7/////8.1 Kishilik olmoshlari
(Die Personalpronomen)
Shaxsni bildiradigan olmoshlar kishilik olmoshlari deyiladi.
Kishilik olmoshlariga quyidagilar kiradi:
Singular
|
Plural
|
ich – men
|
wir -biz
|
du – sen
|
ihr – sizlar
|
er – u (mujskoy rod uchun)
sie – u (jenskiy rod uchun)
es- u (sredniy rod uchun)
|
sie – ular
|
|
Sie – siz (hurmat formsi)
|
Kishilik olmoshlari so‘zlovchi shaxsni (ich, wir), tinglovchini (ihr) va o‘zgani (er, sie, es, Sie) bildiradi. Ular ot o‘rnida qo‘llanilib, shaxs yoki predmetni ifodalaydi, yani shaxs yoki predmet o‘rnida qo‘llanadi.
Kishilik olmoshlari formasining yasalishi otlardan, ad’ektiv olmoshlardan faqat turli o‘zakdan yasalishi bilangina farq qilmay, boshqa so‘zlarda bo‘lmagan maxsus kelishik qo‘shimchalari bilan ham ajraladi. Bu xususiyat faqat kishilik olmoshlari va o‘zlik olmoshlariga xosdir.Kishilik olmoshlari uch shaxs, birlik, va ko‘plik formalariga ega:
Birinchi (so‘zlovchi) shaxs: ich, wir; Ikkinchi (tinglovchi) shaxs: du, ihr, Sie – (sie - uchinchi shaxs ko‘plik formasida qo‘llanadi); uchinchi (o‘zga ) shaxs er, sie, es; sie.Sie kishilik olmoshi hurmat ma’nosida qo‘llanadi va u hurmat formasi (die Höflichkeitsform) deb yuritiladi. Bu funksiyada qo‘llanganda u har doim bosh harf bilan yoziladi. Demak, nemis tilining kishilik olmoshlari birlik va ko‘plik bo‘yicha to‘qqiz formaga ega. Ular kelishiklarda turlanadi, bunda ular vositali kelishiklarda boshqa o‘zak ko‘rinishida bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |