Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə314/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   533
Quvonova Word

Bog‘langan qo‘shma gap.

  • Ergash gapli qo‘shma gap.

    30 – MAVZU:BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAP
    (DIE SATZREIHE )
    Bog‘langan qo‘shma gap sostavidagi sodda gaplar grammatik jihatdan mustaqil, mazmunan esa bir-biriga uzviy bog‘langan bo‘ladi. Bog‘langan qo‘shma gapning qismlari bir-biriga ikki yo‘l bilan bog‘lanadi.

    1. Bog‘lovchisiz (asyndetisch) bog‘lanish

    2. Bo‘glovchili (syndetisch) bog‘lanish.

    Bog‘langan qo‘shma gaplar o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi. Bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar va bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gaplar.


    Bog‘lovchisiz boglangan qo‘shma gap sostavidagi sodda gaplar o‘zaro faqat intonatsiya bilan aloqaga kiradi.
    Die gute Zeit war zu Ende, das Glück war aus. (J.Becher, Abschied)
    Ajoyib lahzalar nihoyasiga yetdi,baxt yuz o‘girdi.
    30.1 Bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap
    (Die konjunktionale Satzverbindung)
    Nemis tilidagi bog‘langan qo‘shma gap sostavidagi sodda gaplar o‘zaro teng bog‘lovchilar, yoki bog‘lovchi vazifasida kelgan so‘zlar yordamida birikib keladi. Bu kabi bog‘lovchi yoki bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan so‘zlar o‘z navbatida 4 guruhga bo‘linadi.
    1.Biriktiruvchi bog‘lovchilar (die kopulativen Konjunktionen)
    2.Zidlovchi bog‘lovchilar (die adversativen Konjunktionen)
    3.Ayiruv bog‘lovchilar (die partitiven Konjunktionen)
    4.Sabab-natija bog‘lovchilar(die kausal-konsekutiven Konjunktionen)
    Qo‘shma gap komponentlarini bog‘lovchi vositalarining ma‘nosiga ko‘ra qo‘shma gapni hosil qiluvchi gaplarning mazmun munosabati ham har xil bo‘ladi.
    1.Biriktiruvchi bog‘lovchilar
    (Die kopulativen Konjunktionen)
    Biriktiruvchi bog‘lovchilar bilan kelgan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar ma‘no jihatidan bir-birini to‘ldiradi, izohlaydi va bir paytda yoki ketma-ket yuz beradigan voqea-hodisalarni ifodalaydi. Strukturasiga ko‘ra biriktiruvchi bog‘lovchilar quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
    a)Yakka biriktiruvchi bog‘lovchilar – und, aber, oder, dann, denn, deshalb, auch, sowie va boshqalar
    b)Juft biriktiruvchi bog‘lovchilar – nicht nur... sondern auch, weder...noch, sowohl.....als auch, bald....bald, teils...teils, entweder....oder, halb....halb, einerseits....andererseits kabi bog‘lovchilar kiradi.
    Bundan tashqari biriktiruvchi bog‘lovchilar vazifasini ba‘zi olmoshlar va ravishlar ham bajarishi mumkin: folglich, nämlich, schließlich, sodann, daran, zwar va boshqalar. Bunday bog‘lovchilar so‘z tartibiga ta‘sir qilmaydi. Bulardan faqat und bog‘lovchisi har doim gap boshida keladi.
    Ich lerne in der Schule, und mein Bruder arbeitet in der Fabrik.
    Men maktabda o‘qiyman, akam esa fabrikada ishlaydi.
    Nemis tilida und bog‘lovchisi yordami bilan tuzilgan qo‘shma gapda bir vaqtda yuzaga kelgan voqea-hodisa yoki harakat ifodalanadi.
    Der Lehrer diktiert, und die Schüler schreiben.
    O‘qituvchi diktovat qilyapti, o‘quvchilar esa yozyaptilar.
    O‘zbek tilida biriktiruvchi bog‘lovchi vazifasida va ham, hamda bog‘lovchilari shuningdek -u, -yu, -da yuklamalari qo‘llaniladi. Ular uyushiq bo‘laklarini yoki gaplarni bog‘laydi va nemis tilining und bog‘lovchisiga to‘g‘ri keladi.
    Weder …noch bog‘lovchisining birinchi qismi gap boshida ham o‘rtasida ham keladi. Ikkinchi qismi esa faqat gap boshida keladi. Ular so‘z tartibiga ta‘sir qilishi yoki qilmasligi mumkin.

    Yüklə 1,22 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   533




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin