Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə120/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   533
Quvonova Word

Ein(s),zwei,drei sonlaridan boshqa sanoq sonlar turlanmaydi. chunki eins, zwei, drei sanoq sonlar otga moslashuv yo‘li bilan birikadi. Ein(s) soni noaniq artikl kabi hamma kelishiklarda turlana oladi. Ein sanoq soni rod va kelishikda o‘zgaradi. Bu son alohida qo‘llanganda dieser ko‘rsatish olmoshidek turlanadi:


Kasus

Maskulinum

Femininum

Neutrum

N.
G.
D.
Akk.

einer
eines
einem
einen

eine
einer
einer
eine

ein (e) s
eines
einem
ein (e) s

Masalan: Zwei Augen sehen mehr als eins. (Maqol)


Ein sanoq soni aniq artikl bilan qo‘llanganda sifatlarning kuchsiz turlanishi bo‘yicha (der eine, die eine, das eine) turlanadi. Agar ein sanoq soni artiklsiz qo‘llansa , egalik olmoshlaridek turlanadi. Bu holda u shaklan noaniq artikl bilan bir xil bo‘lsada, mazmunan undan farq qiladi. Noaniq artikl urg‘usiz bo‘ladi, sanoq songa esa har doim urg‘u tushadi:
Er hatte drei Söhne und eine Tochter.
Zwei va drei sonlari ham turlanishi mumkin Bunda ular faqat Genetivda zweier,dreier, shaklida,Dativda esa zweien,dreien shaklida bo‘ladi, shuning uchun ham sanoq sonlar tarixan turlanadigan so‘z turkumlaridan hisoblanadi.Lekin hozirgi nemis tilida ko‘rsatilgan kabi sanoq sonlarining eski turlanish formalari o‘rniga ko‘proq predlogli sanoq sonlar qo‘llanmoqda: zweier Männer o‘rniga – von zwei Männern kabi.
Nemis tilida ba’zan sonlar qo‘sh formaga ega.Ular ba’zan sanoq son bo‘lib kelsa, ba’zan otlashib keladi: hundert – das Hundert; tausend – das Tausend.
Sanoq sonlar gapda ko‘pincha matematika fanida mustaqil qo‘llana oladi:
To‘rt amal (die Grundrechnungsarten):

  1. qo‘shish – die Addition (addieren, zusammenzahlen):

15+5 = 20 (fünfzehn plus fünf ist zwanzig);

  1. ayirish – die Subtraktion (subtrahieren, abziehen ):

25 -5 = (fünfundzwanzig minus fünf ist zwanzig );
c) ko‘paytirish – Multiplikation (multiplizieren, malnehmen):
4× 3 = 12 (vier mal drei ist zwölf );
g) bo‘lish – die Division (dividieren, teilen ):
9 : 3 = 3 (neuen durch drei ist drei ).
3² = 9 3 hoch 2 ist 9 (3 zum Quadrat ist 9).
2,3 zwei Komma drei.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin