Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
204
qo‘ng‘ir bo‘yoqqa botirib qo‘yilgan mo‘yqalamni oldi. U Buxoroda madrasada o‘qib 
yurgan paytlarida surat chizishni ham ancha mashq qilgan, mo‘yqalam tutishni sal-pal
bilar edi. Behzod chizgan suratda Shayboniyxonning soqol-mo‘ylovi haddan tash-qari 
qisqa va siyrak ko‘rsatilgan, xonning nazarida, tasvir shuning uchun jo‘nlashib ketganga 
o‘xshardi. 
— Soqolni durustroq chizmoq kerak! — deb Shayboniyxon o‘zining suratida — quloq 
yaqinida juda siyrak ko‘rsatilgan soqolni bir oz qalinlashtirmoqchi bo‘ldi. Ammo 
mo‘yqalamda bo‘yoq ko‘proq ekan, quloq oldidagi soqol birdan kigizday qalinlashib ketdi. 
Behzod sog‘ tishi sug‘urib olinayotgan odamday: 
— Ih! — dedi. 
Ammo Muhammad Solih Behzodning bilagini ma’nodor qilib qisdi-yu: 
— O! O! Hazratim mo‘yqalam tekkizishlari bilan suratga yana fayz kirdi! — dedi. 
U Behzodni falokatdan faqat xonni maqtab qutqarish mumkin ekanligini sezib shunday 
demoqda edi, buni Behzodga ham sezdirgisi kelib: 
— Mavlono, tarixiy bir hodisa yuz berdi! — dedi.— Siz chizgan suratga imomi zamon, 
Iskandari soniy o‘z muborak qo‘llarini tekkizdilar! Buni odamlar asrlar davomida bir-
birlariga aytib yurgaylar! 
Behzod xonning qilgan ishini — san’atkorga ahmoqona xo‘jayinlik qilishning namunasi 
deb bilmoqda edi. «Shu ma’noda chindan ham buni tarix unutmas, odamlar bir-birlariga 
kulib aytib yururlar», degan fikr Behzodning xayoliga endi keldi. Muhammad Solih rasm-
dagi ramziy ma’noni allaqachon payqaganini, endi xondan baloga qolmaslik uchun 
ataylab shu gaplarni aytayotganini Behzod tushundi-yu, ichki bir istehzo bilan xonga 
ta’zim qildi: 
— Qulingiz chizgan suratga xalifai zamonamizning nazarlari tushganidan boshim ko‘kka 
yetdi! 
— Barakalla! — deb xon uni endi maqtadi. 
Xonning qo‘li bilan chaplangan soqol quloq yaqiniga yopishtirib qo‘yilgan po‘stak 
parchasiga o‘xshar edi. Behzod ichida: «Battar bo‘lsin!» dedi-yu, xon bu soqolni qanday 
xunuk chaplagan bo‘lsa, shundayligicha qoldirdi. 
3 
Xadicha begim kirib bekingan Ixtiyoriddin qal’asi Ubaydulla Sultonni o‘n yetti kun ovora 
qildi. Nihoyat, qal’a devorining otbozoriga tutashgan nochorroq bir joyini tagidan kavlab, 
naqb solib* buzib kirdilar. Qal’ani mudofaa qilib turgan ellik-oltmish yigit bitta qolmay 
qirib tashlandi. Qo‘lga tushgan qiz-juvonlar g‘olib qo‘shinning bek va navkarlariga 
ulashildi. 
Xadicha begimning o‘zi haramning ichma-ich eshiklarini orqasidan tambalatib, eng 
to‘rdagi bir xonaga kirdi-yu, yonida qolgan kanizlarga buyurdi: 
— Tantanali marosimlarda kiyadigan kiyimlarimni keltiring! 
Ubaydulla Sultonning navkarlari haramning ichida tambalangan eshiklarini buzib 
kirgunlaricha Xadicha begim katta gavhar qadalgan binafsharang toqisini boshiga kiyib
yasanib, oxirgi eshikdan o‘zi chiqib keldi. Oltin aralash ipakdan to‘qilgan qabosi ko‘zni 
qamashtirar edi. Qaddini tik tutib kelayotgan barvasta ayol malikalarga xos ulug‘vorlik 
bilan shoshilmay eshikdan chiqar ekan, qilich yalang‘ochlagan, hansiragan navkarlarni 
uning salobati bosdi. Xadicha begim boshini mag‘rur tutib yaqin kelganda navkarlar 
beixtiyor o‘zlarini chetga olib, unga yo‘l berdilar. Begim ularning sarkardasini so‘radi. 
Navkarlar uni hovlida otliq turgan Ubaydulla Sultonning oldiga boshlab chiqdilar. Hamon 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin