Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


Sifatdosh formalarining ma’nosi va qo‘llanilishi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə198/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   533
Quvonova Word

27.2 Sifatdosh formalarining ma’nosi va qo‘llanilishi
(Bedeutung und Gebrauch der Partizipien)

Sifatdosh ham fe’llik, ham sifatlik xususiyatlariga ega.Ularning sifatlik xususiyati shundan iboratki, sifatdosh ham sifat kabi predmetning belgisini bildiradi. Biroq sifat predmetning turg‘un, harakatga bog‘liq bo‘lmagan belgisini (der kluge Knabe) bildirsa, sifatdosh uning harakat, holatga oid belgisini (der laufende ,eingeschlafene Knabe) ifodalab, aniqlovchi funksiyasini bajaradi. Aniqlovchi vazifasida kelgan sifatdosh sifatlardek turlanadi va shuning uchun ham osonlik bilan sifatga ko‘chadi: der lesende Student, das gelesene Buch.


Sifatdosh formalari fe’llik xususiyati shundan iboratki, ular o‘timli fe’llardan yasalgan sifatdosh I va II qiyoslanganda nisbat ma’nosini ifoda etadi: der lesende Schüler, der gelesene Romen.
Sifatdoshlar quyidagi fe’llik xususiyatlariga ega: nisbiy zamon ma’nosiga, daraja hamda boshqaruvga. Biroq sifatdoshlarda shaxs, son va mayl kategoriyalari bo’lmaganligi sababli, ular tuslanuvchi fe’llar singari absolyut zamon ma’nosiga ega emas.
Sifatdosh I qaysi so‘z turkumi oldida kelishiga qarab turli sintaktik vazifani bajaradi.Sifatdosh otlar oldida kelganda aniqlovchi vazifasini bajarib, tugallanmagan, davom etayotgan ish- harakatni ifodalaydi. Uning zamon ma’nosi tuslanuvchi fe’l formasi bilan belgilanadi. Sifatdosh I bildirgan ish-harakat gapning kesimi ifodalagan ish-harakatga vaqt jihatdan mos keladi.Sifatdosh I ning ot oldida aniqlovchi vazifasini bajarib kelishi o‘zbek tilida hozirgi zamon sifatdoshi yordamida ifoda etiladi:
Die spielenden Kinder lachen laut.
O‘ynayotgan bolalar baland ovozda kulayaptilar.
der lesende Student – o‘qiyotgan student
der schreibende Student – yozayotgan student
Demak, sifatdosh I ham hozirgi, ham o‘tgan zamonda bo‘lgan ish-harakatni ifodalaydi:

javob berayotgan talaba.


der antwortende Student javob bergan talaba

Sifatdosh I fe’l oldida qo‘llansa, u hol vazifasini bajaradi va o‘zbek tilida –(i)b affiksi yordamida yasaladigan ravishdosh bilan ifoda etiladi::


....stehend las er eine Zeitung.
....u turib gazeta o‘qiyapti
Lachend trat er ins Zimmer ein.
Kulib u xonaga kirdi.
Sifatdosh I aktiv va passiv ma’nolarini ifoda eta olsa ham ko‘pincha aktiv ma’noda qo‘llanadi. Masalan:
der lesende Student (der Student, der liest) – aktiv;
die betreffende Person (die Person, die betroffen) wird- passiv
Sifatdosh I sifatlar kabi daraja ma’nosini ham anglatadi: die schreiendsten (grellsten) Farben;
Sifatdosh I ot va sifatlardagi kabi „un“- prefiksi yordamida inkor ma’nosini ifoda etadi: Unfühlend ist die Natur. (J.Goethe.)
Lekin sifatdosh I da inkor ma’nosi nicht so‘zi yordamida ham ifodalanishi mumkin ( sof fe’llardan yasalgan sifatdoshlarda ) masalan: die nicht arbeitenden Drohnen,ein nicht genau zutreffender Vergleich.
Ba’zan esa ma’lum bir sifatdoshning o‘zi goh un- prefiksi bilan, goh esa nicht yuklamasi bilan inkor ma’nosini bildiradi va o‘zbek tiliga hozirgi –kelasi zamon sifatdoshining bo‘lishsizlik formasi yordamida ifoda etilishi ham mumkin. Masalan:
ein unerfüllternicht erfüllter Wunsch
bajarilmagan istak
eine unzureichendenicht zureichende Unterstützung.
Sifatdosh I un- prefiksi bilan birga ishlatilganda inkor ma’nosini ifoda etish bilan bir vaqtda, sifat ma’nosida qo‘llanadi.
unbedeutend – bir oz kam, ozgina
unbefriedigend – qanoatlanarsiz
unzureichend – yetarli emas, kam
Sifatdish I va o‘timsiz fe’llarning sifatdosh II formasi aniq nisbat ma’nosiga ega. Unda ikki shakl mavjud: o‘zgaradigan va o‘zgarmaydigan. Uning o‘zgarmaydigan shakli ot bilan rod, son va kelishikda moslashmaydi. O‘zbek tilidagi ravishdoshga to‘g‘ri keladi va gapda ravish holi vazifasini bajaradi:

sitzend-o‘tirib, schreibend-yozib


lesend-o‘qib, aufstehend-tik turib.

Der Student antwortet aufstehend.Talaba turib javob beryapti.

Uning o‘zgaradigan shakli esa ot bilan rod, son va kelishikda moslashadi va gapda aniqlovchi hisoblanadi. Ular sifatlarga o‘xshab turlanadi.
Der Ball des spielenden Jungen.-O‘ynayotgan bolaning koptogi.
Demak, sifatdoshlar hol vazifasida ham kela oladi.
Sifatdosh II ham ikki xil shaklga ega: o‘zgaradigan va o‘zgarmaydigan. Uning o‘zgarmaydigan shakli gapda o‘zgarmagan holda ishlatiladi va kesimning bir qismi bo‘lib keladi:

Die Tür ist geschlossen- eshik yopilgan.


Der Zug ist angekommen-poezd kelgan.

Uning o‘zgaradigan shakli ot bilan rod,son va kelishikda moslashadi. Gapda aniqlovchi bo‘lib keladi va sifatlarga o‘xshab turlanadi.


O‘timli fe’lning sifatdosh II shakli tuslanuvchi fe’l bildirgan ish-harakatdan oldin yuz bergan ish- harakatni bildiradi va majhul nisbat ma’nosiga ega bo‘lib, tugallangan ish-harakatni ifodalaydi.
Das gelesene Buch –o‘qilgan kitob
Der geschriebene Brief – yozilgan xat
O‘timsiz fe’llarning sifatdosh II shakli tugallangan ish-harakatni ifodalaydi, biroq aniq nisbat ma’nosiga ega bo‘ladi:
Das eingeschlafene Kind-uxlagan bola.
Die angekommene Delegation – yetib kelgan delegatsiya
Uzoq davom etadigan holat yoki prosessni anglatuvchi o‘timsiz fe’llar (brennen, blühen, sitzen, stehen) ning sifatdosh II shakli mustaqil qo‘llana olmaydi. Bu fe’l faqat fe’lning analitik zamon formalarini yasash uchun hizmat qiladi. Ma’nosi chegaralanmagan fe’llarning sifatdosh II shakli esa tuslanuvchi fe’l ifodalagan ish- xarakat bilan birga bo‘ladigan ish- harakatni bildiradi:
Der General ging durch die Straße, begleitet von seinen Adjutanten.
Sifatdoshlar boshqaruv xususiyatiga ham ega. Masalan:
spähen (nach D) – spähend (nach D)


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin