Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə291/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   533
Quvonova Word

6)“Es“ shaxssiz olmoshi bilan:
Es ist kalt – sovuq
Es regnet im Herbst oft.
Kuzda tez tez yomg‘ir yog‘ib turadi.
Kesim (Das Prädikat)
Kesim eganing holatini, harakatini, qandayligini, kim yoki nima ekanligini anglatadi. Kesim was tut das Subjekt? (nima qiladi?), wie ist das Subjekt (qandaydir?) was ist das Subjekt (kimdir? nimadir?) was macht das Subjekt ?, wie ist das Subjekt ? , was wird mit dem Subjekt gemacht ?, was wird vom Subjekt ausgesagt ? (ega nima qilyapti ?, ega nima? , ega qanaqa ? ega bilan nima qilinayapti ?, ega haqida nima deyilyapti ?) so‘roqlariga javob bo‘ladi:
Die Schüler turnen jeden Tag. Was tun die Schüler ? Sie turnen.
O‘quvchilar har kuni sport bilan shug‘ullanadi.
Das Buch ist neu. Wie ist das Buch? Das Buch ist neu. Kitob yangi.
Er ist Soldat. Wer ist er? Er ist Soldat. U soldat.
Kesimning turlari (Arten des Prädikates)
Nemis tilidagi kesim, o‘zbek tilidagi kabi, ikkiga bo‘linadi: fe’l kesim va ot kesim.
1) Shaxs bildirgan fe’l bilan ifodalangan kesim fe’l kesim deyiladi. Masalan
Wir lernen in der Schule.
Biz maktabda o‘qiymiz .
Mein Vater arbeitet in der Fabrik.
Mening otam fabrikada ishlaydi.
Fe’l kesim sodda yoki qo‘shma bo‘ladi:
Shaxc bildirgan bir fe’l bilan ifodalangan kesim sodda fe’l – kesim (das einfache verbale Prädikat) deyiladi, masalan:
Der Student schreibt – student yozyapti.
Der Student hat geschreiben – student yozdi.
Der Student wird schreiben – student yozadi.
Ikki fe’l bilan ifodalangan qo‘shma fe’l kesim (das zusammengesetzte verbale Prädikat ) deyiladi, masalan:
Er kann deutsch sprechen.
U nemischa gaplasha oladi.
Ich will ins Kino gehen.
Men kinoga bormoqchiman.
Dieser Schüler begann gut zu lernen.
Bu o‘quvchi yaxshi o‘qiy boshladi.
2) fe’ldan boshqa so‘z turkumlari bilan ifodalanadigan kesim qo‘shma ot kesim (das nominale Prädikat) deb yuritiladi. Qo‘shma ot kesim bog‘lama (die Kopula) va kesimning ot qismi (das Prädikativ) dan iborat bo‘ladi.
Ot kesim odatda sein bog‘lamasi bilan yasaladi, werden, bleiben, heißen, bog‘lamalari kamroq qo‘llanadi. Ot kesimda bog‘lama shaxs, son, zamon va maylni ko‘rsatib, ot kesimning o‘zgaradigan qismi deyiladi, masalan:
Der Shüler ist Sportler – o‘quvchi Sportchidir (ot).
Er ist fleißig – U tirishqoq (sifat).
Er wird Lehrer. – U o‘qituvchi bo‘ladi (ot).
Wir sind drei. – biz uchtamiz (son).
Das Wetter blieb schön – havo yaxshiligicha qoldi.
Dieses Mädchen heißt Halima – bu qizning ismi – Halima.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin