Kursish I mаvzu: mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditi


Mehnatga haq to’lashni tashkil etish tizimlari va shakllari



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə3/10
tarix25.02.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#85534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kursish I màvzu mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditi

1.2 Mehnatga haq to’lashni tashkil etish tizimlari va shakllari.


Mehnat munosabatlariga haq to’lashni tashkil etish tizimlari va shakllari O’zbekison Respublikasi Mehnat kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va yuritiladi.
(1.2.1-rasm)



To‘g‘ri ishbay shaklida ish haqi belgilangan ishbay narxlarga munosib haqiqatdan bajarilgan ish(mahsulot tayyorlash) bo‘yicha aniqlanadi. Masalan, ishchi bir oyda 100 ta mahsulot bitkazdi. Har bir mahsuloti uchun 120 000 so‘m narx belgilandigan bo’ldi. Mehnatga haq to‘lashning oddiy ishbay shaklida ish haqi belgilangan ishbay narxlarga muvofiq haqiqatdan bajarilgan ish bo‘yicha aniqlanadi. O‘z navbatida, ishchining oylik ish haqi 12 000 000 so‘mni (120x100 000) tashkil etadi. Demak, ishchi bajargan ishi uchun to’lov yuqori bo’lib borsa, ishchining ishlagisi va yuqori ishlab chiqarishga o’rinadi. O’z o’rnida shuni ham aytish kerakki, mahsulot sifati shu o’rinda kamayishi mumkin bo’ladi, buni ham alohida e’tibor berish lozim.
(1.2.1-chizma)



Mehnatga haq to‘lashning ishbay - mukofot shaklida ish haqini hisoblashda oddiy ishbay narxlardan tashqari belgilangan ko‘rsatkichlarni bajarganligi yoki ortig‘i bilan bajarganligi uchun qo‘shimcha ravishda mukofot hisoblanadi. Ishbay ish haqiga asosan mukofot haqiqatda ishlagan vaqtga nisbatan hisoblanadi. Masalan, ishchi bir oyda 120 dona buyum ishlab chiqardi, buyumning mehnat sig‘imi - 1,7 kishi/soat, mahsulot birligining narxi 10 000 so‘m; ishlab chiqarish normasini bajarish bo‘yicha ishbay ish haqidan 5%, har bir normadan ortiqcha bajarilgan foizga ishbay ish haqidan 1% mukofot nazarda tutilgan. Ishchi 8 soatdan 24 smena ishladi. O‘z navbatida ishbay ish haqi 1 200 000 so‘mni (120x10000) tashkil etdi.
Qismlarni qayta ishlashga 192 soat (8 soatdan 24 smena) sarflangan. Buyumning mehnat sig‘imi - 1,7 kishi/soat, shu sababdan vaqt normasi 106,3% ((120x1,7)/(24x8)x100) bajarilgan.
Normani bajarganligi uchun ishbay ish haqidan 5% miqdorida, ya’ni 60000 so‘m (1200000x5%) mukofotni to‘lash talab etiladi. Reja 6,3% ga ortig‘i bilan bajarilganligi uchun qo‘shimcha ravishda yana mukofot 75600 so‘m (1200000x6,3%) to‘lanadi.
Ishchining umumiy ish haqisi 1335600 so‘mni (1200000+60000+75600) tashkil etadi.
Ishbay - progressiv shaklida mehnatga haq to‘lash belgilangan normalar doirasida oddiy ishbay narxlarda hisob - kitob qilinadi, normadan ortiqcha qismiga oshirilgan narxlarda hisob - kitob qilinadi. Masalan, dastlabki normani 1-10% ga ortiqcha bajarilishi ishbay narxlar 20% ga oshiriladi, ortiqcha bajarilish 10-30% ni tashkil etsa narxlar 30% ga oshiriladi va h.k.
Akkord - barcha ishlarni bajarish muddati va summasini umumlashtirib ularni kompleks baholash hisoblanadi. Jamoa ishbay shaklida butun brigada ish haqi miqdori haqiqatda bajarilgan ishni hisobga olgan holda va uning narxidan kelib chiqib aniqlanadi hamda har bir ishchiga to‘lov esa butun brigada tomonidan yaratilgan mahsulot hajmi va umumiy ish hajmida mehnatining miqdori va sifatiga bog‘liq bo‘ladi
Egri ishbay shakli odatda yordamchi ishlarni bajaruvchi ishchilarning ish haqi miqdorini hisoblashda qo‘llaniladi: ish natijalari asosiy ishlab chiqarish mehnati samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi texnologik uskunani sozlovchi, ta’mirlovchi, yordamchi master va boshqalar.
Vaqtbay ish haqida ishchining ish haqi uning haqiqatda ishlagan vaqti hamda lavozim okladi (tarif stavkasi)dan kelib chiqib belgilanadi. Belgilangan oyda ish barcha ish kunlarida to‘liq ishlasa ish haqi to‘liq to’lanib boriladi. Shuningdek mehnat haqi oyda to‘liq ishlagan kunlari uchun mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasining razryadidan kam bo‘lmasligi kerak. O‘z navbatida, mehnatga haq to‘lashning vaqtbay shakli oddiy-vaqtbay va vaqtbay-mukofot tizimlariga bo‘linadi.
Oddiy vaqtbay shaklida bo’lgan mehnat haqi hisobini yuritishda tarif stavkasi yoki shtat jadvaliga asosan mansab maoshlari asos qilib olinadi. Oddiy vaqtbay usuli ishchining bevosita ishlagan vaqt miqdoriga bog‘liq. Soatbay va kunbay mehnat haqi shakillarini vaqtbay tizimning turli hil ko‘rinishi sifatida farqlashadi. Ish haqi miqdori soatbay(kunbay) mehnat haqi stavkasini haqiqatda ishlagan soatlarga(kunlarga) ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Mehnatga haq to‘lashning vaqtbay -mukofot shaklida tarif stavkaga asosan beriladigan ish haqidan tashqari, korxona ishlab chiqilgan mukofotlash to‘g‘risidagi nizomga, jamoat shartnomasiga yoki korxona rahbari buyruqiga asosan miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini bajarganligi uchun qo‘shimcha ravishda mukofot berish hisoblanadi.
Asosiy ish haqi, bu ishchining ishlagan vaqti, bajargan ishining miqdori va sifatiga asosan hisoblangan ish haqidir: ishbay ishlagani uchun hisoblagan ish haqi, tarif stavkalari, okladlar, mukofotlar, asosiy ish vaqtidan tashqari ishlagan ish vaqtiga hisoblangan qo‘shimcha ish haqi, ishchi aybiga bog‘liq bo‘lmagan xolda turib qolishlarga hisoblangan ish haqi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin