Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


So‘zlarning o‘zaro sintaktik aloqaga kirishuvi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə284/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   533
Quvonova Word

35.2 So‘zlarning o‘zaro sintaktik aloqaga kirishuvi
(Die Mittel der Wortverbindung im Satz)
Tilda so‘zlarning o‘zaro sintaktik aloqaga kiritadigan maxsus vositalar bo‘lib, ular quyidagilar:
1. Moslashuv (die Kongruenz, die Übereinstimmung);
2. Boshqaruv (die Rektion);
3. Bitishuv (die Anschließung);
4. Intonasiya (die Intonation);
5. So‘z tartibi (die Wortfolge);
1. Moslashuv.Bunda tobe so‘z hokim so‘zning barcha grammatik formalarini qabul qiladi va unga moslashadi: eine lustige Geschichte.
Ko‘rinib turibdiki, aniqlovchi bo‘lib kelayotgan tobe so‘z – sifat (lustig), aniqlanmish bo‘lib kelayotgan hokim so‘z – ot (Geschichte) kelishik, rod va sonda moslashgan.
Izohlanuvchilar (die Apposition) izohlanmish bilan kelishik va sonda moslashadilar
Kesim esa ega bilan son va shaxsda moslashadi: Der Vogel singt, das Wasser rauscht.
2. Boshqaruv. Bunday bog‘lanishda tobe so‘z hokim so‘zning talabi bilan o‘z formasini o‘zgartiradi. Bosqaruvda hokim so‘z boshqaruvchi, tobe so‘z esa boshqariluvchi sanaladi.
Boshqaruv vositasiz va vositali bo‘lishi mumkin.
Vositasiz boshqaruvda so‘zlar bir – biri bilan kelishik yordamida aloqaga kirgani uchun ham kelishikli boshqaruv deb ham yuritiladi: den Fußball scheiben, die Ernte einbringen.
Vositali boshqaruvda esa so‘zlar o‘zaro predloglar yordamida bog‘lanadi. Shunga ko‘ra u predlogli boshqaruv deb ham aytiladi: sich nach jemandem sehnen, um etwas bitten, über jemanden sprechen;
Boshqaruv quyidagi bog‘lanishlarni ifodalaydi:
a) to‘ldiruvchining kesim bilan bog‘lanishi: jemanden sehen, etwas hören, etwas einsalzen, auf jemanden warten.
b) aniqlovchi otning aniqlanmish otga tobelik yo‘li bilan bog‘lanishini: die Ankunft der Delegation.
3. Bitishuv. Bitishuvda hokim so‘zning grammatik formalari, ularning o‘zgarishi tobe so‘zga ta’sir qilmaydi. Ularning o‘zaro aloqasi tartib va intonatsiya orqali ifodalanadi. Bunda tobe so‘z formal jihatdan o‘zgarmaydi. Boshqacha aytganda, bitishuv „o‘zgarmaydigan, shakllanmaydigan “ so‘zning boshqa biror so‘zga tobelanib bog‘lanishidir. Tobe so‘z hokim so‘zdan oldin yoki keyin turadi.
Bitishuv quyidagi bog‘lanishlarda uchraydi:
a) Ravish bilan ravishning bog‘lanishida: sehr gern, sehr gut, ziemlich oft.
b) Ravish bilan fe’lning bog‘lanishida: schnell laufen, langsam gehen.
d) Ravish bilan sifatning bog‘lanishida: völlig ruhig, ganz klein, sehr hübsch.
e) Ravish bilan sifatdosh I va II ning bog‘lanishida: laut sprechend, leise lesend, ein fehlerlos geschriebener Aufsatz.
h) Infinitiv yoki infinitiv gruppaning ot, sifat va fe’l bilan bog‘lanishida (agar infinitiv kesim bo‘lib kelmagan bo‘lsa): die Art zu sprechen.
g) Predlogli iboralarning fe’l, ot, sifat, sifatdosh, olmosh va son bilan bog‘lanishida: die Werke von Navoi, bleich vor Angst, rot vor Scham, keiner von uns.
4. Intonatsiya. So‘zlarni o‘zaro sintaktik munosabatga kiritishda intonatsiya muhim rol o‘ynaydi. U so‘zlarni birikmalarga, birikmalarni esa gapga birlashtiradi. Intonatsiya quyidagi ma’nolarni anglatadi:
a) gapning mazmun – grammatik jihatdan tugalligini ifodalaydi: Die Arbeiter bauen Häuser.
b) so‘z yoki so‘z birikmalariga tugal gap shaklini beradi: Ruhe! Komm her! Hilfe!
d) gapdagi ayrim bo‘laklarni ajratilganligini ko‘rsatadi:

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin