Surxandaryo hududida Kushon davriga oid arxiologik yodgorliklar juda ko'p va xilma hildir Axomoniylar va Yunon -Baqtriya davridan bu yerda hozircha 40 manzil shahar ma'lum bo'lgan bo'lsa, Kushon davriga oid 120 dan ortiq shahar va qishloq aniqlandi. Aholi asosan Sherabod va Surxandaryo havzasi yoqalab joylashgan edi .Aholining joylashishi, katta kichik shaharlarning vujudga kelishi sug'orish shahobchalari bilan bog'liq ,albatta.

Sug'orish havzalaridagi markaz shaxarlar atrofida katta kichik shaxarchalar, qarorgohlar joylashib ,ular har jihaddan markaz shaxarga bo'y sunar edi .Markaz shaxarlar esa o'z navbatida Surxandaryodagi eng yirik shaxar -Termizga qaram edi. Shu tarzda aholi turar joylari katta shaxar (Chog'oniyon ,Termiz ) o'rtacha shaxar (Dalvarzintepa,Zartepa)shaxarcha(Jondavlatepa,Talashgantepa va boshqalar ) yirik va mayda qishloqlarga bo'lindi. Topigan 120 yodgorlikdan 40 tasini katta shaxarlar jumlasiga kiritish mumkin
Miloddan avvalgi I - milodiy III asrlarda hukmronlik qilgan Kushon podsholigi nafaqat Vatanimiz tarixida, balki butun Markaziy Osiyo tarixiy o`lkalari xalqlari iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida muhim o`rin tutgan davlatlardan biri sanaladi. Kushon podsholigiga asos solgan qabilalar tarixiy manbalarda yuechji( yovchi) va toxarlar deb nomlangan. Miloddan avvalgi II asrning to`rtinchi choragida asosan Baqtriyada hukmron bo`lgan Yunon - Baqtriya shohligi Markaziy Osiyoning shimoliy hududlarida istiqomat qilgan yuechji qabilalarining yurishi tufayli inqirozga uchragan. Milodiy I asrga kelib, Baqtriyada besh katta urug` (Xyumi, Shuanmi, Guyshuan, Xeytun va Gaofu - yoki boshqa bir manbada Gaofu o`rnida Dumi) ga bo`linib yashagan yuechji qabilalari Kujula Kadfiz tomonidan Guyshuan- Kushon urug`i qo`l ostida yagona davlatga birlashtirilgan.