Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
95
Mol-mulkini talatibdir! 
— Qasos qaytar ekan-da! — dedi Qosimbek. — Do‘stbekning o‘zi Andijonda bizning mol-
mulkimizni talatgan edi. 
— Janob amiral umaro, Tanbalning amaldoru soliqchilari ham jabr-zulmni haddidan 
oshirib yubordi. El-yurt ularga qarshi isyon ko‘taradigan bo‘lib turibdir. Ayniqsa, 
marg‘ilonliklar hozir jo‘shu xurushga kelgan. «Bobur mirzo kelsalar qo‘rg‘on 
darvozalarini ochib bergaymiz!» deb, tog‘oyingiz meni huzuringizga yubordilar. 
— Tog‘oyimiz Tanbal bilan til biriktirib, bizni unga tutib bersalar-chi?! 
— Tepamizda xudo turibdir, amirzodam! — deb chopar qasam ichdi. — Hazrat 
momongiz Eson Davlat begim Ali Do‘stbekka yaqin qarindosh ekanlar. Momongiz 
yaqinda Marg‘ilonga boribdilar. 
— Siz momomni o‘sha yerda ko‘rdingizmi? 
— Ha, maslahatlarini ham oldim. «Ali Do‘stbek bilan Tanbalning yovlashgani rost!» 
dedilar. Momongiz sizga salom aytdilar, «Tezroq yetib kelsinlar!» deb tayinladilar. 
Bobur endi hayajon bilan o‘rnidan ko‘tarildi: 
Janob Qosimbek, tavakkal qilaylik! Odamlarga buyuring. Darhol ko‘ch yig‘ishtirsinlar! 
O‘sha kuni qorong‘i tushguncha barcha o‘tovlar qatori Boburning qoyatosh* ustidagi 
chodiri ham yig‘ishtirib olindi. Tuni bilan yo‘l yurib, sahar palla Xo‘janddan berida bir-ikki 
soat dam oldilar-da, yana yo‘lga tushdilar. To‘rt kunlik yo‘lni bir yarim kunda shitob bilan 
bosib o‘tdilar. Marg‘ilondan berida Isfayramsoy shovullab oqmoqda. Sahar palla edi. Soy 
bo‘yida birpas to‘xtadilar. Bobur soy suvidan tahorat olib, ikki rakat namoz o‘qidi. 
Joynamoz ustida o‘ltirib, Sohibqiron bobokaloniga bag‘ishlab tilovat qildi, ulug‘ ajdodlar 
ruhidan madad so‘rab, yuziga fotiha tortdi. So‘ng tong qorong‘usida Marg‘ilon 
qo‘rg‘onining yopiq darvozasi oldiga keldilar. 
Ali Do‘stbek darvoza qorovulxonasida ularni kutib o‘ltirgan ekan. Darvozani to‘rt enlik 
ochib, qo‘rqa-pisa Boburga murojaat qildi: 
— Amirzodam, Andijonda qilgan gunohlarim uchun afv so‘raymen! Tanbal hammamizni 
aldagan ekan! 
— Minba’d sadoqat saqlay olurmisiz?! — shiddat bilan so‘radi Bobur. 
— Qur’oni karim oldida so‘z berurmen, umrbod sodiq qulingiz bo‘lurmen, amirzodam! 
Faqat meni inoyatlaringizdan mahrum qilmasangiz, bas! 
— Inoyatlar istaganingizdan ham ziyoda bo‘lg‘usidir. Oching, darvozani! 
Bu buyruqni Ali Do‘stbek darhol ado etdi. Bobur fonus yorug‘i tushib turgan 
darvozaxonaga kirganda Ali Do‘stbek o‘zini uning oyog‘i tagiga tashlab yukundi. Bobur 
uni qo‘ltig‘idan olib turg‘izdi: 
— Ma’zursiz! Tanbalning sodiq odamlari bo‘lsa, hozir uyquda tutdirmoq kerak! 
— Uning talonchilari uxlab yotgan joylarini bilurmen! 
— Janob Qosimbek, bizning navkarlarimizga siz bosh bo‘ling! 
________________ 
* Tarixi arbaa ulus to‘rt ulus tarixi demakdir. 
* Ovchi qishlog‘i va undan pastroqdagi qoyatosh hozir ham bor. O‘sha joyning turkiyzabon aholisi bu qoyatoshni «Boburtosh» deydi, 
tojikzabon aholisi esa uni «Sangi Boburxon» deb ataydi.
* * * 
Tong yorishganda Marg‘ilon ko‘chalarida otliq jarchilar Bobur mirzoning qaytib kelganini 
e’lon qildilar. Tanbalning ko‘pchilik odamlari qurolsizlantirilgani ham shaharliklarga 
ma’lum bo‘ldi. Butun Marg‘ilon ahli oyoqqa qalqdi. Shahar a’yonlari Bobur kelib tushgan 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin