Kursloyihas I


Bog‘lovchilarning umumiy ishlab chiqarish texnologiyasini tanlash va asoslash



Yüklə 266,15 Kb.
səhifə5/7
tarix15.06.2023
ölçüsü266,15 Kb.
#130972
1   2   3   4   5   6   7
Bekzod bog\'lovchi moddalar.docx tayyor

1.3.Bog‘lovchilarning umumiy ishlab chiqarish texnologiyasini tanlash va asoslash

Qurilish gipsni ishlab chiqarish asosiy usullari uch jarayonga bo‘li-nadi: gipsli bog‘lovchilarni ishlab chiqarish texnologik jarayoni gips toshini maydalash (maydalash va tuyish) va issiqlik bilan ishlov berish (degidratatsiyalash) dan iborat.


Gips toshini issiqlik bilan ishlov berishdan oldin tuyish darajasi issiqlik apparatining turi bilan belgilanadi. Material bug‘ qozonlariga o‘lchami 400 mm gacha, aylanma pechlarga-10-35 mm, pishirish qozonlariga esa-kukun shaklida beriladi.
Gipsli bog‘lovchilar olishda qo‘llaniladigan texnologik sxemalar asosiy operatsiyalar turi va ketma-ketligi bilan bir-biridan farq qiladi. Eng keng tarqalgan texnologik sxemalarni quyidagicha ifodalash mumkin:

  1. Maydalash pishirish tuyish

  2. Maydalash pishirish tuyish quritish

  3. Maydalash pishirishquritish tuyish

  4. Maydalash tuyish  pishirish tuyish

  5. Maydalash tuyish  pishirish quritishtuyish

  6. Maydalash+ kuydirish tuyish

  7. Maydalash kuydirish + tuyish

  8. Maydalashbug‘lash tuyish

Dastlabki beshta sxema gipsli bog‘lovchilar ishlab chiqarishda gips pishirish qozonlar deb ataladigan uskunadarda issiqlik bilan ishlov berishda qo‘llaniladi. Eng oddiy sxema 1, lekin uni faqat quruq xom ashyo quruq bo‘lganda qo‘llash mumkin. Agar xom ashyo namligi 1 % dan oshsa, uni tuyishdan oldin quritish kerak (2-sxema). Bu ikki operatsiyani bitta texnologik qurilmada birlashtirish maqsadga muvofiq (3-sxema). Mahsulot sifa-tini yaxshilash uchun pishirish qozonidan chiqayotgan yarim suvli gipsni ikkilamchi tuyish maqsadga muvofiqdir (4 va 5 sxemalari). 6-sxema aylanuvchi pechlarda yuqori haroratda pishadigan va past haroratda pishadigan gips bog‘lovchilar ishlab chiqarishda, 7-kombinatsiyalashgan sxema esa tuyish va kuydirish jarayonlari birgalikda bajarish qurilmalari-da ishlatiladi. 8-sxema yarimgidratning α-modifikatsiyasi asosida yuqori mustahkamlikdagi gips olish uchun mo‘ljallangan. Issiqlik bilan ishlov berish uchun texnologik sxema va apparatlarning turini tanlash ishlab chiqarish ko‘lamiga, xom ashyoning xossalariga, chiqariladigan mahsulot sifatiga va boshqa omillarga bog‘liq.
Qabul qilinagan texnologik sxema quyidagi talablarga javob berishi kerak: ishlab chiqarishni uzluksizligi; texnologik va transport jihozlarining ixchamligi va sonini qisqartirishi; ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni yaxlitligi va texnologik operatsiyalar ketma-ketligi va materiallarning harakat yo‘nalishini ko‘rsatuvchi strelkalar bilan aks ettirishi darkor.
Qurilish gipsining asosiy tarkibiy qismi CaSO4·2H2O gipsli tosh bo‘lib, u ekskavator yordamida karerda qazib olinadi va zavodga yo‘l va temir yo‘l orqali yetkaziladi.
O‘lchami 500 mm va namligi 4% bo‘lgan gips tosh bo‘laklari qabul qiluvchi bunkerga to‘kiladi, ulardan yopiq omborga yuboriladi.
Xom ashyo bunkeridan gips toshi maydalash va saralash sexiga yuborilib, u yerda maydalanadi va so‘ngra saralanadi.Juda yirik material bo‘lganligi uchun maydalash o‘rta quvvatli jag‘li maydalagichda amalga oshiriladi.
Ko‘p bosqichli maylashni qabul qilamiz, ya’ni ikki bosqich,chunki u bir bosqichliga sxemaga nisbatan tejamliroq bo‘lgani uchun amalda eng ko‘p qo‘llaniladi
So‘ngra hosil bo‘lgan gips elash yo‘li bilan fraksiyalarga ajratiladi va keyingi kuydirish sexiga yuboriladi.



Bunker


Shnek

Siklon

Qabul qiluvchi bunker


Bunker

Shnek




Ko’mir bunkeri

Lotokli ta’minlagich




Tarelkali taminlagich

Bunker


Bunker


Tarelkali taminlagich

Tarelkali ta’minlagich



Ta’minlagich

Tasmali konveer



Elevator

Elevator



Sharli tegirmon

Bolg’ali maydalagich



Tamg’alovchi mashina

Elevator

elevator

Aylanuvchi pech






Yüklə 266,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin