Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə283/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   533
Quvonova Word

Hefte und Bücher stehen auf dem Tisch.
Tobe holda bog‘langan so‘zlar (die untergeordneten Wortgruppen) ham ikki yoki undan ortiq so‘zning ozaro aloqaga kirishidan yasaladi. Biroq bunda so‘z hokim, qolganlari esa unga tobe sanaladi. Tobe so‘zlar hokim so‘zga har jihatdan moslashadilar, uni aniqlash va to‘ldirish uchun hizmat qilganlari uchun ham bunday bo‘g‘lanishni – tobelik yo‘li bilan bog’lanish deb yuritiladi. Hokim va tobe so‘zlar gapning boshqa – boshqa bo‘lagi bo‘lib keladi:eine neuer Colleg, der kommende Student, eine Wohnung mieten.
Ot, fe’l, sifat, sifatdosh, infinitiv, ravish yoki olmosh ko‘pincha
hokim so‘z bo‘lib keladi hamda o‘ziga xos so‘z birikmasini tashkil
etadi.
a) otli birikma (die Substantivgruppe). Bu birikmada ot hokim so‘zdir: der unvergeßliche Tag, ein Teil der Vorschläge, das Wasser im Brunnen.
b) fe’lli birikma (die Verbgruppe) da hokim so‘z fe’l sanaladi.eine Vorlesung halten, schnell laufen, hoch springen.
d) sifatli birikma (die Adjektivgruppe) da hokim so‘z sifat: der Arbeit fähig, dem Vater ähnlich, berühmt durch Baumwollzucht.
e) sifatdoshli birikma (die Partizipgruppe) da sifatdosh hokim so‘z bo‘ladi: fhöhlich singend, schnell schreitend, in der Stadt angekommen.
f) Infinitivli birikma (die Infinitivgruppe) da hokim so‘z infinitiv hisoblanadi: das Gedicht auswending zu lernen, den Kranken zu besuchen.
g) ravishli birikma (die Adverbgruppe) da ravish hokim so‘zdir: zeimlich oft, recht langsam, sehr schön.
h) olmoshli birikma (die Pronomengruppe) ga olmosh hokim so‘z bo‘ladi: niemand von uns, sie zwei.
Bu so‘z birikmalari orasida eng ko‘p qo‘llanadigan otli, fe’lli va sifatli birikmadir.
Ot fe’ldan boshqa hamma so‘zlarga hokim so‘z bo‘lib kela oladi.
Fe’l esa o‘zidan va sifatdan boshqa hamma so‘zlarga hokim so‘z bo‘lib kela oladi: Baumwolle pflücken, zu Tisch bitten, ihn loben, ihm danken.
Ba’zan shunday so‘z birikmalari ham uchraydiki, ular tamoman turg‘un so‘z birikmasiga aylanib qolgan. Bunday turg‘un birikmalar birga qaralgandagina ma’lum tushunchani ifodalaydi: Durst haben, zum Ausdruck bringen, zum Andenken schenken, in Briefwechsel stehen, Hilfe leisten.
Birikmalar tuzilishiga ko‘ra yig‘iq va yoyiq so‘z birikmalariga bo‘linadi.
Ikki so‘zdan yasalib, mustaqil ma’no anglatgan so‘z birikmalariga yig‘iq so‘z birikmalari deyiladi: der alte Mann, (er) saß schweigend.
Sodda so‘z birikmalariga mazmunan to‘g‘ri keladigan so‘zlar yoki so‘z birikmalarini qo‘shish orqali kenggaytirilgan birikmalar yoyiq so‘z birikmalari deyiladi: der alte Mann mit dem schweren Sack; (er) saß lange schweigend.


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin