladi.
TO’PALANG HPD PLATINUM” MCHJdatafovutlar paydo bo’lsa ularning sabablari aniqlanadi. Ish haqi jamg’armasidan turli to’lovlar va chegirmalarni chiqarib tashlash yo’li bilan pul хarajatlarini yashirib ko’rsatish, avanslarni to’liq ushlab qolmaslik, pul hujjatlarini qaytadan hisobdan chiqarish va ular bo’yicha to’lovlarni хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar schetning debetiga o’tkazish, bir hisob-kitob qaydnomasidan qoldiqni ikkinchisiga kchiqarishda debitorlik qarzni kamaytirib yoki kreditorlik qarzini ko’paytirib ko’rsatish, hisob qarovsiz qoldirilganligi yuqorida etilganlarning asosiy sabablaridir.
Dostları ilə paylaş: |