Kursloyihas I


-rasm. Qurilish gipsini aylanma pechlarda kuydirish sxemasi



Yüklə 266,15 Kb.
səhifə6/7
tarix15.06.2023
ölçüsü266,15 Kb.
#130972
1   2   3   4   5   6   7
Bekzod bog\'lovchi moddalar.docx tayyor

1-rasm. Qurilish gipsini aylanma pechlarda kuydirish sxemasi:
1-qabul qiluvchi bunker; 2- Lotokli ta’minlagich; 3 – Tasmali konveer; 4 – Bolg‘ali maydalagich; 5-Elevator; 6- Shnek; 7-Gipstosh bunkeri; 8,24 - Tarelkali ta’minlagich; 9-Aylanuvchi pech; 10-yelevator; 11-kuydirilgan gipstosh bunkeri; 12-chang cho‘ktiruvchi kamera; 13,15,17,20,21,23,25 – shneklar; 14 ventilator; 16-elevator; 18,19-tayer mahsulot bunkeri; 22-sharli tegirmon; 26 – Qirib oluvchi konveer; 27-ko‘mirni pnevmomexaniq yuklantiruvchisi; 28-ko‘mir bunkeri.
Kuydirish bog‘lovchilar ishlab chiqarishda asosiy texnologik operatsiya hisoblanadi.
Kuydirishda endotermik reaksiya sodir bo‘ladi:
CaSO4·2H2O= CaSO4·0,5H2O+1,5H2O
1kg yarimgidrat hosil bo‘lishida 588 kJ issiqlik yutilishi bilan sodir bo‘ladi.
Gips toshni suvsizlantirish pishirish qozonlarida, aylanma, shaxta pechlarida, bug‘latgich uskunalarida va boshqa jihozlarda amalga oshiriladi.
Gips pishirish qozonlari eng mayin tuyilgan gips toshini issiqlik bilan ishlov berish uchun ishlatiladi.
Qozonda gips quyidagicha pishiriladi:
Qurilishbop gips ishlab chiqarishning oddiy va keng tarqalgan usuli oldindan maydalangan gips toshni qozonlarda pishirishdan iborat.
Qozonlar to‘xtab-to‘xtab va uzluksiz ishlashi mumkin. To‘xtab-to‘xtab
ishlaydigan qozon hajmi 3 dan 15 m gacha bo‘lgan, ichiga g‘isht terib qoplangan po‘lat silindrdan iborat (1-rasm). Qozon ichiga to‘rtta o‘t quvuri va kurakli tik val aralashtirgich joylangan, hamda qozon tagida o‘txona mavjud. Alanga qozon tubini isitgandan keyin halqasimon quvurga kiradi va qozonning pastki, o‘rta va yuqoridagi qismini isitib, pastki va yuqori quvurlar orqali o‘tadi.
Pishirish jarayonida 1-3 soat davomida gips uzluksiz tez aralashtiriladi va bir me’yorda qizdiriladi, bu esa yuqori sifatli bir jinsli mahsulot olishni ta’minlaydi. Pishirish tugagandan so‘ng gips qozonning pastki qismidagi tushirish teshigi orqali yetiltirish bunkeriga keladi va bu yerda 20-40 minut davomida saqlab turiladi. Materialning issiqligi hisobiga qo‘shgidratning qolgan donalari suvini yuqotadi.
Gips pishirish qozonlarning kamchiligi uzlikli ishlashi bo‘lib, uning unumdorligini chegaralaydi va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni qiyinlashtiradi.
Hozirgi vaqtda gips aylanuvchi pechlarda pishiriladi.
Aylanma pech sifatida quritish barabanlaridan foydalaniladi.
Quritish barabani tayanch valik ustida aylanadigan payvandlangan po‘lat silindrdan iborat. Baraban 3-50 gorizontga 3-500 qiyalik bilan o‘rnatiladi va elektr dvigatel bilan aylantiriladi. Agar pechdagi issiq gazlar va materiallarning harakat yo‘nalishi bir-biriga to‘g‘ri kelsa, baraban to‘g‘ri-dan-to‘g‘ri oqim (pryamotok) tamoyili asosida, agar yo‘nalish bir-biriga to‘g‘ri kelmasa-qarshi oqim (protivotok ) tamoyili asosida ishlaydi.
Ikkinchi sxema yoqilg‘i sarfining kamligi bilan xarakterlanadi.
Pishirish uchun quritish barabani odatda maydalangan gips toshni 10-20 va 20-35mm larini qabul qiladi.10-20 va 20-35mm fraksiyalar alohida-alohida pishiriladi. Pishirish 1600C haroratda olib boriladi.
Fraksiyasi tarkibida 0-10mm donalar miqdori 5% dan ko‘p bo‘lmasa chiqindi mahsulot hisoblanadi. Agar uning miqdori 5% dan ko‘p bo‘lsa gips pishirish qozonida 6000C pishirish orqali chiqindisiz texnologiya hosil qilish mumkin.
Pishirilgan gips donalari sharli tegirmon ta’minlash bunkerlariga yo‘naltiriladi yoki tindiruvchi kameraga yuboriladi.
Gips donalari № 02 elakda ko‘pi 10-12% qoldiq qolguncha bir yoki ikki kamerali sharli tegirmonlarda maydalanadi.
Gips odatda pnevmatik transport orqali yumaloq siloslar yetkazib beriladi va saqlanadi.
Gips ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari aylanuvchi pechlarda pishilishi uzluksiz bo‘lib, uni avtomatik boshqarishni amalga oshirish oson. Gips olishning bu usuli juda tejamli. Yonilg‘ining 1 tonnaga sarfi 45-50 kg, elektr energiyasi-15-20 kVt soatga teng.
Aylanma pechlarda pishirish yo‘li bilan olingan qurilish gipsining suvga talabchanligi (48-55%) pishirish qozonida olingan gipsning normal quyiqligiga (60-65%) nisbatan kamligi bilan xarakterlidir. Bundan tashqari, tegirmonlarda gipsni tuyishda gips toshi qoldiqlari suvsizla-nadi va uning modifikatsion tarkibi tekislanadi. Gips ishlab chiqarish-ning bu usuli mahalliy va horijiy amaliyotda keng miqyosda qo‘llaniladi.



Yüklə 266,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin