«kutubxona va axborot faoliyati»



Yüklə 67,4 Kb.
səhifə1/7
tarix22.01.2023
ölçüsü67,4 Kb.
#80093
  1   2   3   4   5   6   7
Ўринбоев Муҳиддин Библиография Курс иши




O’ZBEKISTON SANAT VA MADANIYAT INSTITUTI
«KUTUBXONA VA AXBOROT
FAOLIYATI»
kafedrasi
«BIBLIOGRAFIYASHUNOSLIK»
fanidan 
Mavzu: Foydalanuvchilarning axborot madaniyati va bibliografik madaniyatini oshirish.

Bajardi:«Kutubxona axborot faolияти» yunalishi
402-gurux IV-bosqich talabasi O’rinboyev Muxiddin Nuriddin o’g’li
Tekshirdi:____________________________________
Reyting bali: ________________________________

Toshkent – 2022 y


Reja

  1. AXBOROT MADANIYATI VA UNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

  2. AXBOROT KUTUBXONA SOXASINI RIVOJLANTIRISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI.

  3. AXOLINI ELEKTRON AXBOROT RESURSLARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISIGA AXBOROT-KUTUBXONA XIZMATI KO’RSATIShNI YANADA TAKOMILLAShTIRISh TO’G’RISIDA.




Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning hozirgi sharoitida axborot- kutubxona faoliyatini rivojlantirishning maqsad va vazifalari mamlakatda amalga oshirilayotgan o’zgarishlarga va xalqaro amaliyotga mos bo’lishi zarur.
Shu munosabat bilan fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish bo’yicha konstituciyaviy huquqlarini, shu jumladan milliy qadriyatlar va jahon madaniyati, amaliy va fundamental bilimlardan bahramand bo’lishini taminlaydigan aholiga axborot- kutubxona xizmatlari ko’rsatishning sifat jihatdan yangi tizimini yaratish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish, axborot-kommunikaciya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish ustuvor vazifaga aylanmoqda.




Bu esa, axborot-kutubxona faoliyatiga, kitobxonlarga xizmat ko’rsatish, fondlarni to’ldirish va saqlash, kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy faoliyat, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va raǵbatlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirishga jiddiy tasir ko’rsatish imkonini beradi.




Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini rivojlantirish maqsadida:




1. Quyidagilar aholiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni sifat jihatidan yanada rivojlantirish sohasidagi asosiy vazifalar etib belgilansin:






axborot-kommunikaciya texnologiyalarining rivojlanishi va zamonaviy umumjahon tendenciyalarini hisobga olgan holda axborot-kutubxona faoliyatini isloh qilish;




aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko’rsatish bo’yicha ijtimoiy kafolatlarni sifatli taminlash hamda zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish maqsadida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;




hududlarda aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko’rsatishni barqaror rivojlantirishga ko’maklashish;




axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan yangi bino va inshootlarni qurish, mavjud binolarni rekonstrukciya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan taminlash;




kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, xususiy va elektron (virtual) kutubxonalar tarmoǵini rivojlantirish;




kutubxonalar faoliyatining samaradorligini va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish (shu jumladan, pulli xizmat ko’rsatish) tezkorligini oshirish uchun elektron kitoblar tarqatishga ixtisoslashgan internet-resurslar bilan hamkorlikni kengaytirish;




axborot-kutubxona muassasalari xavfsizligini hamda milliy va jahon madaniy merosining bir qismi sifatida axborot-kutubxona fondlarining yaxshi saqlanishini taminlash;




jamiyatning axborot madaniyatini, tariximizga va milliy madaniyatga qiziqishini shakllantirish va kuchaytirish, mutolaa madaniyatini oshirish va tarǵib qilish;




axborot-kutubxona muassasalarini malakali mutaxassislar bilan taminlash.




2. Quyidagilar:




a) 2019 — 2024 yillarda O’zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish koncepciyasi 1- ilovaga  muvofiq;




b) 2019 — 2024 yillarda O’zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;




v) Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazining tashkiliy tuzilmasi 3- ilovaga  muvofiq;




g) Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazining (keyingi o’rinlarda — Milliy kutubxona) xodimlar umumiy cheklangan soni 227 nafardan iborat boshqaruv apparati tuzilmasi 4- ilovaga  muvofiq tasdiqlansin.




Milliy kutubxona direktoriga, zarur hollarda, Milliy kutubxona boshqaruv apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to’lash fondi doirasida o’zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.




4. Agentlik, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus talim vazirligi, Xalq talimi vazirligi, Soǵliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining:




Milliy kutubxona qoshida 186 ta tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini tashkil etish, shuningdek, umumtalim maktablari va o’rta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari qoshida faoliyat ko’rsatayotgan barcha axborot-resurs markazlarini tugatish;




umumtalim maktablari va o’rta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalarining tugatilayotgan axborot-resurs markazlarining kitob fondlari va shtat birliklarini yangidan tashkil qilinayotgan tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlariga berish;




axborot-resurs markazlarini tugatishda umumtalim maktablari va o’rta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalarining kutubxonalarini amaldagi normativlarga muvofiq tegishli kitob fondi va shtat birliklari bilan birga saqlab qolish to’ǵrisidagi takliflari maqullansin.




5. Quyidagilar yangi tashkil etilayotgan tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:




aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko’rsatish uchun sifat jihatidan yangi va qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ularning ilmiy, talim, axborot va madaniy ehtiyojlarini qondirish;




aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ijtimoiy moslashuv va reabilitaciya, mustaqil talim olish va muloqot doirasini kengaytirish vositasi sifatida axborotdan foydalanish imkoniyatlarini yaratish;




foydalanuvchilarga har qanday (bosma, multimedia va raqamli) tashuvchilarda, shu jumladan Internet tarmoǵida sifatli axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish;




o’z axborot-resurslarini yaratish va ularni sifatli to’ldirib borish orqali kitobxonlarga ananaviy xizmat ko’rsatish usulidan ularni zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlari bilan taminlashga o’tish;




aholiga axborot-kutubxona xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha masofadan xizmatlar ko’rsatishni rivojlantirish va modernizaciya qilish.




6. Agentlik:




bir oy muddatda tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini joylashtirish hamda ularni kompyuter texnikasi va boshqa turdagi orgtexnika, mebel, shu jumladan maxsus mebel, shuningdek, tegishli kutubxona uskunalari bilan jihozlash bo’yicha talablarni ishlab chiqsin, bunda imkoniyati cheklangan shaxslarga xizmat ko’rsatish uchun o’quv zallarini maxsus kompyuter jihozlari va boshqa qo’shimcha vositalar bilan taminlashga alohida etibor qaratsin;




O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining Internet tarmoǵiga ulanishini va ular uchun Milliy kutubxona elektron resurslaridan foydalanish imkoniyatini taminlasin;




ikki oy muddatda O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda axborot-kutubxona markazlari faoliyatining reglamentini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda aholiga kuni uzaytirilgan tartibda xizmat ko’rsatilishini ko’zda tutsin;




aholiga ko’rsatiladigan pulli xizmatlar (til o’rgatish, kompyuter kurslarini tashkil etish, matnli, audio va videomateriallar nusxalarini yaratish, shuningdek, boshqa kutubxona xizmatlari) ro’yxatini kengaytirish orqali axborot-kutubxona markazlarining byudjetdan tashqari daromadlarini oshirish choralarini ko’rsin.




7. Qoraqalpoǵiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:




a) Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini joylashtirish va jihozlash talablarini hisobga olgan holda:




ikki oy muddatda tumanlar (shaharlar) markazlarida tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini joylashtirish va ularning to’laqonli faoliyat yuritishi uchun binolarni belgilangan tartibda ajratsin;




ajratilgan binolarni kapital tamirlashni taminlasin, bunda tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining o’quv zallarida va boshqa umumiy foydalaniladigan xonalarida imkoniyati cheklangan shaxslar to’siqsiz foydalanishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratsin, shuningdek, ularni zarur uskuna va texnika bilan jihozlasin;




b) tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlariga tutash hududlarni obodonlashtirish bo’yicha tegishli ishlarni amalga oshirsin va ushbu markazlarni elektr energiyasi bilan uzluksiz taminlash bo’yicha zarur choralar ko’rsin;




v) umumtalim maktablari va o’rta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalarining axborot-resurs markazlarini tugatish natijasida ishdan bo’shagan xodimlarni belgilangan tartibda ishga joylashtirish choralarini ko’rsin.




8. Belgilansinki:




Milliy kutubxonaning qo’shimcha shtat birliklarini saqlash xarajatlari 2019 yilda O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlari parametrida ijtimoiy sohaga mo’ljallangan byudjet mablaǵlari hisobidan qoplanadi, 2020 yildan boshlab esa O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida ko’zda tutiladi;




tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini saqlash xarajatlari tumanlar va shaharlar mahalliy byudjetlarida umumtalim maktablari va o’rta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalarining tugatilayotgan axborot-resurs markazlarini saqlash uchun ko’zda tutilgan mablaǵlar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;




yangi tashkil etiladigan axborot-kutubxona markazlarini kadrlar bilan to’ldirish birinchi navbatda umumtalim maktablari va o’rta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalarining tugatilayotgan axborot-resurs markazlarida faoliyat ko’rsatayotgan malakali kadrlar hisobiga amalga oshiriladi;




tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari binolarini kapital tamirlash hamda ularni zamonaviy uskuna va texnikalar bilan jihozlashni moliyalashtirish umumtalim maktablari va o’rta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalarining tugatilayotgan axborot-resurs markazlarining maqbullashtirilayotgan byudjet ajratmalari, tuman va shaharlar mahalliy byudjetlarining prognozni oshirib bajarishdan olinadigan daromadlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;




tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari kutubxona fondlarini to’ldirish, shuningdek, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan byudjet mablaǵlari, Jamǵarma mablaǵlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida amalga oshiriladi.




9. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus talim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Madaniyat vazirligi hamda Agentlik bilan birgalikda kutubxonachilik ishi sohasida mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojni o’rganish asosida sohaga ixtisoslashgan oliy o’quv yurtlariga «Kutubxona-axborot фаолияти» yo’nalishi bo’yicha o’qishga qabul kvotalari yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.




10. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining:




vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoǵiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, shu jumladan harbiy qismlarda idoraviy kutubxonalarni tashkil qilish (takomillashtirish);




idoraviy kutubxonalarning kitob fondini va moddiy-texnika bazasini yaratish, yangilash va to’ldirishni ushbu maqsadlar uchun davlat organlariga byudjetdan ajratilgan mablaǵlar, shuningdek, byudjetdan tashqari mablaǵlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish;




Agentlik takliflari asosida idoraviy kutubxonalarning kitob fondini yangilash va to’ldirish uchun zarur nashrlar ro’yxatini har yili shakllantirish to’ǵrisidagi takliflariga rozilik berilsin.




11. Agentlik va O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 21 mayni Kutubxonachilar kuni deb belgilash to’ǵrisidagi taklifi maqullansin, bunda kutubxonachilarni ko’p yillik halol mehnati va axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga qo’shgan hissasi uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlash va raǵbatlantirish ko’zda tutilsin.




Agentlik bir oy muddatda «Kutubxonachilar kunini belgilash to’ǵrisida»гi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taminlasin.




12. Agentlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birlikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o’zgartirish va qo’shimchalar to’ǵrisida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.







Yüklə 67,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin