Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə199/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   533
Quvonova Word

Eslatma: O‘zlik fe’llarining sifatdosh I shakli sich bilan qo‘llanadi, ammo sifatdosh II shakli sich siz qo‘llanadi:
sich lehnen – sich lehnend – gelehnt
sich verbeugen – sich verbeugend - verbeugent
Sifatdosh I va II gapda ajratilgan so‘z birikmasini tashkil etib qo‘llanishi ham mumkin:
Den Worten des Redners folgend, schrieb der Mann etwas
in sein Notizbuch.
Diesen Brief lesend, lächelte er.
27.3 Sifatdosh I ning zu yuklamasi bilan qo‘llanilishi
(Das Partizip I mit der Partikel zu )

Partizip I zu yuklamasi bilan ham qo‘llanib, aniqlovchi bo‘lib kelishi mumkin. Bunday paytda u majhul nisbat ma’nosiga ega bo‘lib, zaruriyat yoki imkoniyatni ifodalaydi va o‘zbek tilida egalik qo‘shimchasini olgan harakat nomi orqali ifoda etiladi, masalan:
Das zu kaufende Lehrbuch- sotib olinishi kerak bo‘lgan darslik.
Die zu lösende Aufgabe – yechilishi lozim bo‘lgan masala.
Der zu lesende Stoff – o‘qilishi zarur bo‘lgan material
Zu yuklamasi bilan qo‘llangan partizip I konstruksiyasi müssen, sollen va können modal fe’llari bilan qo‘llangan aniqlovchi ergash gap yoki infinitiv passiv bilan almashtirilishi mumkin:
Die zu erfüllende Arbeit.
Die Arbeit, die erfüllt werden muss (oder kann)
Das zu lösende Problem ist schwer.
Das Problem, das gelöst werden soll, ist schwer.
Das zu besprechende Thema.
Das Thema ist zu besprechen.
Demak, sifatdosh I zu yuklamasi bilan bog‘lanib kelganda, faqat attributiv funktsiyasida ishlatilib, passivni ifoda etadi va zaruriyat ma’nosini anglatadi.
Masalan: ein zu lesendes Buch so‘z birikmasi „o’qilishi zarur bo’lgan kitob“ degan ma’noni ifoda etadi.
Zu yuklamali sifatdosh va zu yuklamali infinitiv ma’no jihatidan bir- biriga mos keladi, qiyoslanganda:
a) diese schwer zu lösende Aufgabe.(zu -sifatdosh)
Diese Aufgabe ist schwer zu lösen.(zu - infinitiv)
b) Ein nicht zu übersehender Mangel. (zu -sifatdosh)
Ein Mangel ist nicht zu übersehen.(zu - infinitiv)


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin