Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


Sich olmoshi odatda tobe so‘zlardan oldin, yoki bevosita artikldan keyin qo‘yiladi: Der sich



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə295/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   533
Quvonova Word

Sich olmoshi odatda tobe so‘zlardan oldin, yoki bevosita artikldan keyin qo‘yiladi:
Der sich mit kaltem Wasser waschende Junge.
Das sich im Sanatorium erholende Mädchen ist aus unserer Gruppe.
Tobe so‘zlar qo‘shila borgan sari, yoyiq aniqlovchi ham kengayib boraveradi. Artikl esa o‘z otidan shuncha uzoqlashaveradi:
Der sich jeden Tag am Morgen mit kaltem Wasser waschende Junge.
Der sich jeden Tag früh am nach dem Gymnastik mit kaltem Wasser waschende Junge.
Yoyiq aniqlovchini tarjima qilish haqida
( Die Übersetzung des erweiterten Attributs)
Yoyiq aniqlovchili gaplarni o‘zbek tiliga tarjima qilishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
1.Ramkani tashkil etgan aniqlovchi birikmaning bosh komponentlarini topib, ularni tarjima qilish zarur:
Die in Uzbekistan (von den Werktätigen) erzeugten Waren werden in mehr als 100 Länder der Welt exportiert.

1.Die Waren werden exportiert.


2. in mehr als 100 Länder der Welt .
3.Die in Uzbekistan (von den Werktätigen) erzeugten Waren.

2.Tarjimani yoyiq aniqlovchi tarkibida kelgan holdan boshlash lozim.


Die in Uzbekistan erzeugten Waren...
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar.
3.Agar yoyiq aniqlovchi tarkibida hol bo‘lmasa, tarjimani to‘ldiruvchi bilan boshlash kerak:

Die von den Werktätigen erzeugten Waren…


Mehnatkashlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar.

4.Nihoyat gap oxirida partitsiplar tarjima qilinadi.


Die erzeugten Waren… Ishlab chiqarilgan mahsulotlar

Demak: O‘zbekistonda (mehnatkashlar tomonidan) ishlab chiqarilgan mahsulotlar jahonning 100 dan ortiq mamlakatlariga eksport qilinadi.


Hol
(Das Adverbiale, die Adverbialbestimmung)

Hol ish harakatni qay tarzda bajarilishini, sababini, maqsadini yoki uning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rin yo paytni bildirgan gap bo‘lagidir.Nemis tilda hol asosan ravish, predlogli ot va infinitiv oborotlari bilan ifodalanadi.


Nemis tilida hol quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) Payt holi (Das Adverbiale der Zeit).
2) O‘rin holi (Das Adverbiale des Ortes)
3) Ravish holi (Das Adverbiale der Art und Weise).
4) Sabab holi(Das Adverbiale des Grundes )
5) Maqsad holi (Das Adverbiale des Zieles)
6) Shart holi (Das Adverbiale der Bedingung)
7) To‘siqsizlik holi (Das Adverbiale der Einräumung)
8) Miqdor – daraja holi (Das Adverbiale des Maßes und des Grades)
9) Modal holi (Das Adverbiale der Modalität)

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin