Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə104/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   533
Quvonova Word

8.1 Sifatlarning yasalishi
(Die Bildung der Adjektive)

Nemis tilida sifat boshqa so‘z turkumlaridan ham yasalishi mumkin.Sifat yasovchi qo‘shimchalarning eng muhimlari quyidagilar:


-ig qo‘shimchasi bilan asosan otlardan sifat yasaladi:
die Macht (kuch) – mächtig (kuchli)
die Sonne (quyosh) – sonnig (quyoshli)
- lich qo‘shimchasi bilan ham otlardan sifat yasaladi:
der Mensch (kishi) - menschlich (kishilik)
der Freund (do‘st) – freundlich (do‘stlik)
- isch qo‘shimchasi bilan ot negizlaridan sifatlar yasaladi:
die Stadt (shahar) – städtisch (shaharlik)
-er qo‘shimchasi bilan shahar nomlaridan sifat yasalib bosh harf bilan yoziladi:
Das Taschkenter Theater – Toschkent teatri
Das Karschiener Bahnhof - Qarshi vokzali
- los qo‘shimchasi otlarga qo‘shilib, o‘zbekcha – siz, -be qo‘shimchasiga to‘g‘ri keladi:
die Arbeit (ish) – arbeitslos (ishsiz)
die Hilfe (yordam) – hilflos (yordamsiz)
Va yana quyidagi suffikslar sifat yasashda -bar, - sam, -haft, (-haftig),-en (-ern) qo‘llanadi: wunderbar, silbern, seiden, wahrhaft, langsam,fruchtbar.
un- prefiksi sifat yasashda sermahsul hisoblanadi:untreu, unreif.
ur-, miß-,erz- prefikslari sifat yasashda kamroq ishlatiladi: uralt, mißliebig, erzfaul.
Qo‘shma sifatlar miqdori nemis tilida qo‘shma otlarga qaraganda kamroqdir. Qo‘shma sifatlarning birinchi komponenti esa sifat yoki sifatdoshdan tashkil topadi: altklug, lebenswichtig, friedliebend, v.b.
8.2 Sifatlarning bo‘linishi
(Die Einteilung der Adjektive)

Odatda sifatlar anglatgan ma’nosiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: asliy sifatlarga (qualitative Adjektive) va nisbiy sifatlarga (relative Adjektive) bo‘linadi.


Asliy sifatlar tub so‘zlardan iborat bo‘lib, predmetning belgisini bevosita, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalaydi, uni darajalab ko‘rsatadi. Asliy sifatlar belgi jihatdan har xil bo‘lib, rang tusni (gelb, rot, weiß), ta’m-mazani (süß, bitter, sauer), hajmni (breit, groß, hoch), holat, ichki hissiyotni (blind, stumm, krank) , ijobiy yoki inkor ma’nosini (gut, schlecht), tashqi formasini (schlank, rund) ifodalab kelishi mumkin.
Nemis tilida asliy sifatlarning ko‘pi to‘la paradigmaga ega: ular turlanadi, daraja formalariga ega , gapda aniqlovchi va predikativ vazifasida qo‘llanadi.Ammo nemis tilida sifatlar qisqa (turlanmaydigan) formaga ham ega: Sie sind gesund.Der Himmel ist blau.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin