Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


Buyruq gap (Der Aufforderungssatz)



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə288/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   533
Quvonova Word

35.4 Buyruq gap (Der Aufforderungssatz)

Buyurish, man etish, istak, iltimos,talab qilish, maslahat berish kabi ma’nolarni ifoda qiluvchi gap buyruq gap deyiladi.Bu gaplarda asosan buyruq mayli qo‘llanadi. Buyruq gaplarda kesim birinchi o‘rinda keladi.
Gib mir diese Bücher!
Bu kitoblarni menga ber!
Gehen wir alle zusammen ins Theater!
Hammamiz birgalikda teatrga boraylik!
Buyruq gaplar oxirida ko‘pincha undov belgisi , ba’zan esa nuqta qo‘yiladi.Buyruq gapning mazmunidagi har xillikka qarab , intonatsiya ham turlicha bo‘ladi.Buyurish, komanda berish, man etish kabi ma’nolar ifoda etilganda intonatsiya kuchli bo‘ladi va gap oxirida undov belgisi qo‘yiladi.Bunday buyruq gaplar asosan infinitiv yoki sifatdosh II bilan ifodalanadi:
”Gehen!” kommandierte er.
Istak ,iltimos, maslahat berish kabi ma’nolar ifodalanganda intonatsiya ancha kuchsiz bo‘lib, gap oxirida nuqta qo‘yiladi.Shuning uchun ham bunday buyruq gaplar ba’zan darak gap formasiga ega bo‘lib, gapning kesimi ko‘pincha aniqlik maylining presens yoki futurum I formasida keladi:
Bitte besen Sie diesen Text.
Buyruq gapdagi ma’nolar modal fe’llar (asosan sollen) orqali ham ifodalanishi mumkin.Bunday holda modal fe’l aniqlik yoki shart maylida qo‘llangan bo‘ladi:
Er soll hier bleiben.

35.5 Eganing ifodalanishiga ko‘ra gapning turlari
(Die Einteilung der Sätze nach der Art des Subjekts)

Eganing ifodalanishiga ko‘ra gap uch turga bo‘linadi: shaxsli gap, shaxsi noaniq gap va shaxsi topilmas gap.


Shaxsli gap
(Der persönliche Satz)
Shaxsli gapda ega asosan ot, kishilik, ko‘rsatish yoki o‘zlik olmoshlari bilan ifodalandi:
Der Schüler schreibt gut. Er ist fleißig.
O‘quvchi yaxshi yozdi. U tirishqoq.
Dieser Schüler ist Sportler
Bu o‘quvchi sportchi.
Shaxsi noaniq gap

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin