Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə290/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   533
Quvonova Word

35.7 Gapning bosh bo‘laklari
(Die Hauptglieder des Satzes)
Gapning bosh bo‘laklari ega va kesim bo‘lib, ular birgalikda ikki sostavli gapning gapning grammatik asosini tashkil etadi. Ega keng ma’noda predmet tushunchasini anglatadi, kesim esa uning belgisini ifodalaydi.Ega bilan kesim orasidagi grammatik munosabat moslashuv orqali ifodalanadi.Bunda kesim ega bilan shaxs va sonda moslashadi.
Ega (Das Subjekt)
Gapning kim yoki nima haqida aytilganini bildirib, wer? was? so‘rog‘iga javob bo‘lgan bo‘lagi ega (das Subjekt) deb ataladi:
Marta liest ein Buch. –Wer liest ein Buch?
Das Buch liegt auf dem Tisch.-Was liegt auf dem Tisch?
Ega quyidagi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi:
1) bosh kelishikdagi ot bilan:
Das Mädchen wohnt hier.
Qiz shu yerda yashaydi.
Das Schuljahr hat begonnen.
O’quv yili boshlandi.
2) bosh kelishikdagi olmoshlar bilan:
Wir lieben unsere Heimat (kishilik olmoshi).
Biz vatanimizni sevamiz.
Niemand kam gestern zu uns (noaniq olmosh)
Kecha biznikiga hech kim kelmadi.
Wer steht im Korridor ? (so‘roq olmoshi).
Yo‘lakda kim turibdi ?
3) otlashgan sifat, sifatdosh, infinitiv bilan:
Der Kranke geht zum Arzt (otlashgan sifat).
Kasal doktorga boradi.
Dieser Gelehrte arbeitet viel (otlashgan sifat)
Bu olim ko‘p ishlaydi.
Das Lesen ist nützlich (harakat nomi)
O‘qish foydali.
4) Turli so‘z turkumlari bilan:
Rot ist meine Lieblingsfarbe (sifat).
Qizil – men sevadigan rang.
Zwei ist eine gerade Zahl (son).
Ikki – juft son.
Daß” ist eine Konjunktion (bog‘lovchi).
Daß” bog‘lovchidir.
5) Man noaniq kishilik olmoshi bilan:
Man baut in unserer Schule eine Speisehalle.
Bizning maktabimizda oshxona qurayotirlar.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin