Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


Wenn ich Zeit haben werde, gehe ich mit dir ins Kino. (Unter welchen Bedingungen gehe ich mit dir ins Kino?) Agar



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə372/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   533
Quvonova Word

Wenn ich Zeit haben werde, gehe ich mit dir ins Kino.
(Unter welchen Bedingungen gehe ich mit dir ins Kino?)
Agar vaqtim bolsa, sen bilan kinoga boraman.
Falls du mich nicht zu Hause triffst, gib mein Buch meiner Mutter ab.
Mabodo men uyda bo‘lmasam, kitobimni onamga ber.
Bog‘lovchisiz shart ergash gaplar har doim bosh gapdan oldin kelib, alohida so‘z tartibiga ega bo‘ladi. Ularda kesimning tuslanuvchan qismi birinchi o‘rinda turadi. Bosh gap sostavida so yoki dann korrelati kelishi ham mumkin.
Wenn das Wasser warm ist, kann ich baden gapi o‘rnida
Ist das Wasser warm, (so) kann ich baden deyish mumkin.
(Agar) suv issiq bo‘lsa, men cho‘mila olaman.
Shart ergash gap ma’nosiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:

  1. Real shart ergash gaplar.

  2. Noreal shart ergash gaplar.

Real shart ergash gaplar amalga oshishi aniq, real bo‘lgan ish-harakatni ifodalaydi. Shuning uchun ham real shart ergash gaplarda har doim aniqlik mayli qo‘llanadi.
Wenn das Wetter gut wird, gehen wir zusammen in die Bibliothek.
Noreal shart ergash gaplar amalga oshmaydigan yoki umuman amalga oshishi mumkin bo‘lmagan shart-sharoitni ifodalaydi. Shuning uchun ham bunday gaplarda har doim konyuktiv qo‘llanadi. Noreal shart ergash gaplarda konyuktiv zamon formalari absolyut zamon ma’nosiga ega bo‘ladi. Agar noreal shart-sharoit hozirgi yoki kelasi zamonga oid bo‘lsa, unda bosh va ergash gapda imperfekt konyuktiv qo‘llanadi.
Wenn er bescheiden wäre, übertriebe er seinen Erfolg.
Bordiyu noreal shart-sharoit o‘tgan zamonga oid bo‘lsa, unda bosh va ergash gapda plyuskvamperfekt konyuktiv qo‘llanadi.
Wenn er gestern gekommen wäre, so hätten wir die Aufgabe gemacht.
Ba’zan bosh va ergash gaplarda imperfekt o‘rnida konditsionalis-I ,Plyuskamperfekt o‘rnida esa konditsionalis-II qo‘llanishi mumkin.
Du würdest vielleicht selbst mit mir fahren, Otto, wenn du stärker wärest. (A.Segers,DieToten bleiben jung)
Agar noreal shart ergash gapdagi shart-sharoit o‘tgan zamonga tegishli bo‘lsa, bosh va ergash gapda plyuskvamperfekt konyuktiv qo‘llanadi.
Keiner seiner Bekannten hätte das jemals geglaubt, wenn er es erzählt hätte.
Shart ergash gapli qo‘shma gapning noreal ergash gapida plyuskvamperfekt konyuktiv bosh gapida esa konditsionalis-II qo‘llanadi.
Ba’zan shart ergash gapli qo‘shma gapning bosh va ergash gaplarida turli zamon formalarini qo‘llash holatlari ham uchraydi. Bunday holatda noreal shart-sharoit o‘tgan zamonga, kutiladigan natija esa hozirgi yoki kelasi zamonga tegishli bo‘ladi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin