Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


Payt holi ish harakat yoki holatning paytini bildirib, wann



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə296/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   533
Quvonova Word

Payt holi ish harakat yoki holatning paytini bildirib, wann? (qachon?) seit wann? (qachondan beri?), bis wann (qachongacha?)
Wie lange? (qay vaqt) kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi.
Payt holi quyidagi so‘zlar bilan ifodalanadi: damals, da, lange, jetzt, bald, täglich, immer, manchmal,früh,spät, endlich, gestern,heute, übermorgen, morgens, abends, nachts,sonntags, montags kabi payt ravishlari va von da ab, von heute an, von nun an predloglari va boshqalar.
Payt holi quyidagi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi.
1)Payt ravish bilan:

Heute schreiben wir eine Kontrollarbeit (wann?)
Biz bugun kontrol ish yozamiz.
Jetzt bin ich frei (wann?).
Men hozir bo‘shman
2) Predlogli ot yoki ravish bilan:
Nach der Stunde gehe ich ins Kino. (wann?)
Darsdan keyin men kinoga boraman.
Seit gestern ist unser Lehrer krank (seit wann?)
Kechadan beri bizning o‘qituvchi kasal.
Bis morgen leihe ich dir mein Buch. (bis wann?)
Men kitobimni ertagacha senga beraman.
Zwei Stunden sitze ich hier (wie lange?)
Men bu yerda ikki soatdan beri o‘tiribman.
O‘rin holi ish harakat yoki holatning sodir bo‘lish va yo‘nalishini bildirib wo? (qayerda?), wohin? (qayerga?), woher? (qayerdan?) so‘roqlariga javob bo‘ladi:
Er arbeitet hier. (wo?) – U shu yerda ishlaydi.
Ich gehe heute ins Kino. (wohin?) – Men bugun kinoga boraman.
O‘rin holi quyidagi so‘zlar bilan ifodalanadi:dort, hier, da, draußen,überall, oben, unten, hinten,rechts, links kabi o‘rin ravishlari, von dort, von hinten, nach unten, nach vorn kabi o‘rin ravishlar predloglar bilan v.b.
O‘rin holi quyidagi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi:
1) O‘rin ravishi bilan:
Hier liegt meine Mappe. (wo?) Shu yerda mening papkam yotibdi.
Das Auto fuhr nach links (wohin?) Mashina chap tomonga qarab ketdi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin