Nemis tili morfologiyasi: nemis tilidagi so‘z turkumlarini ajrata olish, so‘z turkumlarining grammatik kategoriyalarini farqlay olish va jumlalarda ularni to‘g‘ri ishlata olish;
Nemis tili sintaksisi: darak gaplarda va so‘roq gaplarda gap tuza olish, qo‘shma gaplarni to‘g‘ri ishlata bilish.
2. Nemis tili leksikasi: - Sinonim, antonim, ko‘p ma’noli so‘zlar, mavzularga oid so‘zlarni farqlay olish va ularni jumlalarda to‘g‘ri ishlata bilish.
- Frazeologik birikmalarni va maqollarni izohlay olish hamda berilgan matnga mos maqol qo‘yish.
3. Matnlar bilan ishlash - Matnning umumiy ma’nosini tushunish;
- Matndagi konkret ma’lumotni topa olish;
- Matndagi yashirin ma’noni topa olish;
- Berilgan so‘zning konteksdagi ma’nosini aniqlay olish.
Matnlar darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, gazeta , jurnal, badiiy adabiyot, internet, ensiklopediya kabi manbalardan olinadi.
Qo‘llanmaning asosiy vazifasi va maqsadi:
a) fonetik, grammatik va leksik material asosida o‘quvchilarda, talabalarda so‘z boyligini oshirish;
b) Nemis tilini chuqur va atroflicha o‘rganish uchun poydevor vujudga keltirish.
Qo‘llanmaning morfologiya qismida so‘z turkumlarining har biriga nazariy ma’lumotlar beriladi, mavzularga oid berilgan so‘zlar lug‘ati til o‘rganuvchilarga grammatikaga oid atamalarning ma’nolarini anglashni yengillashtiradi. Sintaksis qismida gap , asosan qo‘shma gap turlari izohlangan.O‘lkashunoslik qismida Germaniya mamlakati, mashhur kishilari, diqqatga sazovor joylari,urf –odatlari hamda nemis tilini o‘rganayotgan mamlakatlar haqida batafsil ma’lumot keltirilgan.
Ushbu qo‘llanmani yozish jarayonida chet tillarni o‘qitish bo‘yicha o‘rtaga qo‘yilayotgan talablardan kelib chiqib, ularni tezroq o‘rganishning yangi usullarini izlab topishga va tatbiq etishga harakat qilindi.O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limning joriy etilishi barcha fanlardan o‘quv qo‘llanmalarga bo‘lgan talabni yanada kuchaytirib yubordi, chunki oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun chet tillardan (jumladan nemis tilidan ham) tuzilgan testlar materialining 85-90 % ini grammatik materiallar hamda sinonim,antonim,maqollar va frazeologik birikmalar tashkil etadi. Shu jihatdan ishonch bilan aytish mumkinki, qo‘llanma talabalarning oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun testga bo‘lgan barcha talablarini to‘lig‘icha qondiradi.
Qo‘llanmada 2400 ga yaqin mavzularga oid va 1500 ta variantlarga oid turli xil qiyinchilik darajasidagi testlar jamlangan bo‘lib o‘rta hisobda 272 soat (14330 min) individual shug‘ullanuvchi o‘qituvchi (repititor) yordamida va 572 soat (28610) mustaqil mavzularni o‘zlashtirish va testlar yechish uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada har bir mavzu uchun repititor yordamida o‘tiladigan darsning mehnat hajmi va mustaqil o‘quvchining o‘zi ishlashi uchun mavzuning mehnat hajmi aniq ko‘rsatilgan. Qo‘llanmada mavzular ketma – ketligi maqbul joylashtirilgan, oldingi mavzularni takrorlash uchun test variantlari berilgan. Qo‘llanma Oliy o‘quv yurtiga kiruvchi abituriyentlar uchun , haftalik 360- 480 min repititor yordamida va 750-1100 min o‘zi mustaqil shug‘ullanishiga mo‘ljallangan bir yillik dastur asosida tuzilgan.
Qo‘llanma nafaqat oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar,balki talabalar va nemis tilini o‘rganishni istagan barcha qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
Bu ish shu sohadagi birinchi tajriba bo‘lganligi uchun unda kamchiliklar bo‘lishi tabiiydir.O‘z fikr va mulohazalaringizni bildirsangiz avtor samimiy minnatdorchiligini izhor etadi.
Muallif ish jarayonida qimmatli fikr, taklif va maslahatlarini bergan Qarshi Davlat Universiteti Roman – german tillar kafedrasidagi kasbdoshlariga samimiy minnatdorchiligini izhor etadi.